Daʼvat ahlidan Yusuf hoji Muhammad Avziy (Abu Ayman) vafot etdi

108
0

Matbuot bayonoti
Daʼvat ahlidan Yusuf hoji Muhammad Avziy (Abu Ayman) vafot etdi

﴿مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُمْ مَنْ قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُمْ مَنْ يَنتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلاً﴾
“Moʻminlar orasida oʻzlari Allohga bergan ahdu paymonlariga sodiq kishilar bor. Bas, ulardan (ayrim) kishilar oʻz ahdiga vafo qildi, (yaʼni shahid boʻldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid boʻlishga) intizordir. Ular (munofiqlarga oʻxshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) oʻzgartirganlari yoʻq” [Ahzob 23]
Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot boʻlimi daʼvatni yelkasida koʻtarib chiquvchilardan biri Yusuf hoji Muhammad Avziy (Abu Ayman)ning 80 yoshida Robbisining huzuriga rehlat qilganini maʼlum qiladi.
Hoji Abu Ayman butun umrini Allohga itoat qilib, Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlashga sarfladi. U daʼvatni yetkazishga oʻspirin chogʻidanoq haris edi. Haqni aytishda peshqadam va jurʼatli boʻlib, Alloh yoʻlida malomatchilar malomatidan qoʻrqmasdi. Rejimlar zulmiga koʻp roʻpara keldi. Darhaqiqat, Iordaniya rejimi uni besh marta uzoq yillik qamoqqa tashladi. Ammo u irodasi bukilmay, ahdu paymonida sodiq holda daʼvatda sobit qoldi. Xalifalikka guvoh boʻlish ilinjida gʻayrat bilan faoliyat qilib, to Alloh belgilab qoʻygan ajali kelgunga qadar ahdida sobit turdi.
Biz Alloh Taologa duo qilib, hoji Abu Aymanni keng rahmatiga burkashini, bepoyon jannatiga doxil aylab, uni yaxshilik ila mukofotlashini soʻraymiz.
Berguvchi ham, olguvchi ham Allohdir. Robbimiz Subhanahu va Taolo rozi boʻluvchi ushbu kalomdan boshqasini aytmaymiz:
﴿إِنَّا للهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ﴾
“Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz” [Baqara 156]

Hizb ut-Tahrirning Iordaniya viloyatidagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.