AQSh bilan shartnoma imzolagan Qatar musulmonlarga xiyonat qilishda davom etmoqda!

270
0

Matbuot bayonoti
AQSh bilan shartnoma imzolagan Qatar musulmonlarga xiyonat qilishda davom etmoqda!

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan qatarlik hamkasbi Muhammad ibn Abdurahmon Oli soniy oʻrtasida imzolangan shartnomaga koʻra, Qatar AQShning Afgʻonistondagi manfaatlari uchun “himoya kuchi” rolini oʻz zimmasiga oladi. Blinken bunday bayonot berdi: “Qatar oʻzining Afgʻonistondagi elchixonasida AQSh manfaatlari boʻlimini taʼsis etadi. Bu boʻlim maʼlum konsullik xizmatlarini koʻrsatish va AQShning Afgʻonistondagi diplomatik muassasalari xavfsizligini nazorat qilish bilan shugʻullanadi”. Yana qoʻshimcha qildi: “Bu yil Qatar bilan boʻlgan doʻstligimiz yanada mustahkamlandi, ayniqsa, bu mamlakat AQSh bilan yaqindan hamkorlik qilishi ortidan”.
Boshqa musulmon yurtlaridagi hukmdorlar qatori Qatar hukmdorlari ham siyosiy mustaqillikka ega emaslar hamda Islom va musulmonlar borasida birorta majburiyatga boqmaydilar. Qatar uzoq yillar davomida Islom dushmanlari safidan joy olib keldi. U har doim Britaniya tomonida turib kelganidek, bugun Amerika manfaatiga qaratilgan vazifalarni amalga oshiryapti. Uning musulmonlarga nisbatan xiyonati soʻnggi yillarda yanada yaqqol namoyon boʻla boshladi. Oʻz xoʻjayini AQSh manfaati uchun Shom qoʻzgʻoloni va Tolibon harakatiga xiyonat qildi. Vaholanki, oʻshanda Shom musulmonlari togʻut ustidan gʻalaba qozonishlariga bir qadam qolgan edi… Biroq Qatar, Turkiya, Eron va Saudiyadagi xoin hukmdorlar qoʻzgʻolonni muvaffaqiyatsizlikka olib borishdi. Afgʻonistonda ham shunday qilishdi. Amerika ayanchli magʻlubiyatdan qiynalib, xavfsiz suratda qochib chiqishga harakat qilayotgan bir paytda, mana shu qoʻgʻirchoq hukmdorlar unga istaganidek xavfsiz ravishda chiqib ketishiga zamin yaratib berishdi. Qatar deyarli Amerika mehmonxonasiga aylanib qoldi. U Tolibonni muzokaraga jalb qilish uchun xuddi AQSh vakili sifatida harakat qildi. Pokiston bilan birgalikda Tolibonga bosim oʻtkazdi.
Aslida, Qatar, Saudiya, Amirliklar, Pokiston va Eron hukmdorlari musulmonlar ustiga majburan oʻtqazib qoʻyilgan boʻlib, jamiyatda kuchli ildizga ega emaslar. Ularning kuch-quvvati ajnabiy kuchlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi soxta kuch. Bu hukmdorlar har qanday islomiy loyiha musulmonlarning birlashishiga sabab boʻlib, bizning hukmronlik va mavjudligimizga tahdid soladi, deb biladilar. Bu davlatlar Tolibonning yangi islomiy boshqaruvi uchun oʻzlarini strategik doʻstlar va ibratga loyiq namunalar qilib koʻrsatishmoqda. Haqiqatda esa, bu hukumatlarning barchasi Islomning siyosiy tuzumidan butunlay uzoqda. Chunki ular oʻzlarini Gʻarbning millatchilik tuzumi quchogʻiga otishgan. Hatto yahudiy vujudi bilan bilvosita va bevosita aloqa oʻrnatishgan boʻlib, Islom va musulmonlarni bostirishda Sharq va Gʻarb davlatlariga muntazam ravishda yordam berib kelishadi. Bu soxtakor davlatlar afkori ommani aldash uchungina Islomdan siyosiy vosita sifatida foydalanishadi.
Biz musulmonlarning shuni anglamogʻimiz lozimki, agar Islom bazasiga qaytmasak va Gʻarbning bunday qoʻgʻirchoq hukmdorlarini rad qilib, global ilmoniy tuzumga qarshi chiqmasak, bugungi tanazzul yanada murakkab tus oladi. Oqibatda, aloqani Alloh Subhanahu va Taolo bilan bogʻlab, ikki dunyo baxt-saodatiga noil boʻlish oʻrniga, kofirlar bilan yanada kattaroq aloqa va ittifoqlar tuziladi va shu orqali musulmonlarga qarshi xiyonat ketidan xiyonat davom etadi.
﴿وَالَّذِينَ يَنقُضُونَ عَهْدَ اللَّهِ مِن بَعْدِ مِيثَاقِهِ وَيَقْطَعُونَ مَا أَمَرَ اللَّهُ بِهِ أَن يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِي الْأَرْضِ أُولَٰئِكَ لَهُمُ اللَّعْنَةُ وَلَهُمْ سُوءُ الدَّارِ﴾
“Allohga bergan ahd-paymonlarini mustahkam boʻlganidan keyin buzadigan, Alloh bogʻlanishiga buyurgan narsalarni uzadigan va Yer yuzida buzgʻunchilik qilib yuradigan kimsalar ham borki, ularga (Allohning) laʼnati boʻlsin va ular uchun eng yomon diyor-jahannam bor” [Raʼd 25]

Hizb ut-Tahrirning
Afgʻonistondagi matbuot boʻlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.