21 million amerikalik ochlikka yuz tutish arafasida

149
0

21 million amerikalik ochlikka yuz tutish arafasida

Pandemiya tufayli iqtisodiy inqiroz va ishsizlik koʻrsatkichlari koʻplab mamlakatlarda tezlik bilan oʻsib borayotgan bir paytda, 21 milliondan ortiq amerikalik ocharchilikka duchor boʻlganligi eʼlon qilindi. Al-Jazira axborot agentligi AQShda aholini roʻyxatga olish byurosining maʼlumotlariga tayangan holda xabar qilishicha, ochlikka duchor boʻlayotgan odamlar sonining koʻpayishiga inflyatsiya tufayli bozor narxlarining oshishi sabab boʻlgan.
Mazkur byuroning 1-13 dekabr kunlari oʻtkazgan tadqiqot natijalariga koʻra, AQShda yetarli oziq-ovqatga ega boʻlmagan oilalar soni shu oyda eng yuqori koʻrsatkich, 9,7 foizga yetgan va ayni paytda ochlikka yuz tutgan insonlar 21 milliondan ortiqdir. Shuningdek, tadqiqot natijalariga koʻra, prezident Jo Bayden tomonidan qoʻllab-quvvatlangan “kam taʼminlangan oilalarga yordam koʻrsatish” dasturi muhokama qilinadigan senat yigʻilishining kechikishi kelajakda vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkin.

Izoh: Kapitalizmdan kelib chiqqan tushunchaga koʻra, davlat har qancha boy va qudratli boʻlmasin, unda faqir sinfning mavjudligi tabiiy hol boʻlib, uni yoʻq qilish uchun kurash olib borish behuda ish sanaladi. Chunki Gʻarb iqtisodchilarining fikricha, insonning ehtiyojlari cheksiz boʻlib, unga nisbatan dunyodagi resurs va boyliklar yetarsizdir. Yaʼni dunyodagi mavjud resurs, tovar va xizmatlar insonning cheklanmagan ehtiyojlarini qondirishga hech qachon yetmaydi. Sababi insonning ehtiyojlari cheksiz boʻlib, dunyodagi resurs, tovar va xizmatlar esa cheklidir. Shu bois, dunyoda qashshoqlarning boʻlishi muqarrardir. Faqat ishlab chiqarishni koʻpaytirish orqali insonning cheklanmagan ehtiyojlari bilan resurslar oʻrtasidagi farqni kamaytirish mumkin xolos. Lekin ularning tushunchasiga koʻra, baribir inson ehtiyojlarini qondiradigan 100% resurslar muvozanatiga erishib boʻlmaydi. Chunki, tovar va xizmatlar barcha insonlarning ehtiyojini qondira olmaydi. Natijada ishga yaroqsizlar, ishsizlar yoki asosiy ehtiyojini qondirishga mablagʻi yetmaydiganlar oʻzlariga kerak boʻlgan tovar va xizmatlarga yetisha olmaydi va oʻz ehtiyojlarini qondira olmaydilar. Aynan mana shu toifa ularning nazarida jamiyatda faqirlar sinifi boʻlib qolaveradi. Shuning uchun buyuk kuch qudratga ega, resurslarga boy boʻlgan, hatto mustamlaka yoʻli bilan boshqa davlatlarning boyliklarini talon-toroj qilayotgan derjavalarda ham boshpanasiz, ishsiz, bir burda nonga zor, son-sanoqsiz och nahor qashshoqlarning mavjudligi ularni ajablantirmaydi! Masalan 2008 yilda AQShda 50 million odam toʻyib ovqatlanmasligi BMT tarafidan maʼlum qilingan edi. Bugunga kelib, 21 milliondan ortiq amerikalik ocharchilik chegarasiga kelib qolganligi aytilmoqda. Amerika davlati esa bunga qarshi ishlab chiqarishni koʻpaytirishdan boshqa narsaga eʼtibor bermaydi. Yaʼni davlat ularning asosiy ehtiyojlarini qondirishni oʻzininng vazifasi deb bilmaydi.
Ammo Islom iqtisodiy nizomi qashshoqlshk muammosini yechimi sifatida boylikni taqsimlashga eʼtibor qaratdi. Buning uchun bir qancha sharʼiy ahkomlarni qoʻydi. Boylikni bir guruh boylar qoʻlida yigʻilib qolishidan qaytarish, riboni harom qilish, monopoliyani harom qilish, boylar uchun zakotni farz qilish, meros taqsimotini tartiblash, maqsadsiz boylikni bosib toʻplashdan qaytarish, yeyish-ichish, kiyim-kechak va uy-joy kabi fuqarolarining asosiy ehtiyojlarini qondirishni davlat zimmasiga yuklash shular jumlasidan.
Shuningdek, zahirasi oʻta ulkan boʻlgan har turli konlar va mineral buloqlarni Islom ommaning mulki qilib belgiladi. Shariatga koʻra, ularni davlat qazib olish ishlariga bosh-qosh boʻlishi mumkin, ammo egallab olishi yoki ulkan shirkatlarga sotib yuborishi aslo joiz emas. Chunki ular barcha fuqarolarning mulkidir, barcha aholiga teng taqsimlanishi shart. Mana shuning oʻzi boyliklarning ommaga kifoya qilishiga kafildir. Islom iqtisodiy nizomi qashshoqlikka qanday barham berganiga tarix guvoh.
Lekin afsuslar boʻlsinki, bugungi kunda butun dunyoga, shu jumladan Islomiy oʻlkalarga ham kapitalistik iqtisod nizomi tatbiq qilinmoqda. Musulmonlar dunyo boyliklarining qoq markazida yashasada, aksariyati qashshoqlikda umr kechirmoqda. Chunki kapitalistik tuzumda Islomning adolatli taqsimotidan asar ham yoʻq.
وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنْكًا وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَى
– “Kim Mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot boʻlur va Biz uni qiyomat kunida koʻr holda tiriltirurmiz”.
[Toha 123-124]

Shunday ekan, musulmonlar uchun Islom iqtisodiy nizomini oʻz hayotlariga qaytarishlari vojibdir. Bu esa uni tatbiq etadigan Xalifalik davlatini barpo qilinish bilangina amalga oshadi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.