Xitoy Qirgʻizistonga 13 milliard somlik evazsiz yordam koʻrsatadi

177
0

Xitoy Qirgʻizistonga 13 milliard somlik evazsiz yordam koʻrsatadi

Xabar: Xitoy Qirgʻizistonga 13 mlrd som evazsiz yordam beradi. 31-dekabrda vazir Daniyar Amangeldiyev bilan Xitoy elchisi Du Devenь shartnomani imzolashganini Iqtisod vazirligining matbuot xizmati bildirdi.
“Birinchi shartnoma asosida 350 million yuanь, ikkinchisida 650 million yuanь ajratish rejalashtirilgan. Ikki shartnoma boʻyicha ajratilgan mablagʻning umumiy miqdori 1 milliard yuanni (13 milliard somni) tashkil qiladi”, – deyilgan xabarda.
Maʼlumotga koʻra, bu pulga ikki tomon maʼqullagan ijtimoiy-iqtisodiy, infrastruktura loyihalari amalga oshiriladi.

Izoh: Xitoy soʻnggi bir yil ichida Qirgʻizistonga turli xil iqtisodiy yordam koʻrsatib kelmoqda. Oʻtgan yilning iyun oyida Xitoy Qirgʻistonga yordam tariqasida 40 ming tonna un, 20 ming tonna shakar, 20 ming tonna oʻsimlik yogʻi va grant shaklida 350 million yuan (54 million AQSh dollari) bergan edi. Xitoy yana insonparvarlik yordami sifatida koronavirusga qarshi “Sinopharm” vaktsinasidan 150 ming doza taqdim etgandi. Shuningdek, oktyabr oyida ham Xitoy hukumati Qirgʻizistonga 1150 tonna bugʻdoy uni, 75 tonna shakar va 50 tonna soya yogʻidan iborat gumanitar yordamni yetkazib bergani xabar qilingan edi.
“Tekin pishloq faqat qopqonda boʻladi” deyilganidek, Xitoy hukumati goʻyoki evazsiz berayotgan mablagʻlar ikki tomonlama erishilgan loyihalarni amalga oshirishga sarflanishi belgilab qoʻyilishidan kelib chiqiladigan boʻlsa, bu mablagʻ xalqning keskin qarshiligi sabab toʻxtab qolgan loyihalarni qayta jonlantirishga sarflanadi. Masalan, Xitoy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtrilgan “Xavfsiz shahar” loyihasi kelasi yilning bahor oyidan ishga tushiriladigan boʻldi. Bundan tashqari, bir vaqtlar aholining keskin qarshiligi ortidan toʻxtab qolgan Botken viloyati Qadamjoy tumanidagi Shambesoy oltin koni, Norindagi Solton-Sari oltin koni, undan keyin Jetim-Too temir konida xitoylik kompaniyalar faoliyatini qayta tiklash masalasi ham kun tartibida turibdi. Demak odatdagidek, Xitoy hukumati goʻyoki Qirgʻizistonga evazsiz yordam berayotgandek koʻrinib, yer va tabiiy boyliklarni qoʻlga kiritishga urinmoqda. Buni un, shakar va oʻsimlik yogʻi, evazsiz yordam berish pardasi ortiga yashirmoqda. Bu xudosiz kommunistlarning “oshqozonni tuzoq qilib” xalqni boshqarish usuli boʻlib, shu orqali iqtisodiy qiyinchiliklar iskanjasiga tushib qolgan xalqni aldash va oʻtgan yillar mobaynida oʻziga qarshi shakllangan nafratni yoʻq qilishga urinishdan iborat.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.