Yurt va fuqarolar ustidan ruvaybizalar hukm yuritib, Islom bilan hukm yuritilmayotgan bugungi zamonda amri maʼruf va nahi munkar jazoga loyiq jinoyat, deya koʻrilmoqda

255
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Yurt va fuqarolar ustidan ruvaybizalar hukm yuritib, Islom bilan hukm yuritilmayotgan bugungi zamonda amri maʼruf va nahi munkar jazoga loyiq jinoyat, deya koʻrilmoqda

Jazoir shaharlarining birida oʻrta maktabning islomiy shariat oʻqituvchisi oʻquvchi qizdan hayoli libos kiyishini talab qilgani uchun ishidan haydaldi. Uning bu talabi tarbiya etikasi va maktabning ichki nizomiga zid emish! Falastinning Bayt Lahm shahridagi bir ustoz-oʻqituvchi xavfsizlik xodimlari tomonidan “Falastin bayrogʻini tahqirlash va unga nisbatan oʻquvchilarda nafrat tuygʻusini paydo qilish” ayblovi bilan qamoqqa olindi. Ustozning yagona “ayb”i men bayroq sifatida Rosulullohning royalarini tan olaman, degani boʻlgan. Yana bir ustoz ham Rosululloh ﷺning royalari haqida oʻz oʻquvchilari bilan suhbatlashgani uchun zoʻravonlik bilan hibsga olingan!
Bu tuhmatlar qarshisida ustoz Muslima Shomiy Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi radiosiga yozgan izohida quyidagilarni taʼkidladi: “Yurt va fuqarolar ustidan ruvaybizalar hukm yuritib, Islom bilan hukm yuritilmayotgan bugungi zamonda amri maʼruf va nahi munkar jazoga loyiq jinoyat, deya koʻrilmoqda! Munkar yaxshi narsaga, maʼruf yomon narsaga aylandi! Aslida, shariat yaxshi degan narsa yaxshi, shariat yomon degan narsa yomon boʻlishi kerak edi. Ochiq-sochiqlikka, fahsh-buzuqlikka chaqiriq eng daromadli ishga, bunga chaqiruvchilar hurmatlanadigan mashhur shaxslarga aylanib qoldi. Kim hayoga va sharʼiy libosga chaqirsa, gʻazabga duchor boʻlib, jazoga loyiq boʻlib qoldi! Men Rosululloh ﷺning roya-bayrogʻidan boshqa bayroqlarni tan olmayman, degan kishi fitna chiqarishda ayblanib, sud mahkumiga aylandi. Asl fitna va tafriqaga sabab boʻluvchi Sayks-Piko bayroqlarini muqaddaslab, hurmatlagan kimsa vatansevar hurmatli shaxsga aylandi!”.
Muslima Shomiy oʻz soʻzini quyidagicha tamomladi:
“Shularning barchasiga qaramay, qalblar – bi iznillah – Alloh va Rosuliga imon bilan toʻla, Islom ahkomlariga oshonch ila oboddir. Zero, Islom ahkomlari Alloh izni ila yaqinda Islom davlatida albatta tatbiq etilajak. Aqllarni adashtirishga bor kuchlari bilan har qancha harakat qilishmasin, Islom ahkomlarini yomon otliq qilishga va uni zamondan ortda qolgan va zamonimizga yaroqsiz qilib koʻrsatishga harchand urinishmasin, Alloh izni ila bu qora bulutlar albatta tarqalmay, adashtirishlar yoʻq boʻlmay qolmaydi. Bu Allohga aslo qiyin emas”.
Roya gazetasining 2021 yil 8 dekabr chorshanba kungi 368-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.