Shuncha tinchlik degan narsaga qaramay, Gʻarbiy Sudanda hamon qon toʻkilmoqda!!

279
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Shuncha tinchlik degan narsaga qaramay, Gʻarbiy Sudanda hamon qon toʻkilmoqda!!

Kordofan va Darfur kabi bir necha viloyatlarda qayta qabilalararo janglar alanga olayotganiga nisbatan, Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot boʻlimi rasmiy notigʻi ustoz Ibrohim Usmon (Abu Xalil) hukumatni insonlar xavfsizligiga panja orasidan qarashning yomon oqibatlaridan ogohlantirdi hamda boʻlayotgan bunday jang javobgarligini uning zimmasiga yukladi. 2021 yil 8 dekabr chorshanba kuni nashr qilingan matbuot bayonotida ustoz Abu Xalil bunday deydi:
“Islom qabilalararo urush va qon toʻkishni qatʼiy harom qilgan. Xavfsizlikning izdan chiqishi, qabilalararo urush va boshqa boshboshdoqliklarga sabab Islomning odil tuzumini tark qilib, insonlarga adolatsiz-zolim tuzumlarni tatbiq qilishdir. Din davlatdan ajratilgan va hammaning diqqat-eʼtibori moddiy qiymat boʻlib qolgan bugungi zamonda mamlakatning umumiy mulki, ayniqsa oltin eng asosiy moʻljalga aylanib, kim kuchli boʻlsa, kimning pichogʻi keskir boʻlsa, oʻsha kon qaziladigan mintaqaga ega chiqish uchun qishloqlarni vayron qilmoqda”.
Ustoz Abu Xalil matbuot bayonoti nihoyasida Darfur, Kordofan va butun Sudan ahliga bunday murojaat qildi:
“Tinch hayotni na fuqaroviy boshqaruv taʼminlasin va na harbiy boshqaruv. Qutulish ham, xavfsizlik ham, omonlik ham faqat Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tuzumi soyasida boʻladi”.
Roya gazetasining 2021 yil 15 dekabr chorshanba kungi 369-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.