بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hur muslimalar yahudiylar qamoqxonalarida tahqirlanmoqda…
Ummat orasidagi Moʻʼtasimlar qani?!
Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi ayollar qanoti nashr qilgan bayonotda bunday deyiladi:
“Yahudiy vujudi qamoqxonalarida mahbusa ayollarning tajovuzga uchrashi va tahqirlanishi xavotir uygʻotadi. Bu vujudning zulmi shu darajaga yetib bordiki, qamoqxona nozirlari qurolsiz mahbusalarga tajovuz qilish va boshlaridan roʻmollarini yechishga jurʼat qilishmoqda. Biz bunday jinoyat va qonunbuzarliklar manzarasida, feministik tashkilotlar va CEDAW konvensiyasi daʼvatchilarining bunga qarshi ovozini eshitmayapmiz. Chunki muslima mahbusalar masalasi ularning ustuvor vazifalari va loyihalari doirasiga hamda ushbu tashkilotlar homiylarining manfaatlari doirasiga kirmaydi. Chunki bu tashkilotlarning nimani gapirishi va qanday dasturlarni amalga oshirishi shu homiylar tomonidan belgilanadi.
Islom Ummatining qonini qaynatib, unga Rosululloh ﷺning Isro dargohlari oldidagi burchini eslatish uchun, shuningdek, uni Aqso masjidi va boshqa asiru asiralarni yahudiylar qoʻlidan ozod etish sari harakatga keltirish uchun pokiza muslimalar tahqirlanishining oʻzi kifoyadir. Falastin maʼmuriyati va musulmon yurtlardagi boshqa rejimlar esa, qoʻrqoq va til biriktiruvchi boʻlib, shosha-pisha yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishdan boshqa narsani bilishmayapti.
Agar musulmonlarning boshida bitta Islomiy davlati boʻlganda edi, yahudiy vujudi bu kabi hujumlarga mutlaqo jurʼat qilolmasdi. Chunki Islomiy davlatga rumliklar qoʻlidagi birgina asir muslimaning nolasiga quloq tutib, uni qutqarish uchun butun armiyasini tortib borgan Moʻʼtasimlar rahbarlik qiladi… Bu rahbarlar har bir yerni va nomusni himoya qilib, bu borada hargiz yon bermaydi.
Ey musulmonlar armiyalari!
Orangizda ushbu sharafga, yaʼni Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish orqali Allohning diniga nusrat berish va uni aziz-gʻolib dinga aylantirish sharafiga noil boʻladiganlar bormi?! Unutmangki, ertaga siz ham Allohning huzuriga borasiz va bu bechoralarga nusrat berish, nolalariga quloq solishdan voz kechganingiz uchun albatta javob berasiz… Bas, oʻsha kunda javobingiz qanday boʻladi, oʻylandingizmi?!
Roya gazetasining 2021 yil 12 yanvar chorshanba kungi 373-sonidan