بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Tahriri Shom hayʼati siyosatiga qarshi namoyishlar va qamoqlardagi mahbuslarni ozod etish talablari
Shimoli Idlibning Dayr Hasson qishlogʻi aholisi juma kuni oʻnlab insonlar ishtirokida Tahriri Shom hayʼatining noqonuniy qamoqqa olishlariga qarshi namoyish oʻtkazdi. Namoyishchilar ayni hayʼat siyosatini ogʻizlarni yopish va repressiya qilish, deya sifatlab, “Togʻutlar yoʻli qoʻzgʻolonchilarni qamash va tazyiq oʻtkazishdir”, “Qoʻzgʻolon mahbuslarini ozod eting!” kabi soʻzlar yozilgan plakatlarni koʻtarib chiqishdi. “Dayr Hasson qishlogʻi Shoʻro Oilalar kengashi” chaqirigʻi bilan boshlangan ushbu norozilik namoyishi qishloqdagi katta jome-masjididan boshlab yurish qildi. Unda soʻzga chiqqan notiqlar turli vaqtlar davomida Tahriri Shom hayʼati tomonidan qamoqqa olingan mahbuslardan bir nechtasini zudlik bilan ozod etilishini talab qildilar. Masalan, qishloq farzandlaridan biri Ahmad Zole 2021 yil noyabrda Dana shahrida xalq soʻrovi oʻtkazishi ortidan qamoqqa olingan edi.
Roya gazetasining 2022 yil 26 yanvar chorshanba kungi 375-sonidan