Jangchi guruhlarning ichki urushlari «Furot qalqoni» darvozasidan yana maydonga qaytdi

24
0

Matbuot bayonoti
Jangchi guruhlarning ichki urushlari «Furot qalqoni» darvozasidan yana maydonga qaytdi
Birinchi qurbon va katta ziyon koʼruvchi guruhlar aʼzolari boʼldi

2022 yil 18 iyun shanba kuni ertalab Halab sharqidagi Bob shahridagi bir necha hududlarda «Jabha Shomiya» guruhi bilan «Аhrori Shom – sharqiy sektor» guruhi oʼrtasida qaqshatqich toʼqnashuvlar boshlandi. Аvtomatlar bilan otishmalar, trassalarni toʼsib olish, ogʼir qurollar bilan qurollangan harbiylar nazoratidagi blok postlar oʼrnatish, kuchli ommaviy safarbarlik kuzatilgan ushbu janglar oqibatida bir necha kishi halok boʼldi va yaralandi…
Ey muborak Shom zaminidagi musulmonlar!
Musulmon qonining muqaddasligi Islomda qattiq harom qilingani maʼlum, bu hech kimga sir emas. Bu jangchi guruh yetakchilarining musulmonlar qonini mensimasligi hech shubhasiz haqiqatga aylandi. Biz shunga guvoh boʼlyapmizki, bu yetakchilar oʼz askarlari qoni toʼkilishini toʼxtatish oʼrniga, ularni guruhlar oʼrtasidagi ichki urushlarga tashlashmoqda… Vaholanki, qoʼzgʼolon dushmanlaridan boshqalarga xizmat qilmaydigan bunday qirgʼinbarot jangda birdan-bir ziyon koʼruvchi musulmon askardir. Chunki bir necha kilometr yerga egalik qilish ustida kechgan nufuz va hukmronlik talashish jangida uning goʼdaklari yetimga aylanmoqda. Bu esa, guruhlar yetakchilarining javobgarlikni his qilmayotganligiga dalolat qiladi. Ular Shom ahlining qurbonliklari va farzandlarining qonlari evaziga oʼz manfaatlarini qoʼlga kiritishni istashmoqda. Tosh otsa yetgudek uzoqlikda Shom togʼuti oʼz qarorgohida tinch-omon turgan bir paytda, ular oʼz qurollarini Shom ahlining farzandlari koʼksiga qaratishmoqda.
Ey Islom markazi boʼlmish Shomdagi musulmonlar!
Siz bu jangchi guruh yetakchilarining qoʼzgʼolon jismini tilka-pora etuvchi oʼzaro janglariga sukut qilish va qoʼzgʼoloningiz ustida pul topishlariga va farzandlaringiz qonini oqizishlariga qoʼyib berish bilan oʼzingiz halokat jarligi yoqasiga kelib qolyapsiz. Tortib olingan hokimiyatingizni qaytarishga harakat qilmaslik bilan siz oʼzingizni mana shu sotqin yetakchilarga daromadli tovar qilib beryapsiz. Bu yetakchilar oʼz qarorlarini «donor», deyilayotgan davlatlarga garov qilib, qurol-aslahalarini farzandlaringizni oʼldirish uchun saqlashyapti. Shomdagi muqaddas qoʼzgʼolonning bu ahvolga tushishiga maydonga ega chiqib, odamlar yelkasiga minib olgan mana shu kimsalarning ongsizliklari sabab boʼldi. Shuningdek, maqsadni belgilab, toʼgʼri yoʼlni chizib bergan ochiq siyosiy loyihani qabul qilishni va qoʼzgʼolon kemasini bunday qirgʼinbarot toʼlqinlarda boshqara oladigan xolis ongli siyosiy yetakchilikka ergashishni istamaganliklari ham sabab boʼldi. Bas, shunday ekan, siz ishingizni toʼgʼrilang, qoʼzgʼoloningizni ongli ravishda davom ettiring va Robbingiz arqonini mahkam tuting.
﴿وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَلَا تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَتَذْهَبَ رِيحُكُمْ وَاصْبِرُوا إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ﴾
«Va Аlloh hamda Uning paygʼambariga itoat qilingiz va (oʼzaro) talashib-tortishmangizki, u holda sustlashib, kuch-quvvatingiz ketur. Sabr-toqat qilingiz! Аlbatta, Аlloh sabr qilguvchilar bilan birgadir» [Аnfol 46]

Hizb ut-Tahrirning
Suriyadagi matbuot boʼlimi
raisi Аhmad Аbdulvahhob

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.