بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Armiyalarmiz aqidasi buyuk Islomdir boʻlib, badboʻy vatanparvarlikka oʻrin yoʻq
Ustoz Abdulxoliq Abdun Ali
Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot boʻlimi aʼzosi
Islomdan oldin arablar qabilachilikka eʼtiqod qilishardi. Uni mansublik va doʻstlikka asos qilib olishgandi. Qabilachilik asosida haq-huquq va vazifalar belgilanar, u bilan urushlar eʼlon qilinar, uning yoʻlida tinchlik shartnomalari imzolanar edi. Siyosiy tarkiblar u asrda irqiy va milliy asoslar ustiga qurilgandi.
Keyin Rosululloh ﷺ keldi arabu ajamlarni Islom aqidasi asosida tobladi. Irqchilikni bekor qilib, uni insoniy dunyoqarashga oʻzgartirdi. Ul zot hayotga boʻlgan qarashda va hayot nizomida inqilob yasab, johiliyat tushunchalarini Alloh va Rosulini doʻst tutishga oʻzgartirdi. Mansublikni Islomga, Ummatga va moʻminlar jamoasiga aylantirdi. Huquq va vazifalarni Islom hokimiyatining barcha fuqarolariga xosladi. Urush va tinchlik tushunchasini odamlarni Islomga daʼvat qilish bilan bogʻliq jihod ahkomlariga koʻra belgiladi. Musulmon armiyalar asrlar davomida kuch-qudrat va tartib-intizom jihatidan birinchi oʻrinni egallab keldi. Masalan, Usmoniylar armiyasi 1447 yil bilan 1771 yillar oʻrtasida, yaʼni, uch asr davomida dunyoning eng kuchli armiyasi, keyingi asrda to 1871 yilgacha eng kuchli armiyalarning uchinchisi boʻlgan. 1517-1683 yillar oʻrtasida, yaʼni bir yarim asrdan koʻproq vaqt davomida uning kuch-qudrati butun dunyo armiyalari bilan teng boʻlgan.
Amerikalik tarixchi Mixaelь Oren “1917 yil Usmoniy davlat Birinchi Jahon urushining soʻnggi daqiqalariga qadar magʻlubiyat nimaligini bilmagan”, deb yozadi. Haqiqatdan, Birinchi Jahon urushi Usmoniy Xalifalik, hatto oʻzining eng zaif davrlarida ham 2 million 9 yuz mingdan iborat qoʻshin bilan bir vaqtning oʻzida beshta frontda jang qila oldi. 13 ming ingliz Usmoniylarga taslim boʻldi va bu – britaniyalik tarixchi Jeyms Morrisga koʻra – Britaniya harbiy tarixidagi eng haqoratli kapitulyatsiya, deya baholanadi. Darhaqiqat, ushbu armiyani ichki xiyonatdan boshqa hech bir kuch magʻlub qilolmadi… Xiyonat ilmoniy, milliy va masonli turklashtirilgan partiyalar tomonidan boʻldi.
Hijriy oʻn uchinchi asr, milodiy oʻn toʻqqizinchi asr oʻrtalarida fikriy va siyosiy zaiflik yuz berib, Yevropada uygʻonish belgilari namoyon boʻlgan paytda mustamlakachi Gʻarb musulmonlarning vujudiga fikriy va siyosiy jihatdan yorib kira boshladi. Nosif Yozijiy va Butrus Boʻstoniy singari Shom nasroniylaridan vatanparvarlik aloqalarini va yangi zamon milliy davlatchiligi mafkurasini tashviqot qilishda foydalandi. Bu mafkuraga islomiy aloqalar va islomiy davlat munosabatlariga alьternativa sifatida targʻib qildi. Yaʼni, islomiy aqida va Islomga mansublik aloqalariga hamda butun dunyo musulmonlarining bitta Islomiy davlati boʻlmish Usmoniy Xalifalik davlatiga sodiqlik rishtalariga alьternativa sifatida targʻib qildi.
Birinchi Jahon urushi paytida Usmoniy Xalifalik agʻdarilgandan soʻng mandat davlatlari (Frantsiya va Angliya) musulmon xalqlarni, ayniqsa arab mintaqasi xalqlarini toblab, diqqatlarini milliy va vatanparvarlik aloqalariga qaratish ustida ishladi. Bundan taʼlim dasturlari, institutlar va dindorlardan foydalangan holda, musulmonlar shaxsiyatini oʻchirishni, fikrlari va mayllarini Gʻarb saqofati asosida qayta qoliplashni koʻzladi. Toki, mandat davlatlari uchun Sayks-Piko shartnomasi orqali zoʻrlab tiqishtirgan mustamlakachilik siyosiy boʻlinish barqarorligi taʼminlansin. Haqiqatda mustamlakachi davlatlar istagi amalga oshdi. Masalan, taxminan ikki asr oʻtgandan soʻng, oʻtgan asrning elliginchi yillari boshida musulmon avlodlari yana millatchilik va vatanparvarlik aloqalariga ishonadigan boʻlishdi. Gʻarb mustamlakachiligidan qutulish harakatlari ham shu aloqalarga asoslanadigan, shu yoʻlda kurashadigan boʻldi. Bu oʻz navbatida, musulmonlar oʻrtasidagi islomiy aloqalar oʻrnida milliy va vatanparvarlik aloqalarining mustahkamlanishiga olib keldi. Ushbu nopok mafkurani mustahkamlashdek malʼun rejadan islomiy armiyalar ham omon qolgani yoʻq. Balki bu mafkura buyuk Islom aqidasi oʻrniga ularning aqida-doktrinasiga aylantirildi.
Darhaqiqat, Sudan Kommunistik partiyasi va Kasaba uyushmalari quyidagicha qaror qabul qildi: Muntazam kuchlarni, shuningdek, fuqaroviy boshqaruvga qarashli muntazam armiyani milliy aqidaga asosan isloh qilish va qayta qurishni maʼqullaymiz. Bu dolzarb vazifa boʻlib, usiz demokratik oʻtishni muvaffaqiyatli yakunlab boʻlmaydi. Shuningdek, bu birgalikda harakat qilishning muhimligiga hamda inqilobning barcha kuchlari oʻrtasidagi muvofiqlashuvning ustuvorligiga rioya qilish bazasini kengaytirishga olib keladi.
2020 yil 8 mart kuni Sharqul Avsat gazetasida bunday deyildi:
“Sudan Oʻtish davri suvereniteti kengashi raisi Abdulfattoh Burhon yurt mudofaasi boʻyicha oʻz milliy vazifalarini bajarish uchun oʻtish davri talablaridan kelib chiqqan holda, muntazam kuchlarni qayta tashkil etish va qayta qurish maqsadlarini eʼlon qildi”.
Ha, mustamlakachi barcha qurol-aslaha va texnikasi bilan chiqib ketdi, ammo oʻz rejalarini ijro etish uchun oʻziga sodiq malaylari va vakillarini Sudanda qoldirdi. Biroq, bizning kofir Gʻarb va uning yollangan malaylariga aytar soʻzimiz shuki, bu islomiy armiyalar Islom ahkomlari asosida tarbiyalangan Ummatga mansub boʻlib, aqida-doktrinasi Islomdir. Armiya, degan sharafga ular faqat Islom yoʻlida qurbon boʻlish va Islomni mudofaa qilish uchun erishganlar. Xolid ibn Valid, Toriq ibn Ziyod, Muso ibn Nasir, Uqba ibn Nofe, Qaʼqa ibn Amr, Salohiddin Ayyubiy, Sayfuddin Qutz, Muhammad Fotih va Suhayb Rumiy singari ajdodlariga ergashgan ushbu musulmon qoʻshinlarni armiya safiga kirishga yo nusrat yo shahidlik, degan ikki gʻalabaga boʻlgan umid undagan. Yer yuzidagi birorta kuch bu armiyani oʻz aqidasidan, pokiza ajdodlari aqidasidan hargiz bura olmaydi. Zero, ularning ajdodlari bu jirkanch vatanparvarlik mafkurasini ortga uloqtirib, Islom mudofaasi yoʻlida jonlaridan voz kechganlar. Nega ham shunday boʻlmasin, axir bu musulmon ajdodlarimiz, oʻz millatlari va vatanlaridan qatʼiy nazar, Allohning kalimasini oliy qilish uchun jang qilganlar. Habashistonlik askar jangda fors, quraysh va rumlik askarlar bilan yelkama-elka turib jang qilgan. Quddusni Islom Ummati bagʻriga qaytargan kurd millatiga mansub Salohiddin Ayyubiy boʻladi.
Bas, ey musulmon armiyalari, siz mazkur qahramon ajdodlaringizdan ibrat oling. Chunki ular yurtlarni fath qilib, adashgan insoniyatni qullarga ibodat qilishdan qullarning Robbisiga ibodat qilishga olib chiqish uchun Islomni daʼvat va jihod orqali butun olamga ulashdilar. Ulardan ibrat olmoq esa, ulugʻ shariat ahkomlarini tatbiq qiluvchi Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasidagina amalga oshadi. Shunday ekan, ushbu dinning ansorlari boʻlingki, dunyoyu oxirat mukofotini qoʻlga kiritasiz.
Roya gazetasining 2021 yil 10 noyabr chorshanba kungi 364-sonidan