Hizb ut-Tahrir – Falastin namoyish oʻtkazib, unda Xalil shahriga zarba berish uchun nopok reja tuzilayotganidan ogohlantirdi

193
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Falastin namoyish oʻtkazib, unda Xalil shahriga zarba berish uchun nopok reja tuzilayotganidan ogohlantirdi

2021 yil 20 noyabr shanba kuni qiyin ob-havo sharoitiga qaramay, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini ommaviy namoyish oʻtkazdi. Unda oilaviy mojarolar, millatchilik va vatanparvarlik tuygʻulari hamda qabilalardan foydalangan holda Xalil shahriga zarba berish uchun nopok reja tuzilayotganidan ogohlantirdi. Shuningdek, tajovuzkorlar va oʻq otganlarning shaxsini bila turib, ularni taʼqib qilmagani va qamoqqa olmagani uchun rejimga ayni nopok rejaga til biriktirgan, degan eʼtiborda qarayotganini bildirdi.
Namoyishda minglab odamlar qatnashdi. Hizb vakillari, boshqa qabilalar vakillari, Xalil shahri hokimi va hokimlik vakillari hamda savdo palatasi vakillari nutq soʻzladi.
Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot boʻlimi aʼzosi doktor Ibrohim Tamimiy Hizb nomidan nutq soʻzlab, qotillik, oʻt qoʻyish, vayron qilish va tahdid etish harom amallar ekanini, yurtdagi oilalar unga qarshi chiqib, undan xalos boʻlmoqlari hamda buni sodir etganlarning himoya qilinishiga norozilik bildirishlari kerakligini taʼkidladi.
Doktor Tamimiy jumladan bunday dedi:
“Bu qilmishlar qabilalar va ularning mojarolaridan ham yomonroq ishlarni oziqlantiradi. Biz bu soʻzlarni tushunib-bilib aytyapmiz. Shuning uchun oilalarimizni bu jinoyatchilardan qattiq ogohlikka chaqirmoqdamiz. Chunki ular oilalarning har bir farzandlari orasidagi taassub tuygʻusidan foydalanib, ularni daxlsiz narsalarga daxl qilish va harom qon toʻkishga undashmoqda. Bu bilan shahardagi ofat-balolarni keltirib chiqarishda mana shu farzandlarimizni ishga solishyapti. Vaholanki, bu yoshlar bunday qilmishlarning qanchalar xavfli, yovuz, nopok va xatarli ekanini tasavvur ham qilisholmaydi. Shu bois, oilalarga aytar soʻzimiz bunday: Bugun shunday tomonlar borki, ular oiladan qurol oʻlaroq foydalanib, oilalar oʻrtasidagi birlikni boʻlishga, shon-shavkatini sindirishga va oʻzlariga buyurilgan rejalarni bajarishga harakat qilishyapti. Ular oilalardagi ayrim farzandlar tushib qolgan jinoyat va qonunbuzarlik qopqonidan yomon niyatda va xunuk shaklda foydalanib, bu farzandlarni oʻzlari tushunmagan holda ularning rejalariga ergashadigan jinoyatchilarga aylantirishyapti”.
Hizb ushbu nutq orqali Falastin maʼmuriyatini til biriktiruvda ayblab, bu maʼmuriyat va uning xavfsizlik xizmati ayni tartibsizliklarni bartaraf etish niyatida jiddiymi yoki ularning oʻzlari jinoyatchilarni himoya bilan taʼminlashyaptimi, degan savolni oʻrtaga tashladi!
Tamimiy yana quyidagilarni taʼkidladi:
“Haq soʻzni aytishdan qoʻrqmaydigan mard Xalil ahlining pozitsiyasi dushmanlar gʻazabini qoʻzgʻadi. Zero, bu Xalil ahlining Tamim vaqfi masalasida tutgan pozitsiyasi hammaga maʼlum. Oʻshanda Falastin rejimi Rosululloh ﷺ tomonidan Tamim Doriyga vaqf qilib berilgan Xalilni rus pravoslav soboriga rasmiylashtirib berishga qaror qilganda uni shu ahlimiz himoya qilgan edi. Shuningdek, turar-joy quruvchi yahudiylarning Xalilga kirib olishlariga yoʻl qoʻymaslik, ishchilar mol-mulklarini saqlash va “ijtimoiy taʼminot”, degan dastak ostida oʻmarishlaridan himoya qilish hamda CEDAW konventsiyasi va undan kelib chiqqan shartnomalarga chaqirayotgan buzgʻunchi kimsalarga qarshi turish kabi qator pozitsiya sohiblari ham shu Xalil ahlidir”.
Tamimiy oʻz nutqi soʻnggida yigʻilganlarga Alloh Azza va Jalladan qoʻrqib, dinsizlik daʼvolarini tark etishni va musulmon birodarlikni mahkam ushlashni eslatdi. Namoyish qatnashchilarini oʻzlaridagi mavjud musibatlarga yakun yasash va Allohning nusrati ila shodlanish uchun Alloh buyurgan boshqaruvni qoim qilishga daʼvat qildi.
Soʻng Xalil shahri hokimi shayx Taysir Abu Saniyya nutq soʻzlab, Xalil ahlining tinchlik-xavfsizlikni istayotganlarini taʼkidlab, barchadan ushbu xavfsizlikni roʻyobga chiqarish yoʻlida zimmalaridagi vazifani ado etishni talab qildi. Vazmin boʻlishga va qon toʻkilishini toʻxtatib, fuqaro tinchligini saqlashga chaqirdi.
Qabilalar vakili sifatida Abduvahhob hoji Gʻays nutq soʻzladi. Nutqida u uchta mujda yoʻlladi: birinchi mujdani Xalil ahli, oilalari va qabilalariga yoʻllab, ularni – xuddi yuzlab yil boʻlgani kabi – bir-birlari bilan hamjihatlik, aka-ukalik, doʻstlik va hurmatni saqlab qolishga chaqirdi. Shaharning yoqilishi, vayron etilishi va ahlining koʻchirilishiga sabab boʻlib qolishdan saqlanishga daʼvat qildi. Ikkinchi mujdani mansabdor va nufuzli kishilarga hamda oʻzlarini vatan posbonlari, deya koʻksilariga urayotganlarga yoʻlladi va ularni parvoz qilayotgan osmondan yerga tushishga chaqirdi… Ulardan “qachon real harakat qilasiz?!”, deb soʻradi. Uchinchi mujdani Falastin maʼmuriyati va hukumatiga yoʻllab, unda “insonlar xavfsizligiga kim masʼul?! Bu yurtda sizning vazifangiz nima oʻzi?! Soliq yigʻishdan va oʻzingizdan talab qilishgan loyihalarni bajarishdan boshqa vazifangiz ham bormi?! Bu pullar qayerdan keldi va qayoqqa ketyapti?!” kabi aniq savolni oʻrtaga tashladi. Hukumatdan bu savollarga aniq javob talab qildi.
Keyin savdo palatasi raisi Abduh Idris nutq soʻzlab, unda yurtdagi tartibsizliklarga qarshi turishga chaqirdi hamda barchadan shaharni mudofaa qilish va vaziyatning yomonlashishini oldini olishdek oʻz burchlarini ado etishni talab qildi.

Roya gazetasining 2021 yil 24 noyabr chorshanba kungi 366-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.