Rossiya qirgʻiz-tojik chegarasini belgilashda yordam bermoqchi

411
0

Rossiya qirgʻiz-tojik chegarasini belgilashda yordam bermoqchi

Xabar: Rossiya chegaralarni belgilashdagi tajribasini Tojikiston va Qirgʻiziston bilan oʻrtoqlashishga tayyor. Bu haqda “TASS” agentligi Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Andrey Rudenko soʻzlariga tayangan holda xabar qildi.
Rudenko tojik-qirgʻiz chegarasida vaziyat notinchligi Rossiyani jiddiy bezovta qilayotganini aytgan.
Uning fikricha, chegaralar delimitatsiya va demarkatsiya qilinmagunicha toʻqnashuvlar takrorlanishini istisno qilib boʻlmaydi. “Kelishilmagan chegaralar mamlakatga radikal ekstremistik guruhlar kirib olishi mumkinligi bilan ham xavflidir”, – degan Rudenko.
Bir necha kun oldin Rossiyaning Qirgʻizistondagi elchisi Nikolay Udovichenko Rossiya Dushanbe va Bishkekka davlat chegaralarining umumiy uchastkasini delimitatsiya va demarkatsiya qilishga koʻmaklashishga tayyorligini bildirgan edi. Xususan, elchiga koʻra, Rossiya, agar tomonlar rossiyalik ekspertlarni jalb qilishga rozi boʻlishsa, kartografiya materiallari bilan yordam bermoqchi.

Izoh: Xudosiz kommunistlar hukumati azaldan bir Ummat vakillari boʻlgan Turkiston musulmonlariga “millat” degan xatarli tushunchani singdirib, butun bir Ummatni besh respublikaga boʻlib tashladi. Respublikalar oʻrtasida sunʼiy chegaralar tortayotgan vaqtda esa ular oʻrtasida doimiy kelishmovchilik va ziddiyatlarni paydo qilish va shu orqali oʻz taʼsir doirasida ushlab turish oson boʻlishi uchun chegaralarni xuddi shaxmat taxtasidagi kataklar kabi tortib chiqdi. Kommunistlarning bu makrlari esa shu kunga qadar oʻz “mevasini” berib kelmoqda.
SSSRdan mustamlakalarini meros qilib olgan Rossiya ayni shu chegara muammolaridan mintaqa davlatlariga bosim oʻtkazish, ularni oʻz izmiga solishda qurol sifatida foydalanib kelmoqda. Masalan, 2014-yili Qirgʻiziston hukumati “Manas” aeroportidan AQSh harbiy bazasini chiqarib yuborgunga qadar yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʻlishni paysalga sola boshlagan vaqtlarda qirgʻiz-tojik chegarasida davomli ziddiyatlar avj olgan va bir yilda qirgʻiz-tojik chegarasida 32 ta mojaro sodir boʻlgan edi… 2021-yil aprel oyi oxiri, may oyi boshida sodir boʻlgan navbatdagi chegara mojarosida ikkala tomondan 40 dan ortiq odam halok boʻldi, 250 dan ziyod kishi jabrlandi.
Agar Rossiyaning roziligi boʻlmasa mintaqadagi iqtisodi eng nochor, eng qashshoq boʻlgan ikki respublikaning bir-biriga qarshi urush olib borishi, birini ikkinchisi hududiga bostirib kirib granatomyot va pulemyotlarni qoʻllagan holda urush olib borishi mumkin emas. Endi esa mintaqadagi barcha notinchliklar sababchisi va uyushtiruvchisi boʻlgan Rossiya chegaralarni belgilashda ikki davlatga yordam bermoqchi emish.
Ammo chegaralarni kuchaytirish yoki ikki davlat oʻrtasidagi baxsli hududlarni hal etish bilan muammolar yechilib qolmaydi. Chegara muammolarning xal qilishning yagona yoʻli, mustamlakachi kofirlar tomonidan oʻrtalarimizga tortilgan sunʼiy chegaralarni rad etish va shu chegaralarni qonuniylashtirib bergan xalqaro qonunlarni inkor qilish, turli xil xalqaro va mintaqaviy tashkilot va ittifoqlardagi aʼzolikdan voz kechishdan iborat. Buning uchun esa, oʻz aqidamizdan kelib chiquvchi islomiy tuzumni hayotga tatbiq qilishga va shu orqali ikki dunyo sodatiga erishish yoʻlida harakat qilishimiz zarur.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.