Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri Junushaliev ochilib borayotgan jinoyatlar bo‘yicha jamoatchilikka bayonot berdi

393
0

Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri Junushaliev ochilib borayotgan jinoyatlar bo‘yicha jamoatchilikka bayonot berdi

Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri Kashgar Junushaliev “Madina” bozorida ishlagan uyg‘ur millatiga mansub Xitoy fuqorosi Hufur Abdurahmonni o‘g‘irlab, o‘ldirib ketgan jinoiy to‘da ortida sobiq militsiya xodimlari turgani haqida “akipress”ga bergan matbuot bayonotida ma’lum qildi. Bu ish bo‘yicha militsiya etti odamni qo‘lga olgan.

Qirg‘iziston hokimiyati mamlakat xavfsizlik tizimini jinoiy olam bilan hamkorlikda, to‘g‘rirog‘i ularga homiylik qilish bilan olib bormoqda. Bu sobiq sovetlar ittifoqi davridan qolgan tizim bo‘lib, davlat qamoqxonalarni jinoiy to‘dalar yordamida boshqarib kelar edi. Bu boshqaruv mamlakat tashqi jamoiy hayotida ham hokimiyat manfaati bilan paralel olib boriladigan bo‘ldi. Jinoiy to‘dalar mamlakat nazorati ostida bo‘lib, ular hokimiyat yoki etakchi to‘da manfaati tomon yo‘naltiriladigan bo‘ldi. Bunga misol, Rossiyadagi jinoiy to‘dalar organ xodimlari bilan bir qatorda davlat siyosatiga binoan ma’lum millatga mansub (Tojik, Qirg‘iz, O‘zbek…) muhojirlarga qarshi muayyan vaqtda yoki holatda yo‘naltirilmoqda. 

Qirg‘iziston xavfsizlik tizimi ham, Rossiya singari hokimiyatni etakchi guruh qo‘lida saqlab qolish asosiga qurilgan. Xavfsizlik xizmatlari barcha rasmiy va norasmiy tarmoqlarni (masalan diniy, milliy, ijtimoiy, jinoiy tarmoqlarni) ushbu maqsadlari tomon yo‘naltirish uchun ularni o‘z ta’siri ostida ushlab turishga harakat qilishadi. Qirg‘iz hokimiyati parlament saylovi oldidan barcha quvvatini yig‘ib, ularni boshqarishni markazlashtirib olmoqchi bo‘lyapti. Hozirda opponentlari va muxolif quvvatlar tarafdorlarini qo‘rquvga solish maqsadida jinoiy to‘dalarni yana jonlantira boshladi.

Qo‘lga olingan sobiq organ xodimlari, avval ham o‘z salohiyatidan foydalanib fuqorolar ustidan jinoiy zo‘rovonlik ishlari olib bortgan militsiya xodimlarining biridir. Organ xodimlari ish faoliyati mobaynida jinoiy to‘dalar bilan birga yoki ularga homiylik qilib, ular bilan yaqinlashib, birlashib ketishadi. Natijada ishdan ketganlarida ham, avvalda rasmiy xodim sifatida amalga oshirgan jinoyatlarini, endi jinoyatchi bandit sifatida davom ettirishyapti.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.