بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Rohinga musulmonlari butparastlar jinoyatlari bilan Shayxa Hasina zulmi orasida
Shayxa Hasinaning Bangladesh ichkarisidagi lagerda rohinga qochqin musulmonlari bolalarining maktablari yopib tashlashi hamda Koʻksbozor mintaqasi lageridagi musulmonlarga qarashli 3000dan ziyod doʻkonni buzib tashlashi ortidan Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati matbuot boʻlimi bayonot chiqarib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Bu jinoyatkor rejim rohinga musulmonlarining bir-birlariga tayanishlariga yoʻl qoʻymayapti, aksincha, ularni tirik qolish uchun ajnabiy yordamlarga qaram boʻlishga majburlayapti.
Zotan, rohinga krizisi bengal hukumatiga katta moliyaviy foyda keltirdi. Chunki u xalqaro gumanitar yordamlar va grantlar oldi. Zero, bu kapitalist ilmoniy hukmdorlar qancha koʻp krizislar boʻlsa, shuncha koʻp pul topishmoqda. Gʻarb davlatlari rohinga gumanitar krizisini qoralashadi… ammo buning mutlaqo maʼnosi yoʻq. Aksincha, ular musulmon qochqinlari ehtiyojidan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishmoqda. Qolgan davlatlar esa, krizisning davom etishiga zimdan ruxsat berishyapti, chunki krizislar ularning ishlariga aralashishga tayyor bahona. Aks holda, gʻarbparast Hasina hukumati safari davomida rohinga musulmonlari xavfsizligi va yashash imkoniyatlarini taʼminlashni talab qilgan BMT vakili Tom Endryus kelishi bilanoq ularning tirikchilik va taʼlim imkoniyatlarini yoʻq qilishga jurʼat qilolmagan boʻlardi!”.
Matbuot bayonotida Bangladesh musulmonlariga murojaat qilindi:
“Ey Bangladeshdagi musulmonlar! Mudom ilmoniy boshqaruv tuzumi va u yerdagi siyosiy doiradan qutulmas ekanmiz, rohinga musulmonlarining azob-uqubatlarini toʻxtata olmaymiz. Bas, shunday ekan, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tuzumini barpo etish uchun jiddiy harakat qilayotganlarga qoʻshiling. Chunki insoniyatni ilmoniy togʻutlardan qutqarishga faqat Xalifalik davlati qodirdir”.
Roya gazetasining 2022 yil 26 yanvar chorshanba kungi 375-sonidan