Musulmonlar KXShT tarkibida Qozogʻistonga qoʻshin yuborishi joiz emas
Hozir Qozogʻistonda sodir boʻlayotgan voqealar dunyo hamjamiyatining eʼtiborini tortmoqda. Haqiqatda Qozogʻiston xalqi zolim rejim zulmiga qarshi oyoqqa turdi. Yillar davomida toʻlgan “bochka” portladi. Biroq, shunga qaramay, Qozogʻistondagi voqealarda xalqaro oʻyinchilarning mustamlaka talashish oʻyini ochiq koʻrinib turibdi. Ular xalq noroziligidan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishmoqda. Voqelar rivojlanishida Qozogʻistonga KXShT harbiylarini kiritilishi buning dalili boʻldi.
Qozogʻiston prezidenti 5-yanvar kuni yordam soʻrab KXShTga murojaat qildi. Maʼlumki, KXShT Rossiya tomonidan SSSRdan “meros” qolgan mustamlakalarida harbiy nufuzini saqlab qolish maqsadida tuzilgan. Bundan koʻrinib turibdiki, boshqa uchinchi olam davlatlari hokimlari kabi Qozogʻiston hukumati ham oʻz taxtini saqlab qolishda mustamlakachi xoʻjayinlariga suyanadi.
KXShTga aʼzo davlatlar ichidan faqat Qirgʻiziston harbiylarini Qozogʻistonga kiritilishi kechikdi. Sababi, Qirgʻiziston konstitutsiyasiga koʻra, bunga parlamentning roziligi kerak boʻladi. Aslida, Qirgʻiziston hukumati Qozogʻistonga qoʻshin yuborishdan juda manfaatdor. Hukumat buni “Tashkilotga aʼzo boʻlgandan keyin uning ustaviga soʻzsiz itoat etishimiz kerak” degan bahona bilan dalillashga urinmoqda. Toʻgʻri, bu tashkilot malaylarni soʻzsiz boʻysundirish uchun tashkil etilgan, biroq, hukumatni bu ishdan qochish uchun imkoniyatlar mavjud edi. Ammo, hukumat ularni ishga solmay aksini qildi. Chunki, ertaga Qirgʻiziston hukumati ham KXShTdan oʻz xalqiga qarshi yordam soʻrab qolishi ehtimoli mavjud. Shuning uchun bu masala parlament tomonidan maʼqullandi va prezident tomonidan imzolandi.
Bu qarorga nisbatan turli tomondan turli xil pozitsiyalar bildirilmoqda. Biz bu oʻrinda – musulmon sifatida – musulmon birodarlarimizga sharʼiy hukmlarni eslatib oʻtamiz.
Shariatda musulmonlarning kofirlarni hukmron qiladigan tashkilotlarda qatnashishi joiz emas.
Alloh taolo aytadi:
﴿وَلَن يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا﴾
“Alloh hargiz kofirlarga moʻminlar ustidan yoʻl bermas” [4:141]
Demak, KXShT tarkibida Qirgʻiziston harbiylarini Qozogʻistonga yuborish joiz emas.
Qadrli musulmon birodarlar! Bunday toʻpalonglar Qozogʻistondan boshqa yurtlarda ham boʻlib kelmoqda. Biroq, ularning noroziliklari mustamlakachi kofirlar yetovidan chiqolmay kelmoqda. Mustamlakachilar yurtlarimizga oʻz malaylarini oʻrnatib, ularni kuchaytirishadi. Xalq ulardan bezor boʻlganida birini ketkazib, ikkinchisini olib kelishadi. Oʻzaro nufuz talashishlarida fuqarolik urushini keltirib chiqarishadi. Afsuski, ulardan azob chekkan musulmonlar yana qayta BMT, KXShT kabi “boʻrilarga” yordam soʻrab murojaat qilishmoqda. Chunki, ular zolim rejimlar ortida mustamlakachi kofirlar turganini, shu kofirlar ustimizda mustamlakachi-kapitalistik tuzumni tatbiq qilayotganini, barcha balolarning boshi mana shular ekanligini anglay olishmayapti. Biroq, shunday boʻlsa-da kapitalistik mafkura (demokratiya) inqirozga uchrab, dunyoda mafkuraviy boʻshliq paydo boʻldi. Dunyo xalqlari kapitalistik tuzum zulmidan bezor boʻlib, olamda siyosiy boʻshliq paydo boʻldi. Bu mafkuraviy boʻshliqni Islom toʻldiradi, siyosiy boʻshliqni Xalifalik toʻldiradi, in sha Alloh. Shuning uchun, qadrli birodarlar, Islomni oʻrganib, Xalifalikni olib kelishga harakat qilinglar!
Alloh taolo aytadi:
﴿وَأَنَّ هَـذَا صِرَاطِي مُسْتَقِيماً فَاتَّبِعُوهُ وَلاَ تَتَّبِعُواْ السُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَن سَبِيلِهِ ذَلِكُمْ وَصَّاكُم بِهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ﴾
“Albatta, mana shu (Mening) Toʻgʻri yoʻlimdir. Unga ergashingiz! (Boshqa turli) yoʻllarga ergashmangiz! Aks holda, ular sizlarni Uning yoʻlidan ayirib qoʻyadi. Taqvoli boʻlishingiz uchun (Allohning) qilgan hukmi mana shudir”. [6:153]
Turkiston
07. 01. 2022