Falastin maʼmuriyati maktab oʻquvchilariga Rosululloh ﷺning bayroqlariga mansublikni oʻrgatayotgan muhtaram oʻqituvchini qamoqqa oldi

209
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Falastin maʼmuriyati maktab oʻquvchilariga Rosululloh ﷺning bayroqlariga mansublikni oʻrgatayotgan muhtaram oʻqituvchini qamoqqa oldi

Falastin maʼmuriyatiga qarashli “PSS” (preventiv xavfsizlik xizmati) oʻtgan chorshanba kuni tush paytida muhtaram oʻqituvchi Husayn Abu Hajni Baytullahm-Gʻarbiy Huson shaharchasidagi “Siddiq” nomli oʻgʻil bolalar oʻrta maktabida dars oʻtayotgan paytda, oʻquvchilari koʻz oʻngida qamoqqa oldi. Uning “ayb”i millatchilik va mustamlakachilik bayroqlari oʻrniga, Rosululloh ﷺning bayroqlari ostida maʼrufga buyurib, munkardan qaytarish va musulmonlar birligiga daʼvat qilganligi boʻldi. Bu maʼmuriyat nazdida jinoyat sanaladi. Chunki bu uning milliy, deya atalmish sarmoyadorlik loyihasini xavf ostiga qoʻyadi.
Payshanba kuni ustoz Husayn Abu Haj sudga topshirildi. Sudьya ustozni oʻquvchilarga Islomga amal qilishni va tavhid bayrogʻini sevib, boʻlinish, millatchilik va mustamlakachilik bayroqlaridan esa nafratlanishni oʻrgatgani uchun mukofotlash oʻrniga, besh kunlik hibsda saqlashga hukm qildi.
Taʼkidlash lozimki, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini rejimning bunday yuzsiz qilmishini qattiq soʻzlar bilan qoraladi hamda uni muhtaram murabbiyni farzandlarimiz va jigargoʻshalarimiz oldidagi oʻz burchini ado etgani uchun, ularga birlik mohiyati, Ummat va Islomga mansublik haqida saboq bergani uchun uni qamoqqa olishga jurʼat qilganlikda aybladi. Falastin maʼmuriyatidan ustozni darhol ozod etishni talab qildi.

Roya gazetasining 2021 yil 24 noyabr chorshanba kungi 366-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.