Putin Rossiya uchun asosiy tahdidni aytdi

282
0

Putin Rossiya uchun asosiy tahdidni aytdi

Xabar: Ekstremizm Rossiya birdamligiga tahdid soladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat xavfsizlik organlari xodimlari kuni munosabati bilan yoʻllagan video tabrigida maʼlum qildi.
Putinning soʻzlariga koʻra, mamlakat fuqarolari organ xodimlaridan ekstremizmga qarshi kurashda ham muvaffaqiyatlarni kutishadi.
“Bu Rossiya hamjihatligi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri tahdid. Ksenofobiya, ijtimoiy va diniy adovatning har qanday koʻrinishining oldini qatʼiyan olish, odamlarning, ayniqsa, yoshlarning davlatga qarshi noqonuniy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻq qoʻymaslik zarur”, – dedi Putin.
“Zvezda” telekanali saytida eʼlon qilingan videoda Rossiya rahbari 2021 yilning 11 oyi davomida mamlakatda terrorchilikka oid 61 ta, jumladan, 32 ta teraktning oldi olinganini maʼlum qildi. 11 yil mobaynida esa shunga oʻxshash 200 dan ziyod fojianing oldi olingan.

Izoh: “Ekstermizm” va “terrorizm” atamasi Islomga qarshi kurashish uchun Amerika tomonidan oʻylab topilgan. Putin boshchiligidagi rus hukumati ham bundan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanib, mintaqadagi musulmonlarni oʻz taʼsir doriasida ushlab turish uchun sohta teraktlar uyushtirish orqali oʻz pozitsiyasini mustahkamlab kelmoqda.
Putinning 21 yillik boshqaruvi davrida Rossiya iqtisodi abgor holatga kelib qoldi. “Rosstat” dekabr oyi boshida eʼlon qilgan maʼlumotga koʻra, qashshoqlik darajasida yashayotgan rossiyaliklar soni 16 million kishini (aholining 11 foizini) tashkil etdi. Bu rasmiy eʼlon qilingan maʼlumot. Mustaqil ekspertlar hisobiga koʻra, rossiyaliklarning toʻrtdan biri qashshoqlik darajasida kun kechirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan video lavhalarda qariyalar va ishsizlar supermarketlarda yaroqlilik muddati oʻtgan mahsulotlarni axlat qutilariga tashlashini kutib turishgani va axlat idishlaridan saralab olib ketishayotganini koʻrish mumkin. Tabiiyki, bunday holat odamlar oʻrtasida norozilik paydo boʻla boshladi. Putin reytingi ham tushib bormoqda. Putin rejimi xalq eʼtiborini asosiy muammolardan burish uchun yana ekstremizm va terrorizm “tahdididan” foydalanishga harakat qilmoqda.
Aslida Vladimir Putinni Rossiya prezidentiligiga kelishidan oldin ham mamlakatni qator qoʻporuvchilik harakatlari larzaga solgan edi. Masalan:
1999 – yil sentyabr. Dogʻistonning Buynaksk shahrida kuchli portlash sodir boʻldi. Portlashda “islomiy terrorchi”lar aybdor, deb topildi:
1999 – yil sentyabr. Yuqoridagi portlashdan keyin, oradan bir necha kun oʻtib, Moskva shahrining Guryanov koʻchasida xuddi shunday kuchli portlash boʻldi. 106 kishi oʻldi, 690 kishi yaralandi:
1999 – yil sentyabr. Oradan ozgina vaqt oʻtib, 13- sentyabr erta tongda, Moskvaning Kashirskiy shosse koʻchasidagi 8 qavatlik aholi yashaydigan uy oldida 300 kg trotil ekvivalentdagi kuchli portlash sodir etildi. 124 kishi xalok boʻldi, 7 kishi yaralandi:
1999 – yil 16- sentyabr. Rostov viloyatining Volgodonsk shahari. Oktyabrsk shossesidagi 9 qavatlik uy binosi oldida bombaga toʻldirilgan GAZ-53 yuk mashinasi portladi. Voqea joyining oʻzida 18 kishi oʻldi, 1 kishi kasalxonada vafot etdi, 89 kishi turli darajada tan jarohati oldi…
Mazkur sohta qoʻporuvchilik harakatlarini asosiy tashkilotchisi boʻlgan Putin “jinoyatlarni” fosh etishda jonbozlik koʻrsatishi ortidan reytingi misli koʻrilmagan darajada koʻtarildi va 2000 – yilda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida gʻalaba qozondi.
Bugun esa Putinning oʻz reytingi qayta tiklash uchun yana eski usuldan foydalanmoqda. Uning bu kurashdagi asosiy “raqibi” odatdagidek va Oʻrta Osiyodan borgan mehnat muhojirlari musulmonlar boʻlmoqda. Huquq va imkoniyatlari cheklangan mehnat muhojirlari rus hukumati uchun oson oʻlja boʻlib qolmoqda. Rossiya OAV va televideniyasi rus maxsus xizmatlari “teraktlar” va unga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻrta osiyoliklarni qanday qilib “bartaraf” qilishayotgan lavhalar va xabarlar tez-tez paydo boʻlayotgani ham Putin 2024-yili boʻlib oʻtadigan prezidentlik sayloviga tayyorgarlik koʻrishni boshlab yuborganiga dalolat qiladi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.