Chuyda militsiya imomlar bilan yigʻilish oʻtkazdi

159
0

Chuyda militsiya imomlar bilan yigʻilish oʻtkazdi

Xabar: Chuy viloyati Jayil tumani ichki ishlar boʻlimi tumandagi masjid imomlari bilan diniy ekstremizmning oldini olish maqsadida yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda Chuy viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Yigʻilishda imomlarga fuqarolar, xususan, yoshlar orasida radikal gʻoyalar tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari tushintirildi.
IIB bunday tashkilotlarning paydo boʻlishi va fuqarolarni ularga ergashib ketishini ilmsizlik, diniy maʼlumotlarning yetishmasligi va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan izohladi.

Izoh: AQSh boshchiligidagi kufr olamiy boshqaruv sistemasi Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurash uslubni oʻzgartirib, musulmonlarni ikki guruh – radikallar va moʻʼtadilchilarga ajratish orqali musulmonlar oʻrtasini boʻlish va birlashishlariga yoʻl qoʻymaslik uchun ishlab chiqqan “moʻʼtadil islom” loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Bundan “dinni hayotdan ajratish kerak” degan kufr aqidasiga asoslangan va islomiy yurtlarda amalda hukm surib kelayotgan kapitalistik mafkuraga islomiy tus berib borish maqsad qilingan. Kufr ushbu kurashida “sopini oʻzidan chiqarib” imom va diniy ulamolardan foydalanishni boshladi.
Qirgʻiz hukumati ham kufrning Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurash karvoniga qoʻshildi. Hukumat bu maqsadda imomlarni atestatsiyadan oʻtkazish va faqat Hanafiy mazhabiga ergashuvchilarni imomlikka tayinladi, atestatsiyadan “oʻtgan” imomlarga stependiyalar tayinlash orqali ularni oʻziga moddiy jihatdan qaram qilib bormoqda. Kufr olamining moʻʼtadillikka asoslangan bu yangi kurash strategiyasi, Islomga qarshi kurashda kufr bilan murosaga moyil musulmonlarni saralab olish va kurashda ularning quvvatiga tayanishdan iborat. Ularni moliyaviy quvvatlash orqali oʻz tomonlariga ogʻdirib olish bilan bir qatorda, ularni organ va hukumat xodimlari bilan yaqin hamkorlikka tayyorlash va tarbiyalash maqsadida oʻqitish ishlarini ham tinmay olib bormoqda. Mazkur oʻqishlar orqali imom va ilmli musulmonlarni oʻz taʼsiri ostiga olib, ularni kuch organ strukturalari bilan birlashtirishga harakat olib boryapti. Bu ikki toifadan tuzilgan daʼvatchilarning vazifalari, jamiyatdagi islomiy muhitni mumkin qadar oʻz taʼsiri ostiga olish orqali, musulmonlarni kufrga moyillashtirishdan iboratdir. Ular musulmonlarni, jamiyatda ochiq koʻrinib borayotgan kufr qadriyatlariga, shuningdek toptalib borayotgan islomiy qadriyatlarga sukut qiluvchi xudbin va befarq shaxsiyalarga aylantirishmoqchi. Ulamolarimizni esa, bu jirkanchli holatlarga sharʼiy yoʻl topib beruvchi Islomiy yetakchilarga aylantirish orqali, jamiyatda iymoniy muhitni buzib yuborishmoqchi.
Biz daʼvatchi musulmonlar kufr loyihasi asosida kirib kelayotgan fikrlarga islomiy tus berib, jamiyatga olib kirishga boʻlgan urinishlarni tubdan xato va kufrning nayrangi ekanini ochiq daʼvat bilan jamiyatga yetkazishimiz vojib. Yaʼni fikriy kurashni kuchaytirib borishimiz zarur.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.