Daʼvatni yetkazishdagi tilning ahamiyati

250
0

(“Islomiy hayotni kayta boshlashning sharʼiy tariqati” kitobidan).
Daʼvatni yetkazishdagi tilning ahamiyati

Islom hayotini qayta boshlash uchun harakat qilayotgan, daʼvat yukini koʻtaruvchi inson haqiqatan ham oʻzini yetakchilik markaziga qoʻygan, Ummutni yetaklayman – degan insondir. Mana bunday yetakchi Ummatni yetaklashda muvaffaqiyatga erishishi uchun u jurʼat, qatʼiyat va ilm sifatlari bilan sifatlanishi lozim. Chunki, hech qanday Ummat oʻz yetakchiligini qoʻrqoq, dangasa va johilga aslo berib qoʻymaydi.
Ushbu uch sifatning eng muhimi ilm sifatidir. Daʼvatni yetkazuvchi chaqirayotgan fikratni tushinish ham, uni hayotga olib ketishga qoʻllanmoqchi boʻlgan tariqatni tushinish ham ana oʻsha ilmdandir. Chunki, fikrat va tariqatni tushinish hamda ularning orasini bogʻlash daʼvatning muvaffaqiyatidagi eng asosiy omillardandir. Negaki, amal yaʼni daʼvatni yetkazish samarali va natijali boʻlishi uchun amalga aloqador boʻlgan fikr bilan hamohang boʻlishi hamda bu amal muayyan bir gʻoya uchun boʻlishi lozim.
Modomiki, til fikrning idishi, fikrni olish va uni berishdagi asossiy vosita boʻlar ekan, hamda u har doim maʼrifat taratishning, fikrlarni va xis-tuygʻularni izhor qilishning eng qulay yoʻli boʻlar ekan, albatta fikrda va daʼvatni yetkazishda tilning ahamiyati juda katta. Chunki, tilning vazifasi yakka shaxsning fikr va maʼlumotlarni olib, ularni boshqalarga ham yetkazib berishi bilangina cheklanmaydi. Balki, u shuning bilan birga, amalga undash uchun boshqa insonlarning tuygʻularini qoʻzgʻashning ham vositasidir.
Demak, agar inson tilning tizginini jilovlay bilsa, mana shu til bilan u oʻzining miyasida saqlanib yotgan fikr va rayʼlarni ifodalab berishga, qalbida joʻsh urayotgan tuygʻularni taʼsirli va nozik suratda taʼriflab berishga qodir boʻladi. Mana shu til bilan inson oʻzining tushinchalari boshqalarning ham tushinchalariga aylanishi uchun ularni boshqalarga yetkazishga qodir boʻladi.
B Toʻgʻri, islomiy daʼvat yukini koʻtaruvchi inson oʻzining Islomga tartiblangan suluki – islomiy turmush tarzi bilan yerda harakatlanib yuradigan tirik Islomga aylanib qoladi. Uning mana shu suluki, turmush tarzining u yashayotgan jamiyatda katta taʼsiri boʻladi. Biroq, u oʻzining fikrlarini va tushinchalarini insonlarga aniq va taʼsirli qilib yetkazib berish uchun lugʻaviy bayonga, til boyligiga muhtoj boʻladi. Negaki, turmush tarzining oʻzi bunday bayon uchun kifoya qilmaydi. Darhaqiqat, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – va sahobalarning oʻzlari Makkadagi insonlar orasida yashaydigan eng sof Islom edilar. Biroq, u Zot – sallollohu alayhi va sallam – tillari bilan daʼvat qilishdan behojat boʻlmadilar. Majlislarga, bozorlarga borib, yakka shaxslar va jamoatlar bilan uchrashardilar. Alloh taʼolo yuborgan dinni qabul qilishga va Allohni oʻrniga sigʻinishayotgan olihalarini tark etishga daʼvat etib, ularga dini Islom haqiqatini gapirib berardilar. Alloh taʼolo oʻz Rasuliga va barcha daʼvat yukini koʻtaruvchilarga xitoban shunday degan edi:
ادْعُ إِلَىٰ سَبِيلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ وَالْمَوْعِظَةِ الْحَسَنَةِ ۖ وَجَادِلْهُم بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ
“Robbingiz yoʻliga hikmat va chiroyli mavʼiza bilan daʼvat qiling va ular bilan eng chiroyli uslubda mujodala-munozara qiling”.[16:125].
Hikmat bu yerda qatʼiy hujjatni anglatadi. U insonlarning aqllariga qanoatlantiruvchi dalillar bilan xitob qilishdir. Ammo chiroyli mavʼiza esa, chiroyli eslatmadir. Chiroyli mavʼiza tinglovchi oʻziga roʻbaroʻ qilinayotgan sahih, toʻgʻri fikrlarni qabul qilishi uchun va yomon ishlarni rad etishi, ulardan qochishi uchun uning tuygʻularini qoʻzgʻatish bilan boʻladi. Alloh taʼolo ham quyida kelgan “an-Nabaʼ” surasidagi kabi, jahannamdan saqlanish uchun undan qoʻrqitdi, jannatga intilish uchun esa, unga qiziqtirdi:
إِنَّ جَهَنَّمَ كَانَتْ مِرْصَادًا (21) لِلطَّاغِينَ مَآبًا (22) لَابِثِينَ فِيهَا أَحْقَابًا (23) لَا يَذُوقُونَ فِيهَا بَرْدًا وَلَا شَرَابًا (24) إِلَّا حَمِيمًا وَغَسَّاقًا (25) جَزَاءً وِفَاقًا (26) إِنَّهُمْ كَانُوا لَا يَرْجُونَ حِسَابًا (27) وَكَذَّبُوا بِآيَاتِنَا كِذَّابًا (28) وَكُلَّ شَيْءٍ أَحْصَيْنَاهُ كِتَابًا (29) فَذُوقُوا فَلَنْ نَزِيدَكُمْ إِلَّا عَذَابًا (30) إِنَّ لِلْمُتَّقِينَ مَفَازًا (31) حَدَائِقَ وَأَعْنَابًا (32) وَكَوَاعِبَ أَتْرَابًا (33) وَكَأْسًا دِهَاقًا (34) لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا وَلَا كِذَّابًا (35) جَزَاءً مِنْ رَبِّكَ عَطَاءً حِسَابًا
Albatta tugʻyonga tushguvchilarning borar joylari boʻlgan jahannam (oʻziga qulab tushadigan kofirlarga) koʻz tutib turguvchi boʻldi. Ular u joyda uzoq zamonlar (yaʼni abadul-abad) qolguvchidirlar! Ular u joyda (jahannam oʻtidan orom beradigan) biron salqinni va biron ichimlikni topmaslar! Faqat qaynoq suv va yiringnigina (toturlar)! (Mana shu ularning qilmishlariga) yarasha jazodir! Chunki ular (Qiyomat kunidagi) hisob-kitobdan umidsiz boʻlgan kimsalardir. Ular bizning oyatlarimizni butunlay yolgʻon der edilar! Holbuki, Biz barcha narsani hisob-kitob qilib, yozib qoʻygandirmiz! Bas, (ey kofirlar, Bizning azobimizni) totib koʻringlar! Endi Biz sizlarga faqat azobnigina ziyoda qilurmiz! Albatta taqvodor zotlar uchun (jannatda) najot manzili bordir. Yana bogʻlar va uzumzorlar. (Yosh va husnda) tengdosh xushqad (hur)lar. Va (sharob bilan) toʻla maykosalar bordir. Ular u joyda biron behuda va yolgʻon soʻz eshitmaslar. (Bu) Parvardigoringiz tomonidan tomonidan (berilgan) mukofot, yetarli marhamatdir.[78:21-36].
Ammo eng chiroyli narsa bilan mujodala – munozara qilish kasal fikr, adashtiruvchi tushunchalarga zarba berish uchun soʻngra toʻgʻri fikrlarni va sahih tushunchalarni bayon qilish uchun hikmat va chiroyli mavʼizaga tayanadigan munozaradir. Demak, munozara botilni parchalash va haqni qaror toptirish uchun ochiqdan-ochiq, silliqlamasdan hujjatni hujjat bilan sindirishdir. Alloh taʼolo ytadi:
فَاصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ وَأَعْرِضْ عَنِ الْمُشْرِكِينَ
“Amr etilgan narsangizni ochiq oydin gapiring va mushriklardan yuz oʻgiring”.[15:94].
Yana aytadi:
فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ وَعِظْهُمْ وَقُل لَّهُمْ فِي أَنفُسِهِمْ قَوْلًا بَلِيغًا
“Bas ulardan yuz oʻgiring va ularga mavʼiza qiling. Ularga oʻzlari xaqida balogʻatli gaplarni gapiring”.[4:63].
يَا أَيُّهَا الرَّسُولُ بَلِّغْ مَا أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ۖ وَإِن لَّمْ تَفْعَلْ فَمَا بَلَّغْتَ رِسَالَتَهُ
“Ey Rasulim, Robbingiz tomonidan oʻzingizga nozil qilingan narsani yetkazing. Agar bunday qilmasangiz, Uning risolatini yetkazmagan boʻlasiz”.[5:67].
Ubboda ibn Somitdan Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam -;ikkinchi aqaba bayʼatida bayʼat qilgan narsa xaqida rivoyat qilinadi;
وعلى أن نقوم او نقول بالحق أينما كنا، لا نخاف في الله لومة لائم
“Qayerda boʻlsak ham malomatchining malomatidan qoʻrqmasdan haqni qilishga yoki uni gapirishga bayʼat berdik”.
Oisha onamiz – raziyallohu anho – dan rivoyat qilinadi:
كان كلام رسول الله ﷺ كلاما فصلا يفهمه كل من يسمعه
“Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning soʻzlari faslul xitob(haq bilan botilni ajratuvchi) edi, eshitganki odam tushinadigan, dona dona soʻzlar edi”.
Daʼvatni qatʼiy hujjatlar keltirib, chiroyli eslatma va qoniqarli bahslar bilan yetkazish albatta tilga muhtoj boʻladi. Negaki, bu ishlarni amalga oshirish uchun lozim boʻlgan birdan-bir vosita bu tildir. Tilsiz daʼvatni yetkazish mumkin emas.
Daʼvatni yetkazishda tilning tutgan oʻrni va uning ahamiyati buyuk boʻlgani uchun Alloh taʼolo paygʻambarlarni oʻz qavmlarining tillarida yubordi. Alloh aytadi:
وَمَا أَرْسَلْنَا مِن رَّسُولٍ إِلَّا بِلِسَانِ قَوْمِهِ لِيُبَيِّنَ لَهُمْ
“Bizlar biror paygʻambar yuborgan boʻlsak, (Allohning risolatini) ularga bayon qilib berishi uchun u paygʻambarni albatta oʻz qavmining tilida yubordik”. [14:4].
Alloh taʼolo bayonni taʼlim berishni insonni yaratishga hamroh qildi.
الرَّحْمَنُ (1) عَلَّمَ الْقُرْآنَ (2) خَلَقَ الْإِنْسَانَ (3) عَلَّمَهُ الْبَيَانَ
“Arrohman. Rahmon sifatiga ega boʻlgan zot Qurʼonni oʻrgatdi. Insonni yaratdi. Unga bayonni ham oʻrgatdi”.[55:1-4].
Daʼvatni yetkazishda bayonning zarurligi uchun Qurʼoni Karimda Muso – alayhi as-salom – tilida aytiladi:
وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِّن لِّسَانِي (27) يَفْقَهُوا قَوْلِي
“Va mening tilimdan tugunni yechib tashla, ular mening soʻzimni tushinsinlar”.[20:27-28].
Yana u aytadi:
وَأَخِي هَارُونُ هُوَ أَفْصَحُ مِنِّي لِسَانًا فَأَرْسِلْهُ مَعِيَ رِدْءًا يُصَدِّقُنِي ۖ إِنِّي أَخَافُ أَن يُكَذِّبُونِ
“ Va inim Horun til bobida mendan fasihroqdir. Bas, uni meni tasdiqlab turadigan tirgak sifatidan men bilan yubor. Albatta men ularning meni yolgʻonchiga chiqarishlaridan qoʻrqaman”.[28:34].
Tilning ahamiyati ulugʻ boʻlgani uchun Alloh taʼolo iymon va solih amalni pokiza kalimaga, kufr va yomon amalni esa, iflos kalimaga oʻxshatdi:
أَلَمْ تَرَ كَيْفَ ضَرَبَ اللَّهُ مَثَلاً كَلِمَةً طَيِّبَةً كَشَجَرةٍ طَيِّبَةٍ أَصْلُهَا ثَابِتٌ وَفَرْعُهَا فِي السَّمَآءِ* تُؤْتِي أُكُلَهَا كُلَّ حِينٍ بِإِذْنِ رَبِّهَا وَيَضْرِبُ اللَّهُ الأَمْثَالَ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ* وَمَثلُ كَلِمَةٍ خَبِيثَةٍ كَشَجَرَةٍ خَبِيثَةٍ اجْتُثَّتْ مِن فَوْقِ الأرْضِ مَا لَهَا مِن قَرَارٍ
(Ey inson), Alloh yaxshi Soʻzga qanday misol keltirganini koʻrgin: u soʻz xuddi bir asil daraxtga oʻxshaydiki, uning ildizi (er ostiga) mahkam oʻrnashgan, shoxlari esa osmonda boʻlib, Parvardigorining izni-irodasi bilan mudom meva berur. Alloh odamlar eslatma-ibrat olishlari uchun mana shunday misollar keltirur. Yomon soʻzning misoli esa yerdan (ildizi) uzilib qolgan, bir joyda (oʻrnashib) qoʻnim topmaydigan nopok daraxtga oʻxshar.[14:24-26].
Tilning yuksak oʻrni borligi uchun Alloh taʼolo Qurʼoni Karimni oʻzining lugʻaviy uslubi bilan Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – ning paygʻambarligiga dalolat qiluvchi moʻʼjiza qildi. Alloh taʼolo Qurʼoni Karimni arablar puxta oʻzlashtirib olishganidan faxrlanib yurishadigan tilda nozil qildi va ularni Qurʼonga oʻhshagan bitta sura keltirishga chaqirdi. Natijada ular bundan ojiz qolishdi. Bu narsa arab tilini nafaqat Islomdan balki, butun musulmonlarning aqiydasidan ajralmas bir qismga aylantirdi. Alloh taʼolo aytadi:
إِنَّا أَنزَلْنَاهُ قُرْآنًا عَرَبِيًّا لَّعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ
“ Albatta Biz uni arab tilidagi Qurʼon suratida nozil qildik. Shoyat sizlar aql yuritsangizlar”.[12:2].
Shuning bilan arab tili Islom tiliga va Xalifalik davlati tiliga aylandi. Arab tili Qurʼon va Sunnat nasslari tushiniladigan yagona tildir. Arab tilisiz sharʼiy ahkomlarni oʻz dalillaridan istinbot qilib boʻlmaydi. Shuning uchun ham arab tilini puxta oʻrganish farzi kifoyadir. Chunki, faqat arab tilidan mukammal xabardor boʻlish bilangina tamomiga yetadigan ijtihod farzi kifoyadir.
Darhaqiqat, Islom taʼlim olishga va qiroat ilmiga undadi. Shuning uchun ham Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ga birinchi nozil boʻlgan oyat Allohning mana bu soʻzlari edi:
اقْرَأْ بِاسْمِ رَبِّكَ الَّذِي خَلَقَ (1) خَلَقَ الْإِنْسَانَ مِنْ عَلَقٍ (2) اقْرَأْ وَرَبُّكَ الْأَكْرَمُ (3) الَّذِي عَلَّمَ بِالْقَلَمِ (4) عَلَّمَ الْإِنْسَانَ مَا لَمْ يَعْلَمْ
“Yoʻqdan bor qilgan Robbingiz ismi bilan oʻqing. U insonni alaqdan yaratdi. Oʻqing, Robbingiz karamlidir. U qalam bilan taʼlim berdi. Insonga bilmagan narsasini oʻrgatdi”.[96:1-5].
Alloh taʼolo insonni juda koʻp maxluqotlar ustidan uning aqli bilan afzal qilganidek, oʻziga yaqin farishtalar ustidan ham ilmi va izlanishi bilan afzal qildi. Ushbu ilm va izlanishga esa, til bilan erishiladi. Alloh taʼol aytadi:
وَعَلَّمَ آدَمَ الْأَسْمَاءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلَائِكَةِ فَقَالَ أَنبِئُونِي بِأَسْمَاءِ هَٰؤُلَاءِ إِن كُنتُمْ صَادِقِينَ (31) قَالُوا سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا إِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا ۖ إِنَّكَ أَنتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ (32) قَالَ يَا آدَمُ أَنبِئْهُم بِأَسْمَائِهِمْ ۖ فَلَمَّا أَنبَأَهُم بِأَسْمَائِهِمْ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ إِنِّي أَعْلَمُ غَيْبَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَأَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا كُنتُمْ تَكْتُمُونَ (33) وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَائِكَةِ اسْجُدُوا لِآدَمَ فَسَجَدُوا إِلَّا إِبْلِيسَ أَبَىٰ وَاسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ الْكَافِرِينَ
Va U zot Odamga barcha narsalarning ismlarini oʻrgatdi. Soʻngra ularni farishtalarga roʻbaroʻ qilib dedi: “Agar xalifalikka biz haqdormiz, degan soʻzlaringiz rost boʻlsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!” Ular aytdilar: “Ey pok Parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta, Sen oʻzing ilmu hikmat sohibisan”. (Alloh); “Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir”, dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: “Sizlarga, Men Yeru-osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?” Eslang, (ey Muhammad), Biz farishtalarga Odamga taʼzim qiling deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib — kofirlardan boʻldi. [2:31-34].
Arab tili – mabdaʼsi Islom boʻlgan har qanday uyushmadagi asosiy rukndir. Chunki, Islom asosiga qurilgan uyushma oʻzi roʻbaroʻ keladigan voqeʼ hodisalarga sharʼiy ahkomlarni istinbot qilish uchun ijtihodga muhtoj boʻladi. Ijtihod esa, faqat arab tilida boʻladi. Shuning uchun har qanday uyushmaning shartlaridan biri to u muvaffaqiyatga erishishi uchun ushbu uyushma aʼzolari orasida ijtihodga kuchi yetadigan kishilarning yetarlicha mavjud boʻlishidir.
Bu degani ijtihod faqat arab tilida boʻlgani uchun Islomga boʻlgan daʼvatni yetkazish ham faqat arab tilida boʻlishini anglatmaydi. Negaki, uyushmadagi ijtihod farzi ayn emas, farzi kifoyadir. Shuning uchun uyushmaga aʼzo boʻlgan, arab tilida gapirmaydigan musulmonlar daʼvatni oʻz ona tillarida yetkazishlari mumkin.
Har qanday til oʻz maʼnolariga ega boʻlgan xarflarga, ismlarga yoki ish harakatlarga dalolat qiladigan soʻzlarni tuzish uchun ogʻzaki yoki yozma shaklda, muayyan uslubda jamlanadigan, tartiblanadigan ovozlardan iboratdir. Inson bu soʻzlarni zehnidagi maqsadni yoki qalbidagi his-tuygʻularni ifodalab berish uchun, oʻzaro (urfda) kelishilgan qoidalarga muvofiq tarzda jumlalarda shakllantiradi. Shuning uchun ham til insonlar orasida oʻzaro bir birlarini tushinishlarining asosiy vositasidir.
Yetarlicha til boyligiga ega boʻlmagan inson oʻzi eshitayotgan yoki oʻqiyotgan fikr va maʼlumotlarning hammasini ham qabul qilishi qiyin boʻladi. Tabiyki, bu bilan uning qabul qilayotgan fikriy qobiliyati ham sust boʻladi. Boshqa insonlar bilan munosabat oʻrnatishi, ularga oʻz fikrlarini ifodalab berishi hamda ularga taʼsir oʻtkaza olish imkoniyati ham oz boʻladi.
Yuqorida qayd etilgan fikrlarga koʻra, musulmon oʻz tilini bilishi va uni maʼlum darajada puxta oʻzlashtirishi daʼvatni yetkazishidagi zaruriy omildir. Chunki, u daʼvatni yetkazishga qaror qilgan paytida oʻzini Ummatni yetaklash markaziga qoʻygan boʻladi. Yetakchi esa, oʻzining dunyoqarashini izohlash, fikr va rayʼlarini ifodalash hamda oʻzining reja va maqsadlarini tushinarli tilda ravon qilib sharhlash uchun puxta oʻzlashtirilgan tilga muhtoj boʻladi. Shundagina u oʻz fikrlari bilan boshqalarga taʼsir oʻtkaza oladi hamda insonlarni ular bilan birgalikda amalga oshirish uchun intilayotgan gʻoyaga yetish maqsadida ularni oʻzi daʼvat etayotgan tushinchalarga qanoatlantira oladi.
Har bir daʼvat yukini koʻtaruvchi insonning tilshunos olim boʻlishi sharʼan vojib emas. Balki, undan talab etilgan narsa shuki, bunday insonda daʼvatni taʼsirli suratda yetkazishiga imkon beradigan darajadagi til boyligi boʻlsin. U mana shu til boyligi bilan oʻzi tabanniy qilayotgan fikr va rayʼlarni tushinishga qodir boʻladi. Ayni paytda ularni boshqalarga ham tushinarli va taʼsirli qilib yetkazishga qodir boʻladi. Bu esa, undan oʻzini “daʼvatni yetkazish tili” bilan chiniqtirishi uchun halqalarga, yigʻinlarga doimo uygʻoq zehn va ochiq quloq bilan kelishini, munoqasha va munozaralarga doimiy ravishda qatnashib turishini talab etadi. Shuningdek, daʼvat yukini koʻtaruvchidan doimiy suratda Qurʼon tilovat qilishi, hadisi shariflarni oʻrganishi va hizbiy saqofatini tinimsiz oʻstirishi, kitoblarda, gazeta va jurnallarda chop etilayotgan maqolalardan tinimsiz xabardor boʻlib turishi, ommaviy axborot vositalarini kuzatib borishi hamda daʼvat yukini koʻtaruvchi sifatida hizb aʼzolari hamda boshqa insonlar bilan doimiy aloqada boʻlib turishi, ular bilan munozara va muloqotda davomli boʻlishi talab etiladi. Mana shu ishlar uning fikr doirasini tinimsiz ravishda oʻstiradi va til boyligini oshiradi.
Daʼvat yukini koʻtaruvchi inson sharʼiy lafzlardan va fiqhiy istilohlardan xabardor boʻlishi lozim. Jumladan, “Dorul Islom”, “Dorul kufr”, “Halol”, “Harom”, “Yaxshilik” va “Yomonlik”, “Mutavotir”, “Ohod” kabi istilhiy lafzlarning ifodalaridan xabardor boʻlishga intilishi lozim. Shuningdek, oʻzi oʻzgartirmoqchi boʻlayotgan jamiyatda oʻrtaga chiqqan “Ilmoniylik”, “Demokratiya”, “Globalizatsiya”, “Privatizatsiya”, “Protektsionizatsiya-bojxona ximoyasi”, “Fikriy mulkchilik himoyasi” kabi istilohlarni tushinishga ham qattiq xaris boʻlishi lozim. Toki u ushbu istilohlar qarshisida daʼvat yukini koʻtaruvchi inson sifatida oʻzi tabanniy qilayotgan fikrga mos boʻlgan mavqifni egallasin. Musulmonlar ham ushbu istilohlar qarshisida ayni mavqifni egallashlari uchun ularga ham ushbu istilohlarni va ularning mohiyatlarini tushintirib bersin.
Shunday ekan, daʼvat yukini koʻtaruvchi inson oʻzining fikr va rayʼlarini aniq, tiniq va oʻta noziklik bilan yetkazib berish uchun tinglovchilarga, ularning sharoitlariga mos keladigan uslublarni ishlatgan holda zarur boʻlgan lafzlar, istilohlar va jumlalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Shunda u qisqacha soʻzlash maqsadga muvofiq, oʻsha sharoitga mos boʻlgan oʻrinda qisqa gapiradi. Ifodalash va sharhlash kerak boʻlgan joyda esa, atroflicha ifodalaydi, mavzuni keng sharhlaydi. (Arab tili qoidalariga koʻra, ushbu soʻz uslublarining avvalgisi “Iyjoz”, keyingisi esa, “Itnob”, deyiladi. Fikrning miqdoricha soʻz soʻzlash, yaʼni fikr bilan soʻzning miqdori birdek boʻlishini anglatadigan “Musovot” ushbu uslubning uchinchi qismidir. Demak, ozgina soʻz bilan koʻp fikrlarni ifodalash “Iyjoz”, aksincha, ozgina fikrni koʻp kalimalar bilan ifodalash “Itnob” va fikr bilan soʻzning miqdori birdek boʻlgandandagi holatga esa, “Musovot”, deyiladi).
Albatta, fikr bilan til bir biriga chambarchas bogʻliqdir. Ularning orasidagi aloqa juda mustahkamdir. Zero, til fikrning idishi hamda uni qabul qilish hamda boshqalarga ham berishning faʼol vositasidir. Daʼvat yukini koʻtaruvchi insonning til sohasidagi bilimi qancha yuqori boʻlsa, tilning lektsika va gramatika jihatlarini, yaʼni tilning sarf, nahv qoidalarini qanchalik darajada yaxshi oʻzlashtirib olgan boʻlsa, uning fikrlarni oʻzlashtirishi ham, ularni boshqalarga yetkazib berishga boʻlgan imkoniyati ham shu darajada yuksak boʻladi.
Biroq, lafz va jumlalarning yolgʻiz oʻzlari qancha jozibador va chiroyli boʻlmasin, agar ularning maʼnolari boʻlmasa, ular yaltiroq, biroq ichi boʻsh idishni yodga soladilar. Agar ular soʻzlovchi tomonidan tinglovchiga fikr va tuygʻularni yetkazib bermas ekan, bu soʻzlardan oʻlik jasaddek hech qanday nafʼ boʻlmaydi.
Til jamiyatni oʻzgartirish uchun daʼvat yukini koʻtaruvchiga qay daraja zarur, lozim boʻlsa, jamiyat ham tilning muhim manbaʼlaridan biri hisoblanadi. Negaki, til mana shu jamiyat qoʻynida paydo boʻldi va oʻsib ulgʻaydi. Daʼvat yukini koʻtaruvchi insonning jamiyatda daʼvat yukini koʻtaruvchi sifatidagi hayoti unga yangidan-yangi soʻzlarni va siygʻalarni qoʻlga kiritishiga yordam beradi. U jamiyat shaxslari bilan qanchalik koʻp aloqada boʻlsa, uning tili ham shunchalik rivojlanadi, ravonlashadi va oʻsadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.