Qirgʻiz-tojik chegarasida yana otishma boʻldi

210
0

Qirgʻiz-tojik chegarasida yana otishma boʻldi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining Chegara xizmati 27 yanvar kuni soat 18:30da Tojikiston Toʻrtkoʻcha hududidan oʻtuvchi Botken-Isfana avtoyoʻlini bir tomonlama toʻsib qoʻyganini xabar qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, kechki 17:30 dan 18:30 ga qadar yoʻl yopiq qolgan. Ikki davlat chegarachilarining muzokaralari natijasida 19:30 da yoʻl ochilgan. Ammo soat 19:35 da vaziyat keskinlashib, Toʻrtkoʻcha va Chir-Doboda ikki davlat chegarachilar oʻrtasida otishma boshlangan. Natijada, Qirgʻizistondan 4 askar yarador boʻldi. “Ozodi” radiosining oʻz manbalariga asosan xabar qilishicha, chegaradagi otishmada tojik tomondan bir tinch fuqaro halok boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Toʻrtkoʻchani kesib oʻtgan yoʻl 2009-yilda ikki tomonlama qabul qilingan protokol asosida qurilgan. Xavfsizlik kengashi kotibi boʻlib ishlagan vaqtda ushbu protokolni imzolagan Adaxan Madumarov hozirda maxsus xizmatlar tomonidan soʻroq qilinmoqda.

Izoh: Afsuski, soʻnggi yillarda ikki musulmon xalq – qirgʻiz-tojik chegarasida nizolar tez-tez sodir boʻlmoqda. Aslida bu nizolar Rossiya bosimi natijasida uyushtirilyapti. Baʼzida nizolar ichki siyosiy manfaatlar, baʼzan esa millatchilik tufayli ham kelib chiqadi. Bunday xodisalar inson oʻlimi bilan yakunlanadi. Demak, chegara mojarolaridan qutulish uchun mana shu omillardan xalos boʻlish zarur. Boshqacha aytganda, ikki musulmon xalq mustamlakachi Rossiya rejalarini oʻz vaqtida anglab yetishi va uning provokatsiyalariga yoʻl qoʻymasligi kerak. Ikkinchidan, xojalarining rejalari yoʻlida oʻz xalqining manfaatlari va kelajagini qurbon qilishga tayyor boʻlgan rahbarlarimizning jinoiy harakatlariga jamoatchilik fikri orqali chek qoʻyishimiz shart. Kofirlar musulmonlarni boʻlish uchun oramizga atayin mana shunday tuban fikrlar urugʻini sepishmoqda. Bu fikrlar yaroqsiz va jirkanch ekanligiga shubha yoʻq. Aks holda qozoqlarning takabbur millatchiligi rus kofir qoʻshinlari tinch aholini qirgʻin qilgayotganida qayoqqa gʻoyib boʻldi? Shu sababli odamlar nima uchun chegara mojarolari qurboni boʻlayotganiga teran nazar solishlari kerak. Islom harom qilgan “millatchilik” va “vatanparvarlik” fikrlarining dunyo va oxiratdagi oqibatlari haqida oʻylashlari zarur. Bu fikrlar oʻrniga bir-birlarini toʻliq Islomga chaqirishsin. Bilganlar bilmaganlarga oʻrgatishsin. Mana shunda kofirlarining oʻzaro qirpichoq qilib qoʻyib boshqarish rejalari barbod boʻladi. Bu ish Qiblasi, Kitobi, Paygʻambari va mazori bir boʻlgan xalqning axil hayot kechirishi uchun juda muhimdir. Chegara muammosining haqiqiy yechimi esa Xalifalik davlatini tiklashdan iborat. Chunki, Xalifalik bugungi dunyodagi mustamlakachi tuzumni agʻdarib, ular chizgan chegaralarin yoʻq qiladi, mustamlakachi kofirlarni yurtlarimizdan quvib chiqadi. Millatchilik va vatanparvarlik fikrlarini yoʻq qilib, “musulmonlar ogʻa-inilardir” gʻoyasini joriy etadi. Harakat qiluvchilar mana shu yoʻlda harakat qilishsin.

Mumtoz Movaraunnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.