Oʻzgartirish haqidagi ijtihodlar(2-chi qism).

80
0

(“Islomiy hayotni kayta boshlashning sharʼiy tariqati” kitobidan).

(“Islomiy hayotni kayta boshlashning sharʼiy tariqati” kitobidan).
Oʻzgartirish haqidagi ijtihodlar(2-chi qism).

a) Daʼvatning barcha bosqichlarida koʻcha devorlaridan ayollarning yalangʻoch suratlarini yirtib tashlash, mayxonalarni vayron qilishdan tortib ayrim xavfsizlik xodimlarini yoki ayrim masʼul shaxslarni qatl etishgacha boʻlgan moddiy amallarni bajarish. Ular oʻzlarining bu fikrlariga yuqorida qayd etilgan, paygʻambarimiz – sallollohu alayhi va sallam – ning soʻzlari kelgan Ubboda ibn Somitning mana bu hadisini dalil sifatida keltiradilar;
وان لا ننازع الامر أهله إلا أن تروا كفرا بواحا عندكم فيه من الله برهان
“… Va oldilarimizda Allohdan hujjat boʻlgan ochiq kufrni koʻrmasdan turib, ishni oʻz egalaridan talashmaslikka (bayʼat berdik)”. Yana ular Ummu Salama(roziyallohu anho) onamizning hadisida kelgan paygʻambarimiz – sallollohu alayhi va sallam – ning mana bu soʻzlarini ham dalil sifatida keltirishadi;
قالوا أفلا نقاتلهم قال لا ما صلوا
“…Sahobalar;
— Bas shunday ekan, ularga qarshi urush qilmaymizmi, dedilar.
Shunda paygʻambarimiz sallollohu alayhi va sallam;
— “Yoʻq, modomiki, namozni qoim qilar ekanlar, ularga qarshi urush qilmaysizlar, deb marhamat qildilar”.
Ularning ayrimlari daʼvatni yetkazishda moddiy ishlarni bajarishning joizligiga quyidagi Aliy ibn Abu Tolibning hadisini hujjat qiladilar:
: انْطَلَقْتُ أَنَا وَالنَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حَتَّى أَتَيْنَا الْكَعْبَةَ ، فَقَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : ” اجْلِسْ ” ، وَصَعِدَ عَلَى مَنْكِبَيَّ ، فَذَهَبْتُ لِأَنْهَضَ بِهِ ، فَرَأَى مِنِّي ضَعْفًا ، فَنَزَلَ ، وَجَلَسَ لِي نَبِيُّ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، وَقَالَ : ” اصْعَدْ عَلَى مَنْكِبَيَّ ” ، قَالَ : فَصَعِدْتُ عَلَى مَنْكِبَيْهِ ، قَالَ : فَنَهَضَ بِي ، قَالَ : فَإِنَّهُ يُخَيَّلُ إِلَيَّ أَنِّي لَوْ شِئْتُ لَنِلْتُ أُفُقَ السَّمَاءِ ، حَتَّى صَعِدْتُ عَلَى الْبَيْتِ ، وَعَلَيْهِ تِمْثَالُ صُفْرٍ أَوْ نُحَاسٍ ، فَجَعَلْتُ أُزَاوِلُهُ عَنْ يَمِينِهِ وَعَنْ شِمَالِهِ ، وَبَيْنَ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ ، حَتَّى إِذَا اسْتَمْكَنْتُ مِنْهُ قَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : ” اقْذِفْ بِهِ ” ، فَقَذَفْتُ بِهِ ، فَتَكَسَّرَ كَمَا تَتَكَسَّرُ الْقَوَارِيرُ ، ثُمَّ نَزَلْتُ ، فَانْطَلَقْتُ أَنَا وَرَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَسْتَبِقُ حَتَّى تَوَارَيْنَا بِالْبُيُوتِ ، خَشْيَةَ أَنْ يَلْقَانَا أَحَدٌ مِنَ النَّاسِ
“Men va Rasululloh sallollohu alayhi va sallam birga yurib Kaʼbaga keldik. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam menga “Oʻtir”, dedilar va yelkamga chiqdilar. Men u zotni yelkamda koʻtarib, tik turmoqchi boʻldim. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam mendagi zaiflikni koʻrib, yerga tushib, oʻtirdilar va “Elkamga chiq”, dedilar. Men u zotning yelkalariga chiqdim. Meni yelkalarida koʻtardilar. Shu onda mening xayolimdan oʻtardiki, “Agar xohlasam, shu turishda, samo ufqiga ham soʻzsiz yetaman”. Men Baytullohga koʻtarildim. Yuqorida mis timsollari turardi. Men uning oʻng va chap tomonlarini, oldi va orqa tomonlaridan paypaslardim, ushlashga urinardim. To uni maxkam ushlab olganimda Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – “Uloqtir uni”, dedilar. Men uni uloqtirdim. Natijada u sopol kabi sinib, chil chil boʻldi. Soʻngra Rasululloh – sallollohu alayhi va salam – ning muborak yelkalaridan tushdim. Bizlar shoshib yurib ketdik. Biror kishi yoʻliqib qolmasin, deb uylar orsidan yashirinib ketdik”. Ahmad rivoyati.
Daʼvatni yetkazishda hizb va jamoatlar tomonidan moddiy kuch ishlatishning joizligiga dalil sifatida keltirilgan bu hadis ularning soʻzlariga dalil boʻlmaydi. Negaki, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning bu ishlari fardiy yaʼni yakka shaxsning ishi boʻlib, bu ish yakka shaxsning oʻzi qodir boʻladigan munkarni yoʻq qilish bobiga kiradi. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – bu ishni oʻzlari qildilar, sahobalardan esa, shunga oʻhshash ishlarni qilishni talab qilmadilar. Oʻzlari ham bundan oldin bunday ish qilmaganlar. Aliy ibn Abu Tolib(roziyallohu anhu) aytganlaridek, u zot bu ishni biror kishi koʻrib qolmasligini juda xohlaganlar.
Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam -;ning bu ishlari sahobalar ozorlarga qarshi kurashishni talab qilganlarida ularga “Xali biz bunga buyurilmadik” – deb aytgan soʻzlariga ziddir. Agar Rasululloh -;sallollohu alayhi va sallam – ning ishlari u zotning soʻzlariga qarama-qarshi chiqib qolsa, bu ikkisining orasi jamlanadi va bu dalillarning har biriga oʻz oʻrnida alohida amal qilinadi. Yoki soʻz tarjih qilinadi. Shuningdek, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam -;ning bu ishlari – zamonda -;ansoriylar ikkinchi aqaba bayʼtida Quraysh bilan urush qilishga izn soʻraganlarida “Xali biz bunga buyurilmadik” – deb aytgan soʻzlaridan oldin boʻlgan. Agar ikki dalil bir biriga zid kelib qolsa, ulardan qaysi biri birinchi boʻlgani aniqlanadi va avval boʻlgani keyingisi bilan nash qilinadi.
Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – tomonidan bajarilgan bu ish qaysidir maʼnoda Ibrohim – alayhi as-salom – ning butlarga nisbatan qilgan ishiga oʻhshaydi. Ibrohim – alayhi as-salom – ning bu qilgan ishidan koʻzlangan maqsad butparast qavmining aqiydasi botil ekanligini bayon qilish hamda ularning olihalari xatto oʻzlarini himoya qilishdan ham ojiz ekanligiga ularning eʼtiborlarini qaratish edi. Bu ish moddiy amaldan ham koʻra koʻproq fikriy amalga yaqin boʻlgan. Negaki, Ibrohim – alayhi as-salom – biror mushrikka ozor yetkazmagani holda ularni oʻzlari ibodat qilayotgan olihalari haqida, ularning hatto oʻzlarini ham himoya qilishdan ojiz ekanliklari va shunday ekan, qanday qilib ular oliha boʻla olishlari xaqida fikr yuritishga majburladi.
Shuning uchun Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – va sahobalar saqofatlantirish yoki tafoʼul davrida daʼvatni yetkazish uchun hech qanday moddiy ishlar bilan shugʻullanmadilar. Balki ular Qurʼon tilovat qilish, Islomni oʻrgatish, kofirlar bilan bahslashish va talabi nusrat bilangina cheklandilar. Negaki, davlat qurilishiga toʻgʻanoq boʻlayotgan moddiy toʻsiqlarni parchalab tashlash mabdaʼga iymon keltiradigan hamda daʼvat yukini koʻtaruvchilarni hukmga yetkazish uchun ularni himoya qiladigan, saltanat sohibi boʻlmish Ummatning ishidir. Ammo hizb sifatida daʼvat yukini koʻtaruvchilarning jamiyatda tarqalgan ayrim munkarlarga, buzuqliklarga qarshi boʻlsa ham, moddiy ishlar bilan shugʻullanganliklariga biror sharʼiy dalil kelmagan. Masalan, mayxonalarni, kinoteatrlarni vayron qilish yoki xavfsizlik xodimlarini qatl etish, masʼul shaxslarni yoki hokimlarni oʻgʻirlab ketish kabi ishlar bilan shugʻillnish hizb sifatidagi daʼvatchilarning ishi emasdir. Chunki, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ham, sahobai kiromlar ham bunday ishlarni qilishga qodir edilar. Biroq, qilmaganlar. Buzuq ishlar toʻlib toshardi, Makka mushriklari tomonidan juda koʻp ozorlar koʻrishardi. Biroq, shunday boʻlsada, ular birovga qoʻl koʻtarishmasdi. Bunga Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning va sahobalarning oʻsha paytlarda tutgan mavqiflari guvohlik beradi. Rivoyat qilinishicha, Rasuli Akram – sallollohu alayhi va sallam – bir kuni Kaʼbaning oldida turgan Quraysh kofirlari yonidan oʻtadilar. Shunda ularning barchasi Rasulullohga birdan tashlanadilar va “Falon, falon soʻzlarni aytgan senmisan”, deydilar. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – esa, “Ha menman, bu gaplarni men aytayapman”, deydilar. Shunda ulardan biri Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam -:ning yoqalaridan oladi. Buni koʻrgan Abu Bakr – raziyallohu anhu – yordamga keladilar va “Rabbim Allohdir”, degan kishini oʻldirasizlarmi?! – deb yigʻlaydilar.
Bunday misollardan yana biri; sahobalar Makkada boʻlgan paytlarida aytadilar:
يا رسول الله، أن أحدنا يمسي ولا يأمن علي نفسه أن يصبح، ويصبح ولا يأمن علي نفسه أن يمسي، فكرنا يا رسول الله فلنقابلهم بمثل ما يقابلونا به، فكان صلي الله عليه وسلم يقول لهم: لا، لم تثمر بعد.
“Ya Rosululloh, bizlar kechga kiramiz, biroq, ertalabgacha bormizmi yoʻqmizmi, bunisiga xotirimiz jam boʻlmaydi. Tong ottiramiz, biroq, kechgacha nima boʻlishimizni bilmaymiz. Shuning uchun, keling, ya Rosululloh, bizlar ham ularga xuddi bizga qilgan ishlarini qilaylik. Shunda Rosululloh sallollohu alayhi va sallam; “Yoʻq, biz xali bunga buyurilmadik”, deb javob berganlar”.
Darhaqiqat, Rosululloh – sallollohu alayhi va sallam – sahobalarning urushga qudratlari yeta turib ularni moddiy kuch ishlatishdan qaytardilar. Ozorga qarshi ozor bilan qarshilik qilishni manʼ qildilar. Holbuki, ularning ham kofirlarnikidek qurollari bor edi. Ularning orasidi ham Umar ibn Xattob, Xamza inb Abdul Muttolib, Saʼd ibn Abi Vaqqos va boshqa pahlavonlar bor edi.
Daʼvatni yetkazishda moddiy kuch ishlatmaslik borasidagi eng kuchli dalil Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ning ikkinchi aqaba bayʼatida: “urush bayʼati”da tutgan mavqiflaridir. Chunonchi, sahobalar Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ga aytadilar; bizlarni buyuring, biz ularning ustiga birdan tashlanamiz. Rasululloh – sallollohu alayhi va salllam – esa, “Yoʻq, biz xali bunga buyurilmadik”, deydilar. Shuning uchun daʼvatni yetkazishda hizb yoki jamoat tomonidan moddiy kuch ishlatilishi mumkin emas. Hizbiylar tomonidan ham, ularning buyrugʻi bilan boshqalar tomonidan ham. Magar, Islom davlatini qurish bundan mustasno. Negaki, davlatni tiklashga qarshilik qilayotgan moddiy toʻsiqlarni olib tashlash uchun hizb, Ummat ichidagi (moddiy)kuch egalaridan nusrat talab qilishi mumkin. Ammo davlat qurilgandan keyin Islomni jihod yoʻli bilan tarqatish uchun, bogʻiylarga, zolimlarga qarshi kurashish uchun, buzuqiliklarni yoʻqotish uchun hamda davlatni mudofaʼa qilish uchun moddiy kuch ishlatish esa maʼqul va matlub ish boʻlib, bu ishlarning oʻziga xos sharʼiy ahkomlari mavjuddir.

b) davlat sifatida davlatga xos boʻlgan amallarni bajarish. Ulardan biri daʼvat yukini koʻtaruvchi yoshlarga qaratilgan oʻzining yoʻllanma maʼruzasida jumladan shunday deydi: “Yoshlarga vasiyatim shuki, ular joy joylarga borib, savodsiz kishilar oʻqish, yozishni bilishlari uchun ularga taʼlim berishga oʻz hissalarini qoʻshsinlar. Kasallarning sogʻayishlariga, yiqilganlarni oyoqqa turishlariga yordam bersinlar. Ishsizlarga ish topib berishga, muhtojlarning ehtiyojlarini qondirishga hamda ortda qolib ketgan qoloq qatlamga taraqqiyot sari qadam tashlashlariga koʻmak bersinlar”. Ayni shu maqolada yana shular aytiladi; “Yoshlar savodsizlikni yoʻyish uchun va zakotni yigʻib uni oʻz oʻrniga taqsimlash uchun lajnalar tashkil etishlari lozim”. Koʻzida davom etib: “Albatta, Allohning shariati bilan hukm yuritadigan, musulmonlarni Islom asosida jamʼlaydigan hamda ularni Islom bayrogʻi ostida birlashtiradigan davlatni qurish Islom Ummatiga farzdir. Bizlar bunga xarakat qilishimiz lozim”. Bu soʻzdan keyin bunday deydi; “Ushbu orzuga yetish uchun insonlar qoʻllaridan kelganicha zakot fondlarini tashkil qilish, milliy ambulatoriya va bepul shifoxonalarni ochish va shunga oʻxshash xayriya ishlari bilan shugʻllanishlari lozim boʻlada”. U oʻz soʻzlariga Alloh taʼoloning mana bu oyatini dalil qiladi;
فَاتَّقُوا اللَّهَ مَا اسْتَطَعْتُمْ
“Qodir boʻlganingizgacha Allohdan taqvo qilinglar”.[64:16].
Albatta mana bu ishlarning aksari davlat xos ishlardan boʻlib, bu ishlar bilan shugʻillanish davlatning xalq oldidagi masʼuliyatidir. Negaki, davlatda umumiy hayotga aloqasi bor boʻlgan oʻrinlarda insonlarning ishlarini amalda boshqarish hizb yoki shaxsning emas, balki davlatning masʼuliyatidir. Hizb yoki jamoatning hokimning masʼuliyati boʻlgan ishlar bilan shugʻillanishi sharʼan oʻzining masʼuliyatidan boʻlmagan ishlar bilan shugʻillanishdir. Bu birinchidan. Ikkinchidan, bu ish, oʻzgartirilishi-yoʻqotilishi iroda qilinayotgan hokimga yordam berishdir. Negaki, bu holda hizb hokim bajarishi lozim boʻlgan boshqaruv ishini bajaradi. Bu esa, insonlarning miyasini aynitadi, hokimning saltanatini kuchaytiradi va uning hukmronlik umrini uzaytiradi.
Bizlar uchun har tomonlama namuna boʻlgan paygʻambarimiz – sallollohu alayhi va sallam – dan Makka davrida, daʼvatni yetkazish davrida hokimning salohiyati va uning masʼuliyati boʻlgan ishlar bilan shugʻillanganliklari aslo rivoyat qilinmagan. Yosirlar oilasi azoblanishayotgan maxalda ularning yonlaridan oʻtar ekanlar;
صبرًا آل ياسر فإن موعدكم الجنة
“Sabr qiling, ey Yosir oilasi! Albatta, sizlarning borar joyingz jannatdir” – dedilar. Ibn Ishoq ibn Hishom siyratida rivoyat qilgan. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – ularni ozod qilish uchun sahobalardan mol yigʻmaganlar va bunga buyurmaganlar ham. Balki, Abu Bakr Siddiq va boshqa sahobalar oʻzlari yakka shaxs sifatida fardiy ish qatorida, Allohdan savob umidida bunday ishlarni qilganlar. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – oddiy insonlarning ham, sahobalarning ham boshlariga kelgan zulmni bartaraf etish uchun yoki ularning faqirliklarini yoʻyish uchun hech qanday lajna tashkil etmaganlar. Balki, Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – sahobalardan ozorlarga sabr qilishni va to Allohning amri kelguniga qadar daʼvat yoʻlida sabot bilan turishni talab qilganlar.
Misol tariqasida oladigan boʻlsak, zakot yigʻish va uni taqsimlash hizbning emas, davlatning ishidir. Agar bundan masʼul boʻlmish davlat mavjud boʻlmasa, moli nisobiga yetgan musulmon zakotni oʻzining haqdoriga berishi vojib boʻladi. “ Vojib nima bilan tamomiga yetsa, u ham vojibdir” , degan qoida asosida buning uchun alohida lajna tashkil etish shart emas. Chunki, bu ish lajnasiz ham tamomiga yetadi. Balki, zakotga nisbat berilgan bu qoidaning ostiga Islom davlatini qurish vojibligi kiradi. Negaki, haqli boʻlgan zakotning hammasini olish va uni oʻz egalariga taqsimlash hamda zakotni inkor qilganlarni taʼqib etish, sharʼiy yoʻl bilan, faqat mana shu Islom davlati mavjud boʻlgandagina tamomiga yetadi. Shuningdek, muhtojlarga yordam berish, kasallarni sogʻaytirish, haromlarga qarshi moddiy kurashish va boshqalar hizb yoki jamoatning emas, balki yuqorida aytib oʻtganimizdek, davlatning masʼuliyatidir. Agar bu ishlarni hizbga mansubligidan qatʼi nazar yakka shaxs qilsa, uning bu ishi savobga haqli boʻlgan mandub ishdir. Bu kabi ishlarni bajarish uning gardanidan farz boʻlmish davlat qurish masʼuliyatini soqit qilmaydi. Agar bu ishda sustkashlik qilsa, u gunohkor boʻladi.
Islom hayotini qayta boshlash uchun harakat qilayotgan hizb yoki jamoat oʻzining emas, balki davlatning masʼuliyati boʻlgan ishlar bilan shugʻillanishi joiz emas. Chunki, Islom hayotini qayta boshlashning tariqati – har qanday amallari, uning zimmasiga farz qilingan gʻoyaga yetish uchun sharʼiy dalillarga suyanmogʻi lozimki, bu dalillar ushbu amallarni haqiqatan ham daʼvatni yetkazish amallaridan ekanligini bayon qilib bersin. Aks holda, daʼvat yukini koʻtaruvchilar gʻoyani amalga oshirmaydigan ishlar bilan shugʻillangan boʻlib chiqadilar. Bu esa, muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Chunki, daʼvat yukini koʻtaruvchilarning sharʼiy tariqat ahkomlarini mahkam ushlashlari nusrat shartlaridagi asosiy shartlardandir. Alloh taʼolo marhamat qiladi:
إِن تَنصُرُوا اللَّهَ يَنصُرْكُمْ
“Agar Allohga yordam bersangiz, U ham sizlarga yordam beradi”.[47:7].
Bizlarning Allohga yordam berishimiz bizlardan U amr etgan narsalarga oʻz oʻrnida itoat etishimizni taqazo etadi.
Demak, Islom hayotini qayta boshlash uchun xarakat qilayotgan hizbdan talab etilgan amallar davlatdan talab etilgan va yakka shaxsdan talab etilgan amallardan boshqadir.
Zakotga va ishlarni boshqarishga aloqador boʻlgan ahkomlar xali kelmagan edi. Bugun esa, bu ahkomlar daʼvatni yetkazish kabi bizlardan talab etiladi, deyilmaydi. Negaki, barcha narsani koʻrib turuvchi va barcha narsadan xabardor Zot odamlar ayni paytda muhtoj boʻlib turgan narsalar haqida vahiy va ahkomlar tushirar edi. Shuning uchun Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – va sahobalar insonlarning ishlarini boshqarish uchun lajnalar va xayriya jamgʻarmalarini tashil etishga buyurilmaganlar. Balki, ular, kofirlarning hayotlarini, barcha ishlarini rioya qilishdan masʼul boʻlgan “Islom davlat”i soyasidagi islomiy hayotga aylantirish maqsadida ularning kufr tushunchalarini islomiy tushunchalarga aylantirish uchun ularga daʼvatni yetkazga buyurilganlar.
v) yakka shaxs sifatida yakka shaxsga xos boʻlgan amallarni(jamiyatda islomiy hayotni qayta boshlash uchun) bajarish. Ayrim islomiy hizb va jamoatlar yakka shaxsga fard (yakka shaxs) sifatida xos boʻlgan amallar asosiga qurilgan. Ushbu hizb va jamoatlar Islom hayotini qayta boshlash uchun tashkil etilgan hizb va jamoat sifatida odob, axloq va xayriya ishlari kabi yakka shaxsga aloqador boʻlgan mana shu ishlarga daʼvat etadilar. Shuning uchun bunday hizb va jamoatlar insonlarni Islom buyurgan rostgoʻylik, poklik, amonat va shunga oʻhshash axloqlar bilan sifatlanishga chaqiradilar. Ular insonlarni boylari kambagʻallariga sadaqa berishlari, kuchlilari zaiflariga yordam berishlari orqali farovon hayotga erishishlari uchun oʻzaro bir-birlariga koʻmaklashishga chaqiradilar. Faqirlarga yordam berish, madrasalar, masjidlar va shifoxonalar qurishga mablagʻ toʻplashga daʼvat qiladilar. Negaki, bunday hizb va jamoatlar jamiyatni faqat shaxs (fard) lardan tashkil topadi, agar shaxs yaxshi boʻlsa, butun jamiyat yaxshi boʻladi, “men yaxshi boʻlsam, sen yaxshi boʻlsang, jamiyat yaxshi boʻladi” – deb oʻylaydilar. Aslida esa, jamiyat shaxslardan, fikrlardan, tuygʻulardan va tuzumlardan tashkil topadi. Shuning uchun agar faqat shaxsgina oʻzgartirilsa, jamiyat oʻzgarib qolmaydi. Jamiyatni oʻzgartirish uchun uning yuqorida sanalgan, shaxslar, fikrlar, tuygʻular va tuzmlardan iborat butun tarkibini oʻzgartirish lozim boʻladi.
Demak, shaxsga yoki davlatga aloqador boʻlgan oʻrinlarda ham ayrim islomiy jamoat va hizblar bajarayotgan amallar Islom hayotini qayta boshlash uchun xarakat qilyotgan hizb yoki jamoatdan emas, balki, sharʼan, shaxsdan yoki davlatdan talab qilingandir. Chunki, barcha narsani bilguvchi, hikmat egasi boʻlmish Alloh taʼolo har bir jihatga, har bir sohaga va har bir kishiga oʻzi bajaradigan muayyan masʼuliyatni bogʻlab qoʻygan. Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – marhamat qiladilar:
كلكم راع وكلكم مسؤول عن رعيته. الإمام راع ومسؤول عن رعيته، والرجل راع في أهله وهو مسؤول عن رعيته، والمرأة راعية في بيت زوجها ومسؤولة عن رعيتها، والخادم راع في مال سيده ومسؤول عن رعيته
“Sizlarning har biringiz boshliq va qoʻl ostidagidan masʼuldir. Imom boshliq va u oʻz raʼiyyatidan masʼuldir. Erkak kishi oʻz ahlida boshliq va u oilasidan masʼuldir. Ayol kishi oʻz erining uyida boshliq va u oʻsha uydagi ishlardan masʼuldir. Xizmatkor oʻz hojasining molida boshliqdir va u oʻsha molda masʼuldir”. Buxoriy va Muslim rivoyati. Ushbu hadisi sharifda Rasululloh – sallollohu alayhi v sallam – masʼuliyatni taqsimlab berdilar. Har bir boshliqqa oʻzining raiʼiyati qarshisidagi shariʼat belgilab bergan masʼuliyatini bajarishi vojibligini taʼkidladilar. Demak, insonlarning ishlarini boshqarish hokimning masʼuliyatidir. Oilani boshqarish oila boshligʻining masʼuliyatidir. Alloh taʼolo musulmonni oila boshligʻi sifatida farzandini yetti yoshidan namoz oʻqitishiga buyurdi. Agar u oʻn yoshga yetganda ham namoz oʻqimasa, bunday farzandni urishga amr etdi. Xuddi shu otaning bolasi agar oʻgʻirlik qilsa, otaga farzandining qoʻlini kesishga yoki agar farzandi murtadlik qilsa, uni qatl etishga buyurmadi. Chunki, hadlarni tatbiq etish yaʼni jazo choralarini qoʻllash yakka shaxsning emas, davlatning masʼuliyatidir. Rasululoh – sallollohu alayhi va sallam – davlat boshligʻi sifatida marhamat qilganlar:
مَن تَرَكَ مالًا فلِوَرَثَتِه، ومَن تَرَكَ كَلًّا فإلينا
“Kim molu-davlat qoldirib ketsa, bas u meʼrosxoʻrlariga beriladi. Kim bir yetimni qoldiib ketsa, bas u bizlarga qoldiriladi”. Muslim va Abu Dovud rivoyati. Boshqa bir rivoyatda:
…من ترك كلا فلبيت المال
“Kim bir yetim qoldirib ketsa, bas u baytul moldan taʼminlanadi”, – deyiladi. Demak, faqir va muhtojlarning ishlarini boshqarish davlatning masʼuliyatidir.
Bu kabilar xayriya ishlarini bajarishni tark etishga yoki vojib va mandub kabi shariʼat ahkomlarini tark etishga chaqiriq emas, aslo. Balki, bu har bir boshliq uchun oʻzining qoʻl ostidagilari qarshisidagi Alloh taʼolo talab etgan masʼuliyatni ado etishiga boʻlgan chaqiriqdir. Shuning uchun musulmon kishidan yakka shaxs sifatida namoz oʻqishi, roʻza tutishi, zakot berishi, sadaqa qilishi, muhtojlarga yordam berishi, yetimning boshini silashi talab etiladi. Bu amallar farz, vojib yoki mandub boʻladi. Shuningdek, undan Alloh va Rasulining quyidagi soʻzlariga itoat etib, Islom hayotini qayta boshlash uchun biror hizb va jamoat bilan birga xarakat qilishi ham talab etiladi:
وَلْتَكُن مِّنكُمْ أُمَّةٌ يَدْعُونَ إِلَى الْخَيْرِ وَيَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ ۚ وَأُولَٰئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ
“Sizlarning orangizdan yaxshilikka(Islomga) chaqiradigan, maʼrufga buyuradigan va munkardan qaytaradigan ummat-jamoat boʻlsin”. [3:104].
Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – aytadilar:
وَمَن مَاتَ وَليسَ في عُنُقِهِ بَيْعَةٌ، مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً
“Kim oʻlsa va uning gardanida xalifaga bayʼat etgan masʼuliyati boʻlmasa, u johiliyatda oʻlgan boʻladi”. Muslim rivoyati.
Darhaqiqat, Islom hizb yoki jamoat bilan birga yakka shaxs bajaradigan siyosiy va fikriy amallarni aniq belgilab bergan. Bu amallar ushbu hizb yoki jamoatdan tashqarida undan yakka shaxs sifatida talab etilgan amallardan boshqa amallardir. Demak, har bir jihatning oʻz masʼuliyati va har bir jihatning oʻz raiʼyyati mavjuddir. Shuning uchun hizb oʻz amallarida sharʼan oʻzining masʼuliyati boʻlgan amallar bilan cheklanishi lozim. Chunki, uning bundan boshqa amallar bilan shugʻillanishi oʻzining masʼuliyati doirasida boʻlmagan ishlar bilan shugʻilanishdir. Qolaversa, hizbdan bunday ishlar bilan shugʻillanishi talab etilmaydi. Bunday ishlar bilan shugʻillanish hizbning faoliyatiga halaqit beradi, uni sharʼiy yoʻlidan burib yuboradi hamda uni oʻzining asosiy ishidan mashgʻul qiladi.
Shuningdek, Alloh taʼolo hizbni Islom hayotini qayta boshlashga daʼvat qiladigan hizb sifatida na oʻz aʼzolari ustida va na Ummat shaxslari ustida, oʻgʻrini qoʻlini kesish yoki zinokorni toshboʻron qilish kabi sharʼiy hadlarni bajarishga buyurmadi. Chunki, yuqorida aytib oʻtganimizdek, hadlarni tatbiq etish, jazo choralarini qoʻllash hizbning emas, davlatning masʼuliyatidir.
Bu daʼvat yukini koʻtaruvchining faqat daʼvatni yetkazish ishlari bilangina cheklanishi lozimligini anglatmaydi. Balki, u daʼvat yukini koʻtarar ekan, shuning bilan birga yakka shaxs sifatida oʻzining barcha ishlarida va soʻzlarida Islom ahkomlariga amal qilishi vojib boʻladi. Masalan, u oʻz oilasini asraydi, farzandlarining tarbiyasi bilan shugʻillanadi, rizq manbaʼlaridan tiriklik qiladi, muhtojga yordam beradi, faqirga sadaqa qiladi hamda rostgoʻylik va iffat kabi sifatlar bilan sifatlanadi.
Demak, musulmonlar, Islom hayotini qayta boshlashga harakat qilayotgan hizb va jamoatlar Islom davlatini barpo etishda paygʻambarimiz Muhammad – sallollohu alayhi va sallam – ergashgan tariqatni juda sinchkovlik bilan oʻrganib chiqishlari hamda bunga aloqador sharʼiy nasslarni toʻgʻri tushinmoqlari lozim. Bir tomondan davlat bilan yakka shaxsning va ikkinchi tomondan davlat bilan hizbning amallari orasini aralashtirib yubormasliklari lozim. Toki ular ham Rasululloh – sallollohu alayhi va sallam – erishgan muvaffaqiyatga erishsinlar, toki ular ham u Zotga berilgan nusratga yetsinlar:
وَلَيَنصُرَنَّ اللَّهُ مَن يَنصُرُهُ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ
“Va albatta, Alloh oʻziga yordam berganlarga soʻzsiz nusrat beradi. Albatta, Alloh kuchli va azizdir”.[22:40].

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.