“Milliy sogʻliqni saqlash sugʻurta kartasi”ni joriy qilish Pokiston sogʻliqni saqlash sohasini xususiylashtirish sari tashlanayotgan navbatdagi qadamdir

231
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
“Milliy sogʻliqni saqlash sugʻurta kartasi”ni joriy qilish Pokiston sogʻliqni saqlash sohasini xususiylashtirish sari tashlanayotgan navbatdagi qadamdir

Pokiston bosh vaziri Imron Xon hukumat va xususiy kasalxonalarning har birida “Milliy sogʻliqni saqlash kartasi” ochdi. Bu haqda Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot boʻlimi bayonot chiqarib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Sogʻliqni saqlash sugʻurta kartasini joriy qilish Pokiston sogʻliqni saqlash sohasini xususiylashtirish sari tashlanayotgan navbatdagi qadamdir. Maqsad, xususiy kasalxonalar va sugʻurta kompaniyalari uchun yirik daromad yaratish. Holbuki, bularning ogʻir yuki, xuddi Gʻarb kapitalistik davlatlarida keng tarqalganidek, soliq toʻlovchi insonlar zimmasiga tushadi.
Darhaqiqat, kapitalizm sogʻliqni saqlash sektorini “mulk erkinligi” nomi ostida xususiy sektor qoʻliga topshirgan. Binobarin, kasalxonalarni va boshqa sogʻliqni saqlash muassasalarini dori-darmonlar va tibbiy texnikalar bilan taʼminlash tijoratga aylandi. Yaʼni asosiy maqsad sogʻliqni saqlashni yaxshilash emas, daromad olish boʻlib qoldi. Biroq, Islom sogʻliqni saqlash xizmatlarini taʼminlashni jamiyatning asosiy ijtimoiy ehtiyoji qilib belgilashga va uning masʼuliyati xususiy sektor emas, davlatning boʻynida boʻlishiga buyurdi. Mablagʻni sugʻurta kompaniyalari va xususiy kasalxonalarga sarflash oʻrniga hukumat kasalxonalarini koʻpaytirish va ularning imkoniyatlarini oshirishga sarflash va davlat fuqarolarini bepul davolash zarurligini taʼkidladi”.
Bayonot soʻnggida bunday deyildi:
“Islomdagi iqtisod Alloh Subhanahu va Taolo tomonidan nozil qilingan nizom boʻlib, davlat birgina uning oʻzini tatbiq qilish bilan insonlarni bepul davolash siyosatini amalga oshirishga muvaffaq boʻladi. Rosululloh ﷺ imom-xalifaning gʻamxoʻrligini va oʻz fuqarosiga javobgar ekanini taʼkidlaganlar. Yaqinda Allohning izni ila barpo boʻladigan va Qurʼonu sunnat asosida hukm yuritadigan Xalifalik davlati ham albatta, oʻzining barcha fuqarosini bepul sogʻliqni saqlash bilan taʼminlaydi”.

Roya gazetasining 2021 yil 19 yanvar chorshanba kungi 374-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.