Fitch agentligining Iordaniya kredit reytingini oshirganligi adashtirish boʻlib, bundan maqsad mamlakatni sudxoʻrlik qarzlari bilan bankrot qilishdir

55
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Fitch agentligining Iordaniya kredit reytingini oshirganligi adashtirish boʻlib, bundan maqsad mamlakatni sudxoʻrlik qarzlari bilan bankrot qilishdir

Seshanba kuni Fitch agentligi Iordaniyaning kredit reytingini salbiydan ijobiyga koʻtardi hamda buni “Iordaniyaning fiskal konsolidatsiya va iqtisodiyotni tiklashda erishgan muvaffaqiyati”, deya baholadi.
Bunga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot boʻlimi oʻz bayonotida bunday deydi:
“Bu kredit reytingi agentligi Amerikaning quroli ekanida hech bir shubha yoʻq. Iordaniya iqtisodi yomon vaziyatdan yanada yomonlashmoqda. Aholining toʻrtdan biri qashshoqlikdan aziyat chekmoqda, ishsizlik darajasi 50 foizga yetdi, qarzdorlik bu yil 50 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Buyudjet shuni koʻrsatmoqdaki, hukumat sudxoʻrlikni, toʻlanishi shart qarzlarni va byudjet taqchilligini yopish uchun yana 7 milliard dollar qarz olishni maqsad qilgan”.
Matbuot bayonoti quyidagilarga eʼtibor qaratdi:
“Bunday zalolatning faqat quyidagi haqiqat bilan izohlash mumkin: Iordaniya hukumatiga navbatdagi 7 milliardlik protsentli kredit olish imkoniyatini yaratishdan maqsad mamlakatni qarz botqogʻiga butunlay gʻarq qilib, oxir oqibat bankrotlik eʼlon qilishga majburlash hamda aholisini mustamlakachi kofir Gʻarb qoʻlidagi garovga aylantirishdir. Bu rejim hokimiyat tepasida qolishi yoki ketishidan qatʼiy nazar, qarzlarni kim zimmasiga olishidan, mutlaqo tashvishlanmayapti.
Ummatning bitmas-tuganmas boyliklari musulmonlarning umumiy mulkidir, hukmron rejimlarning emas. Hukmdorlar oʻzlari uchun halol qilib olib, mustamlakachi kofirga qoʻsh-qoʻllab topshirishayotgan ushbu mulkdan foydalanish uchun esa, albatta Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etmoq lozim. Islomdagi iqtisod nizomini tatbiq qilajak Xalifalik davlati mustamlakachilarning sudxoʻrlik qarzlarini olish va uning protsentlarini toʻlash yoʻliga hargiz qadam tashlamaydi. Ishsizlik va qashshoqlikka barham berib, ochkoʻz mustamlakachi davlatlarning musulmon yurtlariga sarmoya yotqizishlariga aslo yoʻl qoʻymaydi. Aksincha, musulmonlar xalifasi shariat ahkomlariga muvofiq har bir dirhamni oʻrni-oʻrniga sarflaydi. Iqtisodiy muammo, xususan, bizning Alloh Taolo inʼom etgan buyuk boyliklarga ega yurtlarimizda faqat ishlab chiqarish bilan emas, balki boyliklarni taqsimlash bilan hal etilishini biladi.
Roya gazetasining 2021 yil 22 dekabr chorshanba kungi 370-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.