Islomiy boshqaruvsiz oʻzgarish ham Ummat zafari ham aslo amalga oshmaydi

88
0

Matbuot bayonoti
Islomiy boshqaruvsiz oʻzgarish ham Ummat zafari ham aslo amalga oshmaydi

Mustamlakachi kofir musulmon yurtlaridan chiqib ketishdan oldin oʻzi oʻrnatgan boshqaruvning imkoniyat va qarorlarini nazorat qilish imkonini beruvchi ikki narsani taʼminlab oldi. Ulardan biri oʻziga sodiq malay rejimlar boʻlsa, ikkinchisi ilmoniy tashkilotlardir. Bu malay rejim va tashkilotlar nafaqat islomiy ahkomlarni hayotning har bir sohasidan chetlashtirishadi, hatto islomiy aqidaga aloqador narsalarni ham toptashadi.
Bunday kufr sistemalari orasida demokratik deya nomlangan, yaʼni
﴿إنِ الْحُكْمُ إِلاَّ لِلَّهِ﴾
“Hukm yuritish faqat Allohga xosdir” [Anʼom 57]
oyatiga zid ravishda hokimlikni va konstitutsiyani belgilashni Alloh Azza va Jallaga berish oʻrniga uni xalqqa, shuningdek, xalq vakili boʻlgan parlamentga beradigan tuzum ham mavjud. Tashqi koʻrinishidan xalq vakili boʻlgan parlament deputatlari ayni shu nosharʼiy tuzum jinsidan boʻlgan saylovlar tizimi orqali parlamentga olib kelinadi. Mustamlakachi kofir bu nosharʼiy tuzumni oʻz manfaatlariga xizmat qilishi uchun odamlarga majburan yuklab qoʻygan. Chunki u shu tuzum orqali oʻzining xunuk ishlarini bezaydi hamda odamlarni dushmanlar bilan xoinlarcha tuzilgan kelishuvlar va konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartishlarga rozi qiladi. Aslida konstitutsiya kiritilgan bunday oʻzgarishlar – xuddi bizning yurtlarda boʻlayotganidek – uning hokimiyatda uzoq vaqt qolishiga mos ravishda kiritiladi.
Kuni kecha saylovlar, partiyalar va siyosiy faoliyatlar bilan bogʻliq konstitutsiyaviy tuzatish majlisida “xalq deputatlari” oʻzaro janjallashib, bir-birlarini haqoratlashdi va bir-birlariga hujum qilishdi. Avvaldan boʻlib kelayotgan bunday qilmishlari shubhasiz bitta narsaga, u ham boʻlsa, inson oʻylab topgan qonunchilik buzuq va buzgʻunchi qonunchilik ekaniga dalolat qiladi. Shuningdek, bu Iordaniya rejimi va apparatining oʻzi xohlagan loyihani amalga oshirishga urinayotganini koʻrsatadi. Buni kengash raisini saylash orqali amalga oshiradimi yoki qoʻmitalar, xususan qonuniy qoʻmitalar raislarinimi yoxud deputatlarnimi farqi yoʻq.
Ey insonlar, ey Iordaniya ahli!
Mamlakatda boʻlayotgan voqealar sizning ishlaringizga gʻamxoʻrlik qilishga mutlaqo aloqasi yoʻq boʻlgan voqea-hodisalardir. Allohga hamd boʻlsinki, sizning aksar qismingiz bu rejimning oʻz hukumatlari, parlamentlari va rahbarlari qoʻli bilan oʻyin olib borayotganini, bu oʻyin yahudiy vujudi va uning ortidagi AQSh va Britaniya doxil mustamlakachi kofir Gʻarb manfaatiga xizmat qilishini ongli ravishda tushunmoqdasiz. Tashqi siyosatdagi har bir ish Amerikaning Falastin masalasini yoʻq qilishga qaratilgan yechimi doirasida boʻlmoqda. Ikki kun muqaddam boʻlib oʻtgan Iordaniya-Misr-Falastin tashqi ishlar va razvedkasining uch tomonlama yigʻilishi shular jumlasidandir.
Ichki ishlar va konstitutsiyaviy tub oʻzgartish-tuzatish, deya daʼvo qilinayotgan ishlarga kelsak, bu mustamlakachilarning koʻrsatmalariga hamda ularning koʻrayotgan choralariga javoban boʻlmoqda. Zero, bu choralar yordamida rejim oʻzini hokimiyatda saqlab qola oladi.
Ey musulmonlar!
Sizlarning aksaringiz hamda oʻzgarish yasashni istayotgan deputatlar, siyosatchilar va ulamolaringiz bilan bugungi vaziyatni anglab yetayotgan ekansiz, qoʻl qovushtirib turishingiz foyda bermaydi. Yoki kasallikka tashxis qoʻyib, ammo davosini bilmasligingiz yoxud oʻzgarish rejimning “siyosiy islohotlar”ida qatnashish bilan boʻladi, deb bilishingiz yoki inson oʻylab topgan konstitutsiyaga mutlaqo taʼsiri yoʻq tuzatishlar kiritish bilan boʻladi, deb oʻylashingiz hech qanday foyda keltirmaydi. Chunki ayricha voqelik yasaydigan va shu orqali Ummatning azizligi, kuch-qudrati va munosib hayotini qayta tiklaydigan hamda yahudiy vujudini yoʻq qilib, mustamlakachi kofir Gʻarbni quvib soladigan haqiqiy oʻzgarish sizning harakatingizga bogʻliq. Yaʼni Islomni qayta Islom davlatida, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida ichki va tashqi jihatdan tatbiq qilish uchun jiddiy va xolis harakat qilishingizga, buning uchun Alloh Subhanahu va Taoloning vaʼdasi va Rosuli ﷺning bashoratlarini roʻyobga chiqarish yoʻlida faoliyat qilayotgan insonlar safiga oʻtishingizga bogʻliqdir:
﴿وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً﴾
“Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan (Islom) dinini gʻolib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan soʻng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (vaʼda)dan keyin kufroni (neʼmat) qilsa, bas ular fosiqlardir” [Nur 55]

Hizb ut-Tahrirning Iordaniya viloyatidagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.