(“Islomiy hayotni kayta boshlashning sharʼiy tariqati” kitobidan).
Oʻzgartirish haqidagi ijtihodlar
Musulmonlar oʻzlari yashayotgan achinarli voqeʼlikni his qilishgach, ularning orasidagi ongli kishilarda Islom asosida uygʻonish hislari junbushga kelib, ular ushbu voqeʼlikni oʻzgartirishga intildilar. Natijada mana shu yomon voqeʼni oʻzgartirish uchun bir necha hizb va jamoatlar tashkil topdi. Biroq, bu hizb va jamoatlar juda koʻp ahkomlarida bizlar bayon qilgan sharʼiy tariqat ahkomlariga qarama-qarshi boʻlgan turli hil yoʻllardan ketdilar. Bunday ixtilof va tafovut ularning unchalik teran va daqiq boʻlmagan ijtihodlaridan kelib chiqqan edi. Masalan ularning ayrimlariga koʻra; “Xalifalik agʻdarilgandan keyingi musulmonlarning bugungi hayoti gʻayri islomiy hayotdir. Bugungi hokimlar Islom bilan hukm yuritmaydilar. Shuning uchun ularga qarshi qilich yalangʻochlab, ular bilan kurashish lozim. Agar ular oʻz ishlarida oyoq tirab olishsalar, ularni qatl etish, keyin esa, Islomni tatbiq qiladigan hokimlarni olib kelish lozim”. Ular oʻzlarining bu fikrlariga quyidagi sahih hadisni dalil sifatida keltirishadi: Ubboda ibn Somitdan rivoyat qilinadi. U kishi aytadi;
دَعَانَا النَّبِيُّ -صَلَّى الله عَلَيْهِ وَسَلَّمَ- فَبَايَعْنَاهُ، فَقَالَ فِيمَا أَخَذَ عَلَيْنَا: أَنْ بَايَعَنَا عَلَى السَّمْعِ وَالطَّاعَةِ، فِي مَنْشَطِنَا وَمَكْرَهِنَا، وَعُسْرِنَا وَيُسْرِنَا، وَأَثَرَةٍ عَلَيْنَا، وَأَنْ لَا نُنَازِعَ الْأَمْرَ أَهْلَهُ، “إِلَّا أَنْ تَرَوْا كُفْرًا بَوَاحًا عِنْدَكُمْ مِنْ الله فِيهِ بُرْهَانٌ
“Bizlarni Nabiy sollallohu alayhi vasallam daʼvat qildilar. Natijada biz u zotga bayʼat berdik. Bayʼatda bizlarning zimmamizga yuklatilgan vazifalar orasida mana shular bor edi: Bizlar u zotga xursadchilik oʻrnida ham, xafachilik oʻrnida ham, qiyinchilikda ham, yengilchilikda ham quloq solish va itoat etishga, u zotni oʻzimizdan yuqori qoʻyib iysor qilishga va Alloh tomonidan hujjatimiz boʻlgan ochiq kufrni sodir qilganini koʻrmay turib, ishni oʻz egalaridan talashmaslikka bayʼat berdik”. Buxoriy va Muslim rivoyati. Ummu Salama – roziyallohu anhu – dan rivoyat qilinadi. Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – dedilar:
ستكون أمراء فتعرفون وتنكرون فمن عرف برئ ومن أنكر سلم ولكن من رضي وتابع قالوا أفلا نقاتلهم قال لا ما صلوا “
Kelajakda amirlar boʻladilar. Sizlar ularni maʼrufga buyurasizlar va munkardan qaytarasizlar. Bas, kim maʼrufga buyursa, zimmasidagi burchini ado etgan boʻladi. Kim munkardan qaytarsa, salomat boʻladi. Lekin kim ularga rozi boʻlsa va ularga boʻyin sunsa. Shunda sahobalar: ularga qarshi urush qilmaymizmi, yo Rasulalloh deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa; Yoʻq, modomiki namozni qoim qilar ekanlar, urush qilmaysizlar, dedilar”. Muslim va Abu Dovud rivoyati. Yaʼni, modomiki Islom ahkomlarini, jumladan namozni qoim qilar ekanlar, ularga qarshi urush qilmaysizlar. Bu juzni aytib, kullni iroda qilish bobiga kiradi. Masalan, oyati karimada فتحرير رقبة(boʻynini ozod qilish) deb boʻyin zikr qilinadi. Boʻyin bandaning bir juzi. Bundan butunlay banda iroda qilinadi. Ular mana shu ikki hadisni va bundan boshqa hadislarni bugungi kundagi kufr ahkomlarini tatbiq etayotgan musulmon hokimlariga qarshi kurashish va ularga qarshi urush eʼlon qilish vojibligiga hamda Allohdan kufrligiga hujjat boʻlgan kufri bavvox-ochiq kufrni zohir qilishda qotib turib olishsa, ularni qatl etish vojibligiga dalil sifatida keltiradilar.
ومن لم يحكم بما أنزل الله فأولئك هم الكافرون
“Kim Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritmasa, bas ular kofirdirlar”, [5:44]
oyati karimasiga koʻra ular kofirdirlar, ularni qatl etish vojib, deydilar.
Islom hayotini qayta boshlash uchun mana shu tariqatga yetib kelgan kishilar bizlar bugun yashayotgan voqeʼ bilan hadislar nassi dalolat qilgan voqeʼ orasidagi farqni anglay olmay qolganlar. Negaki, bizlar bugun koʻrib turgan kufri bavvoh-ochiq kufr bizning zamonimizda boshlangani yoʻq. Biz esimizni taniganimizdan buyon oʻzimizni mana shu kufr botqogʻida topdik. Bizlar dorul kufrda dunyoga keldik. Va hali hanuz mana shu kufr diyorida gʻayri islomiy hayotda yashab kelmoqdamiz. Bu dor va bu hayot bizning koʻz oʻngimizda shu ahvolga kelmadi. Kofirlar Mustafo Kamol malayligida xalifalik davlatini agʻdarishgan mahalda hayotda boʻlgan va oʻsha mahalda mukallaf boʻlgan kishilar bor edi. Xalifalik agʻdarilgandan keyin musulmonlarga kufr nizomlari bilan hukm yuritadigan hokimlar kelgandi. Ana oʻsha paytda mana bu xunuk jinoyatni koʻrgan musulmonlarga shu jinoyatchilarga qarshi qurol koʻtarishlari vojib edi. Islom tatbiq etish yoʻlida qattiq qarshi turib olganlarni ana oʻsha paytda qirib yoʻqotish kerak edi.
Demak, yuqoridagilar dalil sifatida keltirishgan hadislar shunga dalolat qiladiki, agar hokimlar kufri bavvohni zohir qilishsa, ularga qarshi qurol koʻtarishga xitob etilgan kishilar dorul islomni dorul kufrga aylantirilishiga shohid boʻlgan musulmonlardir. Chunki saltanat va xavfsizlik musulmonlarniki boʻlgan. Mana shu musulmonlar xalifaga oʻzlariga Islom bilan hukm yuritishi asosida bayʼat berishgan. Agar birortasi kelib, ushbu xalifalikni undan talashadigan boʻlsa, musulmonlarga Alloh nozil qilgan narsadan boshqasi bilan hukm yuritish uchun xalifadan saltanatni tortib olmoqchi boʻlsa – xalifalikni qaytarib berishlari yoki Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritishi uchun undan boshqa kishiga bayʼat berishlari uchun – to u “hukm talashuvchi” Islomga qaytgunicha musulmonlarning unga qarshi urush qilishlari, aksincha, qaytmasa uni qatl etishlari vojib boʻladi. Chunki, avvalgi hadisning nassi mana shunday;
إلا أن تروا كفرا بواحا
“Magar kufri bavvoh(ochiq kufr)ni koʻrsanglar”. Bu degani shuni anglatadiki, sizlar hokimning kufri bavvohni zohir qilganini koʻrmagansizlar. Sizlar buni bugunga kelib koʻryapsizlar. Shuning uchun bu Islomni kufrga almashtirilishiga shohid boʻlgan kishiga qaratilgan xitobdir. Bu xitob bunday almashtirishga, oʻzgartirishga guvoh boʻlmagan kishilarga toʻgʻri kelmaydi.
Bu birinchi jihatdan. Ikkinchi jihatdan bizlar bugun yashayotgan voqeʼ, oʻzgartirishga muhtoj boʻlayotgan voqeʼ dorul islom emas, bugungi hayotimiz ham islomiy emas. Negaki, dorul islomda birgalikda topilishi lozim boʻlgan ikkita shart bugungi musulmonlar yashayotgan oʻlkalarning birortasida topilmaydi. Bu ikki shartning birinchisi hayotning barcha sohalarida Islom ahkomlarining tatbiq etilishi va ikkinchisi, dorning xavfsizligi musulmonlarning qoʻl ostida boʻlishi.
Shuningdek ikkinchi hadisda keladi;
قالوا أفلا نقاتلهم؟ قال:لا ما صلوا
“… Shunda ularga qarshi urush qilmaymizmi, deyishdi. Shu payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar; “Yoʻq, modomiki, namozni qoim qilar ekanlar, ularga qarshi urush qilmaysizlar”.
Bu soʻz; “Modomiki hokimlar Allohning shariatini tatbiq etar ekanlar ularga qarshi urush qilmanglar. Agar Allohning hukmini tark etsalar, shunda ularga qarshi urush qilinglar “, degan maʼnoni anglatadi. Bu ham Islomni tatbiq etgan hokimlarni koʻrgan kishilarga qaratilgan xitobdir.
Bugungi, melodiy 21 asr boshlarida musulmonlar yashayotgan va oʻzgartirishga muhtoj boʻlayotgan voqeʼ esa, yuqorida aytib oʻtganimizdek, hukm manoti-manotul hukm jihatidan paygʻambarlikdan oldin Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – Makkada koʻrgan va Musʼab ibn Umayr Madinada topgan voqeʼga oʻxshaydi. Oʻzgartirish uchun xarakat qilayotgan daʼvatchilar oʻzgartirish jarayonida sharʼiy tariqatni ushlashlari uchun shu voqeʼga mos keladigan dalillarni va sharʼiy ahkomlarni topishlari uchun ushbu voqeʼning xaqiqatini idrok etishlari lozim edi. Bu xaqiqat jamiyatda Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – Makkada, Musʼab ibn Umayr Madinada amal qilganlaridek yuqorida qayd etilgan bosqich va pogʻonalar boʻyicha xarakat qilishdan iboratdir.
Voqeʼni oʻzgartirishga xarakat qilgan hizb va jamoatlarning ayrimlari; “Jamiyat islomiy jamiyatdir. Unda ayrim kamchilik va nuqsonlar bor. Bu jamiyat tubdan oʻzgartirishga emas, balki islohga muhtoj, deb oʻyladilar. Shuning uchun ular islohot ishlari bilan mashulgʻul boʻlishdi. Bu ishlarning ayrimlari munkar-buzuq ishlarni yoʻqotish, faqir va muhtojlarga yordam berish kabi moddiy boʻlsa, ayrimlari shaxslarning axloqini toʻgʻrilash kabi maʼnaviy edi. Natijada ularning oʻzlari ham ishondilar va quyidagi ishlarni bajarish bilan toʻgʻri yoʻlda ekanliklariga boshqalarni ham ishontirlilar:
1) daʼvat bosqichlarining barchasida moddiy ishlar bilan shugʻillanish. Shuning uchun bunday jamoat aʼzolari koʻcha devorlaridan yalangʻoch ayollarning suratlarini yirtib tashlash, mayxonalarni vayron qilishdan tortib ayrim xavfsizlik xizmati xodimlarini va masʼul shaxslarni qatl etishgacha boʻlgan moddiy ishlar bilan shugʻillanishdi. Ular oʻzlarining bu yoʻllariga Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – ning soʻzlarini oʻzida jo etgan Ubboda ibn Somitning mana bu hadisini dalil sifatida keltiradilar:
وان لا ننازع الامر أهله إلا أن تروا كفرا بواحا عندكم فيه من الله برهان
“… Va oldilarimizda Allohdan hujjat boʻlgan ochiq kufrni koʻrmasdan turib, ishni oʻz egalaridan talashmaslikka (bayʼat berdik)”. (Davomi bor).