Hizb ut-Tahrir – Tanzaniya: Xalqaro moliya muassasalari qul qilish loyihasi ustida ishlashmoqda

159
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Tanzaniya: Xalqaro moliya muassasalari qul qilish loyihasi ustida ishlashmoqda

Samiya Suluhu Hasan xonim Tanzaniya prezidentligi lavozimiga oʻtirganiga bir yil ham toʻlmasdan 3 milliard dollarga yaqin kredit oldi, bunga imtiyozli kreditlar va yordam mablagʻlari ham kiradi. Ayni mablagʻ Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Fondi va Afrika taraqqiyot bankidan olingan.
Bu xususda Hizb ut-Tahrirning Tanzaniyadagi matbuot vakili ustoz Masʼud Muslim 2021 yil 31 dekabr juma kuni bayonot nashr qilib, quyidagilarni taʼkidladi:
Xoh Xalqaro Valyuta Fondi, xoh Jahon banki, xoh Afrika taraqqiyot banki, xoh Yevropa va Xitoy banklari boʻlsin, farqsiz, xalqaro moliya muassasalarining barchasi kapitalistik xarakterga ega. Ulardan birortasida Afrikaga va boshqa rivojlanayotgan davlatlarga foyda keltirish maqsadi yoʻq, aksincha, kun tartiblari qul qilish siyosatini zoʻrlab tiqishtirishdan iborat. Masalan, “SALS” (muntazam islohot dasturi) ham ayni siyosat turkumidan boʻlib, iqtisodiyotlarga va odamlarga faqat halokat keltirgan, ularni xonavayron qilgan. Kredit-qarz hozirda Qoʻshma Shtatlar, Yevropa va Xitoy oʻrtasidagi neokolonializmning quroli hisoblanadi. Maqsadlari, rivojlanayotgan davlatlar siyosatlarini olqishlash-maqtash orqali Afrikadagi yirik boylik va resurslarni oʻzlashtirish va talon-toroj qilishdir. Bu qarzlarni yopish uchun soliqlar toʻlash orqali buning eng koʻp zararini kambagʻal bechoralar koʻrmoqda”.
Bayonotda quyidagilarga diqqat qaratildi:
“Baʼzi rivojlanayotgan mamlakatlarda hatto muhim infratuzilmalar ham yoʻqolmoqda va bunga ulkan tashqi qarzlarni oʻz vaqtida toʻlolmayotganliklari sabab boʻlmoqda. Bu vaziyatda Zaminbiya, Uganda, Shri-Lanki va boshqa davlatlar roʻyxati ancha uzun…”.
Matbuot bayonoti soʻnggida bunday deyildi:
“Rivojlanayotgan mamlakatlar, shu jumladan Tanzaniya shuni anglamogʻi lozimki, butun dunyo odil iqtisodiy muomalaga ega Islom sistemasiga muhtoj, quldor kapitalistik sistemaga emas. Chunki Islom Xalifalik soyasida olamni va butun insoniyatni barcha turdagi quldorlik kishanlaridan qutqaradi”.
Roya gazetasining 2021 yil 12 yanvar chorshanba kungi 373-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.