Harbiy toʻntarishlar va armiyalarni oʻz rollaridan mahrum qilish

0
252

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Harbiy toʻntarishlar va armiyalarni oʻz rollaridan mahrum qilish

Ustoz Hasbulloh Nur qalamiga mansub

Aynan hokimiyat strukturasi davlatning asosiy va tashqi jihatlarini belgilaydi. Ushbu infratuzilma uzoq zamonlar davomida mustahkam va barqaror boʻlib kelgan boʻlsa, siyosatlar oʻzgarmaydi, oʻzgarsa ham kamdan-kam oʻzgaradi. Biz tarixga murojaat qiladigan boʻlsak, shunga guvoh boʻlamizki, Amerika dastlabki davrdayoq harbiy toʻntarishlardan boshqa xalqlar ustidan hukmron boʻlish va nufuzini kengaytirish vositasi sifatida foydalanib kelgan. U borgan sari ochkoʻzlashib, yebtoʻymas boʻlib bordi va ikkinchi jahon urushidan keyin faoliyat doirasini kengaytirdi. Uning faoliyati olamning uch qitʼasi (Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika)ni oʻz ichiga oldi. Misol uchun, 1952 yil Amerika Misrda Ozod Ofitserlar tashkilotini qoʻllab-quvvatlab, podshoh Foruqni taxtdan agʻdardi. 1953 yil Eronda “Ayaks” (Eron inqilobi), deb atalgan operatsiyada ingliz razvedkasi bilan hamkorlik qilib, xalq saylagan Muhammad Musaddiqni agʻdardi. 1954 yil Janubiy Amerikada eng mashhur hisoblangan davlat toʻntarishini amalga oshirdi… Uning Markaziy Razvedka Bьyurosi Gvatemalada maxfiy operatsiya olib borib, demokratik saylov orqali hokimiyatga kelgan prezident Xakobo Arbensni agʻdardi. Keyin AQSh u yerdagi prezident Karlos Kastilьonning harbiy diktatorlik boshqaruvini mustahkamlab, uni oʻzining yaqin ittifoqchisi qilib oldi. Mana shunday harbiy toʻntarishlar Amerika nufuzini qitʼalararo darajada kengaytirdi va harbiy toʻntarishni oʻnlab hukumatlarni agʻdarish uchun boshlanish nuqtasi qilib oldi. Shu tarzda, harbiy toʻntarish siyosati mustahkam oʻzgarmas asosga aylandi, faqat uslub va vositalarida bir oz oʻzgarishlar boʻldi, xolos.
Amerika oʻz rejalarining muvaffaqiyatini taʼminlash uchun bir qator chora-tadbirlar qoʻllash bilan bora-bora maydonni tekislab, tartibga solib, inqilobga tayyorlab oldi… Ushbu chora-tadbirlar harbiy toʻntarishlarni odamlar uchun eng maqbul variantga aylantirib qoʻydi. Biz 2021 yil 25 oktyabrdagi Sudan inqilobida ham shuni koʻrdik. Oʻshanda Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan Sudanga zoʻrlab tiqishtirilgan shafqatsiz chora-tadbirlar ham maydonni inqilobga hozirlovchi muhim omil boʻldi. Chunki ayni chora-tadbirlar Inqoz hukumatini agʻdargan yoshlarning umidlarini puchga chiqardi, hatto yurtdagi xavfsizlikni misli koʻrilmagan darajada xaosga aylantirdi. Sudanning aksar viloyatlarini boshboshdoqlik botqogʻiga botishiga, Sudan sharqining yopilishiga, Efiopiya bilan chegaradosh hududdagi “Fashaqa rayoni urushi” boshlanishiga sabab boʻldi. Butun Sudan boʻylab paydo boʻlgan qabilachilik va tarafkashlik chaqiriqlari davlat toʻntarishi uchun qulay zamin yaratishda asosiy omil boʻlib xizmat qildi. Amerika yurtga shunday oʻrnashib oldiki, ushbu 2021 yil 25 oktyabrdagi “Burhon inqilobi”ning har bir bosqichida u doim hoziru-nozir boʻldi. Buni AQSh sobiq diplomati Martin Indыkning soʻzlari ham yaqqol koʻrsatib turibdi. U Felьtmanni maqtab, men “Amerikaning Sudandagi-Afrika shohidagi vakili Jeffri Felьtman tomonidan amalga oshirilgan maqsadli AQSh diplomatiyasiga oʻz salomim va minnatdorchiligimni bildiraman”, degan edi.
Darhaqiqat, Burhon favqulodda choralar qoʻllab, AQSh vakili Felьtmanning Sudanni tark etishidan bir necha soat oʻtiboq oʻz hamkori fuqaroviy boshqaruvni agʻdardi. Vashington Post gazetasiga koʻra, Felьtman Sudan safari chogʻida fuqaroviy va harbiy boshqaruvlar rahbarlari bilan uchrashgan. Shu eʼtibordan, koʻplab siyosiy tahlilchilar ushbu choralar ortida Amerikaning turganini aytmoqdalar. “Axios” veb-saytining maʼlum qilishicha, Sudan armiyasi qoʻmondoni Burhon amerikaliklarga – armiyamiz ichida fuqarolik boshqaruviga qarshi choralar koʻrish imkoniyatiga ega harbiylar bor, degan xabarni yetkazgan. Burhon bu xabarni davlat toʻntarishidan atigi 48 soat oldin yetkazgan.
Amerika Sudan inqilobini tinimsiz qoʻllab-quvvatlovchi pozitsiyasida turgan boʻlsa-da, lekin Sudanda yuz bergan hodisani inqilob, deb atashdan tiyildi. Xavfsizlik kengashi ham shunday qildi. Shu nuqtai nazardan, AQSh davlat kotibi Nayrobidagi nutqida bosh vazir Hamdukni oʻz vazifasiga qaytarishga chaqirib, Sudandagi barcha krizis faqatgina Hamduk shaxsida boʻlmaganini taʼkidladi. Hamduk oʻz vazifasiga qaytarilganidan keyin Amerika u yerdagi holatni tan oldi. BMT ham unga ergashib, Burhon koʻrgan choralarni tan oldi. Soʻng ushbu choralarni tan oluvchi qator bayonotlar koʻpaydi. Shu yoʻsin Sudan inqilobi muvaffaqiyat qozonib, xalqaro jihatdan tan olinishga muyassar boʻldi. Keyin Amerika oʻzining Sudandagi 25 yillik uzoq vaqtdan beri diplomatik vakolatxona boʻlib kelayotgan idorasini elchixonaga aylantirish orqali Burhoni muvaffaqiyatlari uchun tabrikladi. Sudandagi ichki voqelikka kelsak, biz namoyishlarni atigi sanoqli kunlarda davom etib, soʻng tugayotganiga va hamma yangi veqelikka koʻnikma hosil qilayotganiga guvoh boʻlyapmiz.
Shunday qilib, demak, Amerika uchinchi olam davlatlari boyliklariga ega chiqish maqsadida ular ustidan hukmron boʻlish uchun harbiy toʻntarish uslubini qabul qildi. Qolgan mustamlakachi davlatlar ham shu yoʻldan borishmoqda. Hatto oʻtgan asrning yarmidan shu kunga qadar boʻlgan harbiy toʻntarishlar shu qadarki, birgina Afrikaning oʻzida 199dan ziyod toʻntarish boʻldi. Bu esa, shuni anglatadiki, uchinchi olam davlatlari, shu jumladan musulmon yurtlaridagi armiyalarning roli oʻzgartirildi va paydo boʻlishiga sabab boʻlgan oʻz vazifasi doirasidan chiqarilib, mustamlakachilarga xizmat qilish uchun togʻut hukmdorlar taxtini mudofaa qiluvchi rolga aylantirildi. Bu hukmdorlarning respublika prezidenti, qirol, amir va sulton kabi qanday atalishlarining ahamiyati yoʻq, muhim emas. Muhimi, ushbu armiyalarning asosiy vazifalari oʻzgardi va biz ularni armiya sifatida sezmaydigan, balki faqat tantanalarda va davlatning rasmiy bayramlaridagi harbiy “parad”larda koʻradigan boʻlib qoldik. Hatto bugun Afrikada keng tarqalgan urushlarda boʻlayotgani kabi, biz ularning vazifasi xalqlarni bostirishdan iborat boʻlib qolganiga guvoh boʻlyapmiz.
Armiya, bu har qanday xalqning unvonidir, kuch-qudrati, ulugʻligi ramzi, borligʻining mudofaasi va daxlsizligining posbonidir. Demakki, armiyaga harbiy manyovrlar oʻtkazish, mahorat-iqtidorini oshirish va qurol-aslahalar bilan taʼminlash orqali alohida eʼtibor qaratish shart. Harbiylar oʻzlarining harbiy boʻlishlariga sabab boʻlgan oʻz burchlarini ado etmoqlari uchun ularga gʻamxoʻrlik qilish lozim. Yer yuzida oʻtgan ummatlarning har biri hukmronlik va shon-shuhratga faqat oʻzidagi qudratli armiyasi bilan erishgan. Chunki Ummatning haybati qoʻshinlarining haybati bilandir. Ummatning xalqlar va millatlar oʻrtasidagi shaʼni uning armiya-qoʻshinining shaʼni orqali koʻrinadi. Darhaqiqat, biz Islom Ummati yetakchiligiga uning armiyasi yengilmas armiya boʻlgani eʼtiboridan guvoh boʻldik. Oʻshanda u Islom bayrogʻini Arab yarim orolidan koʻtarib chiqib, yer yuzini chekka-chekkalariga qadar, sharqdan Ozarbayjon va gʻarbdan Arab Magʻribigacha yetkazdi va buni Madinai Munavvarada Islom davlati barpo boʻlgandan keyin atigi yigirma yil ichida amalga oshirdi. Keyin Islomni yoyishga kirishib, hidoyat va nur risolasini Vena darvozalarigacha yetkazib bordi. Salibchilik yurishlarining har qancha koʻp boʻlishiga va sanogʻiyu uskunalari yirikligiga qaramay, har doim ularga qarshi kurashib keldi.
Bas, shunday ekan, armiyalarimizga oʻz ulugʻvorligini, Ummatga oʻz kuch-qudrati va shavkatini qayta olib beradigan va biz unga bayʼat qiladigan biror er kishi bormi?!

Roya gazetasining 2021 yil 15 dekabr chorshanba kungi 369-sonidan

Izohlar yo'q