AQSh: Xitoyni diplomatik boykot qilamiz!

318
0

AQSh: Xitoyni diplomatik boykot qilamiz!

Xitoy Shinjon-Uygʻur avtonom mintaqasi va boshqa mintaqalarda inson huquqlari buzilgani uchun AQSh Pekin qishki Olimpiya oʻyinlariga diplomatik boykot eʼlon qilishini maʼlum qildi.
“Xitoyning Shinjonda sodir etgan genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar hamda inson huquqlari buzilishi tufayli Bayden maʼmuriyati 2022-yilgi Pekin qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga diplomatik yoki rasmiy delegatsiyalarni joʻnatmaydi”, dedi Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki kundalik matbuot anjumanida.
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham Xitoyda inson huquqlarining poymol etilishi haqida oʻz xavotirlarini bildirib, Pekindagi Qishki Olimpiada oʻyinlarini davlat vazirlari va rasmiylari diplomatik yoʻl bilan boykot qilishlarini aytdi.
“Pekindagi Qishki Olimpiada oʻyinlarining diplomatik boykoti samarali tatbiq etiladi, hech bir vazir yoki rasmiyning qatnashishi kutilmaydi. ” dedi Jonson.
Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison ham AQShning ushbu baykot tashabbusiga qoʻshilganini bildirdi.

Izoh: AQSh bugungi kunda oʻzining asosiy raqiblaridan deb hisoblagan Xitoyning boshini turli yoʻllar bilan muammoga tiqish ilinjida. Sharqiy Turkistondagi uygʻurlar masalasi ham shular jumlasidan. Buning uchun Xitoyning qiynoq lageridan tirik chiqqan baʼzi insonlarni ommaviy joylarda boshidan kechirganlari haqida gapirtirib, Xitoyning yovuzligini dunyoga fosh qildi. Shuni unutmaslik kerakki, Amerika bu ishlarni Musulmonlarga achingani yoki Sharqiy Turkistondagi musulmon uygʻurlarning himoyasi uchun qilayotgani yoʻq, balki Xitoyga zarba berish uchun qilmoqda.
Darhaqiqat Xitoy mushriklari Sharqiy Turkistondagi musulmonlarning boshiga tasavvur qilib boʻlmaydigan darajada ogʻir fojialarni soldi. Ularni qirgʻin qildi, erkagu-ayol, yoshu-qari demay oʻlim lagerlarida inson vujudi bardosh bera olmaydigan ogʻir qiynoqlarga soldi, qizlarini majburan xotin qilib oldi. Ammo AQSh va Britaniya ham Islom olamining boshiga ne-ne kunlar solganini Musulmonlar hali unutgani yoʻq! “Sizlarga demokratiya olib kelyapmiz” degan bahona bilan Iroq va Afgʻonistonga bostirib kirib, yuz minglagan Musulmonlarning yostigʻini quritdi. Abu Gʻurayb, Bagram, Guantanamo qamoqxonalarida amalga oshirgan vahshiyliklari dunyoga fosh boʻldi. Britaniya esa Xalifalik davlatini qulatish bilan Musulmonlarga nisbatan eng ogʻin jinoyatni sodir etdi. Oʻsha kundan buyon bugungi kungacha Musulmonlarning boshiga kelgan falokatlar mazkur jinoyatning samarasidir.
Bir soʻz bilan aytganda Xitoy hukumati Musulmonlar uchun qanchalik dushman boʻlsa, AQShning ham, Britaniyaning ham dushmanligi undan kam emas. InshaAlloh bularning barchasi Allohning izni bilan yaqinda tiklanajak Xalifalik davlatining oldida qilgan jinoyatlari uchun birma-bir javob beradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.