Xalos boʻlishimiz va kuch-qudratga erishishimiz uchun albatta Robbimiz shariatini tatbiq qilib, dinimiz hokimiyatini barpo etmogʻimiz darkor

229
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Xalos boʻlishimiz va kuch-qudratga erishishimiz uchun albatta Robbimiz shariatini tatbiq qilib, dinimiz hokimiyatini barpo etmogʻimiz darkor

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot boʻlimi 2021 yil 16 noyabr seshanba kun nashr qilgan bayonotda quyidagilarni taʼkidladi:
“Kofir Gʻarb hamda uning malaylarining Shom qoʻzgʻoloniga qoʻygan tuzoqlaridan eng yomoni siyosiy va harbiy rahbarlarni ichkarida xorij rejalarini bajaruvchi qurollarga aylantirib olgani boʻldi. Shu siyosiy va harbiy rahbarlar sababli qoʻzgʻolonning oʻzgarmas-barqaror maqsadlari zoye ketdi. Biz odamlar ogʻzidan rejimni agʻdarish va Islom hokimiyatini oʻrnatish haqida gap-soʻz eshitmaydigan boʻlib qoldik. Buning oʻrniga, til biriktiruvchi davlatlarning konstitutsiyaviy komissiya haqida gapira boshlashdi. Komissiya aʼzolarini Amerikaning oʻzi qonxoʻr rejim mulozimlaridan va ilmoniy muxolafatdan qorishtirib tayyorladi. Bu komissiya ustimizdan qonxoʻr rejim tatbiq qilgan va inson oʻylab topgan eski konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish uchun tayyorlandi”.
Matbuot bayonotida “biz qoʻzgʻolonga konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish uchun chiqmaganmiz, aksincha, qoʻzgʻolonimizni kufr va togʻut rejimini agʻdarib, Robbimiz shariati boshqaruvini barpo etish uchun boshlaganmiz”, deyiladi. Soʻng Shom ahliga bunday xitob qilindi:
“Biz qoʻlingizga Islom aqidasidan balqib chiqqan islomiy dastur loyihasini tutqazyapmiz va rostgoʻy insonlarni Robbilari va Ummatlari oldida javob berajak oʻz masʼuliyatlariga amal qilishga chaqirmoqdamiz. Bas, Robbimiz shariati bilan hukm yuritish yoʻlida biz bilan birga harakat qiling va inson oʻylab topgan konstitutsiyani butkul rad eting. Bugun yonib, ertaga oʻchadigan yaltiroq shiorlar egalari kimlaru, vaziyat qanchalar shafqatsiz boʻlsa-da, aslo qaytmas haq mabda sohiblari kimlar, buni ajratib oling. Ushbu aniq va mufassal loyiha asosida biz yoʻldan ozgan kimsalardan ongli ravishda hisob soʻrashga qodir boʻlamiz. Aks holda, bu yoʻl xuddi oʻn yillik qoʻzgʻolonimiz davomida guruh yetakchilari yurgan yoʻl kabi zalolatga olib boradi. Shunga binoan, bugun biz qoʻlingizga ushbu Xalifalik davlati loyihasini tutyapmiz. Unda mustaqillik shariatniki, hokimiyat Ummatniki, adolat davlatniki, gʻamxoʻr boshqaruv Islom ahkomlariniki boʻlajak. Aslo Inson oʻylab topgan qonunlar yoki zoʻravon mustabid hukmdorlar zamonidagi zulmu tugʻyonniki boʻlmaydi”.
Bayonot soʻnggida bunday deyildi:
“Unutmaylik, xalos boʻlishimiz va kuch-qudratga erishishimiz faqat va faqat Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida Robbimiz shariatini tatbiq qilish bilan amalga oshadi. Hech shubha yoʻqki, Xalifalik davlati albatta barpo boʻladi. Chunki unga Haq Subhanahu vaʼda bergan, Paygʻambarimiz ﷺ bashorat qilganlar. Bas, Robbingiz chaqirigʻini qabul qilib, biz bilan birgalikda Xalifalik davlati uchun harakat qiling.

Roya gazetasining 2021 yil 24 noyabr chorshanba kungi 366-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.