Britaniya oʻzining oʻyinlari, qopqonlari va malaylari yordamida Yamandagi nufuzini saqlab qolishga zoʻr berib harakat qilmoqda

194
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Britaniya oʻzining oʻyinlari, qopqonlari va malaylari yordamida Yamandagi nufuzini saqlab qolishga zoʻr berib harakat qilmoqda

Ustoz Abdulhodiy Haydar qalamiga mansub

Oʻtmishda Britaniya Yamandagi yagona nufuz egasi boʻlib kelgan. 1839 yilda Yaman janubini bosib olib 1967 yilgacha u yerdan chiqib ketmagan. Chiqib ketayotgan paytda ham yurt shimoli va janubidagi malaylari orqali yurtda oʻz nufuzini qoldirib, oʻshalar bilan mustahkam aloqada boʻlib keldi. U oʻz odatiga koʻra, hukmdor malaylarning oʻzi bilan kifoyalanmadi. Balki, iqtisodiy doiralarga hamda partiyalar va qabila oqsoqollari orasiga kirib oldi. 1962 yildan 2011 yildagi arab bahori qoʻzgʻolonlariga qadar Amerika Britaniyaga qarshi faqatgina kurashib keldi, xolos. 2011 yildan soʻng esa, Husiylar orqali oʻz nufuzini mustahkamlab, Britaniya malaylariga zarba bera boshladi. Britaniya malaylari oʻlib ketgan makkor Ali Solih yetakchiligidagi Kongress partiyasi hamda aksari inglizlar pinjiga kirgan Qoʻshma Muloqot partiyalaridan iborat edi.
Bugungi kunga kelib, Husiylar Yaman shimolida aksar yerlar ustidan nazorat oʻrnatib, inglizlar malaylari uchun eng muhim va eng oxirgi qalʼa sanalgan Maʼrab neftь mintaqasiga ham tahdid solgach, Britaniyaning yangi elchisi bayonot bilan chiqdi. Uning bu bayonoti diqqatni jalb qilmay qolmaydi. Xususan biz Hizb ut-Tahrir aʼzolari roshid xalifalar zamonini qaytarish uchun malay xoin hukmdorlar vositasida kurashayotgan yirik davlatlardan tashabbusni oʻz qoʻlimizga olishga jiddiy harakat qilayotgan ekanmiz, uning bu bayonotiga eʼtibor berishimiz lozim. “Britaniyaning Yamandagi yangi elchisi Richardom Oppengeym Sharqul Avsat gazetasiga bergan intervьyusida 2015 yil Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan 2216-rezolyutsiya mazmuni bilan har kuni oʻzgarayotgan mavjud vaziyat oʻrtasida boʻshliq borligini maʼlum qildi”. Yaʼni inglizlar Husiylarning kengayishi ortidan 2216-rezolyutsiyani amalga oshirish amri mahol ekanini anglashmoqda. Chunki 2021 yil 14 aprelda qabul qilingan qarorda Husiylardan ilgari nazoratlari ostida boʻlgan hududlardan, jumladan poytaxt Sanʼodan kuchlarini olib chiqib ketish talab qilingan edi… Ammo Husiylar qarorning bu va boshqa bandlardan birortasini aytarli bajarishgani yoʻq. Binobarin, buni tushungan Britaniya Husiylarni toʻxtatib qoladigan va Amerikani rozi qiladigan bir yangi rezolyutsiya chiqarilishini istayapti. Maqsadi, oʻziga qolgan-qutgan hududlarni saqlab qolish hamda qayta malaylari orqali stol ostidan kurashni davom ettirish. 2216-rezolyutsiyaning sanktsiyalar toʻgʻrisidagi bandida bunday deyilgan: “Ushbu yangi rezolyutsiya Yamanga nisbatan xalqaro sanktsiyalar roʻyxatini ham oʻz ichiga oladi. Bu 2014 yil fevralidagi 2140-sonli rezolyutsiyani amalga oshirish doirasida kiritilgan roʻyxatdir. Zero, 2216-rezolyutsiyasida Ansorulloh harakati rahbari Abdulmalik Husiy bilan sobiq prezident Ali Abdulloh Solihning oʻgʻli Ahmad Ali Abdulloh Solih ikkalasi qora roʻyxatga kiritilgan boʻlib, ularga Yamanda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka tahdid soluvchi harakatlarda ishtirok etish ayblovi qoʻyilgan. Sanktsiyalar mahkumlarning aktivlarini muzlatish va xorijga chiqishlarini taqiqlashni oʻz ichiga oladi”. Demak, 2216-rezolyutsiyani bekor qilish va yangi rezolyutsiya qabul qilish bilan Britaniya hanuz Yaman shimolida xalqchillikka ega boʻlgan Ahmad Ali Abdulloh Solihni sanktsiyadan chiqarib, undan yurt shimolida kuzir karta sifatida foydalanishi mumkin.
Britaniyalik bu qari makkor elchi janubdagi oʻz malaylari toʻgʻrisida gapirar ekan, oʻtish davri kengashiga toʻxtalib, “ular avvalo hukumatni qoʻllab-quvvatlashlari kerak, chunki oʻzlari ham shu hukumatning bir qismidirlar”, dedi. Soʻng kelajak haqida gapirib, bunday dedi: “Ular hozir hukumat bilan hamkorlik qilishmasa, kelgusidagi siyosiy maqsadlariga erishish imkoniyatlari boʻlmaydi. Bir butun jamoa boʻlib, asosiy xizmatlarni koʻrsatishlari va ishchilarga ish haqlarini toʻlashlari kerak”. Elchi oʻzlaridan misol qilib, “Bizda Britaniya-Shotlandiyada boʻlinishni istayotgan siyosiy harakatlar bor, biroq ular xalqqa xizmat koʻrsatishga javobgar va bu ularning ustuvor vazifasidir”, dedi. Yamandan ham xuddi shunday boʻlishini taʼkidlab, “Avvalo davlat va hukumat boʻlishi kerak, keyingina yurt kelajagi haqida gapirish va yamanliklarga oʻz kelajaklarini oʻzlari belgilashlariga qoʻyib berish mumkin”, dedi. U ushbu kun tartibini ilgari surishning hozir vaqti emasligini, chunki Yamanda hukumat degan narsa yoʻq boʻlgan bugungi holatda buni amalga oshirish imkonsizligini urgʻuladi. Mana shu yerda Britaniya ilk bor oʻz elchisi ogʻzi bilan boʻlinish mavzusini tilga oldi. U hozircha oʻtish davri kengashi hali tayyor emas, shu bois ular resurslar, politsiya va hukumat sifatida, oʻz vazifalarini ado etish nuqtai nazaridan avvalo oʻzlarini tayyorlashlari kerak, keyin boʻlinish haqida gapirish mumkin, deb bilmoqda.
U Riyoz kelishuvi haqida toʻxtalib, “Riyoz kelishuvini amalga oshirish muhim nuqta boʻlib qolmoqda, Yaman janubida yuz bergan xavfsizlikning izdan chiqishi iqtisodiyotga taʼsir qiladi”, dedi. Soʻng “Biz tomonlarni ijobiy munosabatni davom ettirishga hamda Riyoz kelishuvini amalga oshirishga undaymiz. Chunki bu Yaman janubida barqarorlik va xavfsizlikni tiklash uchun eng yaxshi imkoniyatdir”, deya qoʻshimcha qildi. Bu yerda Britaniya elchisi AQSh bilan murosa qilyapti. Chunki mazkur kelishuvni 2019 yil noyabrda oʻzining Saudlar oilasidagi malaylari vositasida tiqishtirgan Amerika boʻladi. Britaniya va uning malaylari ayni kelishuvga tormoz berib kelmoqda. Chunki u oʻzlariga emas, amerikaliklarga xizmat qiladi. Zotan, bu kelishuv bilan oʻtish davri kengashini zaiflashtirib yuborish turgan gap. Ayni kengash esa, Hodiy Saudlar oilasi qoʻlida “asir” boʻlib qolishi ortidan u va uning qonuniyligiga alьternativa sifatida Britaniya tomonidan tashkil qilingan.
Britaniya elchisi Yamanning dunyodagi eng katta gumanitar krizislardan biri boʻlib qolayotganini, aholining 88 foizi yordamga muhtojligini, uning mamlakati ayni krizisga javob berishda asosiy rolь oʻynaganini taʼkidladi. U bu holni qoralab, “urush boshlangandan beri biz bir milliard funt sterlingdan ziyod xarajat qilishga majbur boʻldik, bu yil esa, 87 million funt sterling yetkazib beramiz”, dedi. Soʻng krizis davom etaveradigan boʻlsa, qoʻllab-quvvatlovning ozayishidan va yordamlarga ehtiyoj yanada oshishidan ogohlantirdi. U shuningdek, “U yerda boʻshliq bor. Chunki butun dunyo boʻylab boshqa krizislar ham mavjud. Biz Britaniyada “pul daraxtda oʻsmaydi”, deymiz”, deya qoʻshimcha qildi.
Albatta, Britaniya Yaman ahlini oʻylayotgani uchun bu gaplarni aytayotgani yoʻq. Bilʼaks, bularni oʻzining nufuzini saqlab qolish uchun aytyapti. Zero, inglizlar Husiylarning oldinga siljishini toʻxtatishga muvaffaq boʻlisholmadi. Chunki ular Husiylarni qoʻllab-quvvatlayotgan amerikaliklar oldida zaiflik qilyapti. Amerika esa, inglizlarning oldinga intilishlarini koʻz ochib yumguncha bostira oldi hamda inglizlar Hadida portidagi ayrim boshqarmalarni oʻz nazoratlariga olish va portni egallash boʻsagʻasida turganlarida Amerika ularga Shved shartnomasini tiqishtirishga muvaffaq boʻldi.
Britaniya Husiylarning oldinga siljishini toʻxtatish uchun jiddiy harakat qilmoqchi. Bunga misol, oʻtgan haftalarda parlamentning Hodiy rejimiga tobe aʼzolari guruhi Shved shartnomasini boykot qilishga chaqirdi. Zero, bu guruh Maʼrabda Husiylarning kengayishini toʻxtatib qolishi mumkin boʻlgan muhim front boʻlib, u orqali Gʻarbiy sohil frontlarini, jumladan, Husiylarning jon tomiri hisoblangan Hadida shahri va uning portlari frontini ochish mumkin boʻladi. Shuningdek, inglizlar malaylari oʻrtasida saflarni birlashtirishga qaratilgan bir necha uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Bu uchrashuvlarda Yaman markazidagi koʻpchiligi ixvonchilarning Hizbu Islohiga aʼzo Mehvari Taaz yetakchilari bilan Gʻarbiy sohildagi “Respublika Gvardiyasi”ga qoʻmondonlik qilayotgan va Amirliklar tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan Toriq Solih oʻrtasida ittifoq tuzishga kelishildi. Ayni ittifoqdan maqsad Taaz shahrini Gʻarbiy sohil bilan bitta front sifatida birlashtirib, Husiylarga ham markazdan, ham gʻarbdan zarba berishdir.
Shubhasiz, bunday qaqshatqich urush davom etib, rahbarlar Gʻarbga malaylik qilayotgan ekan, Yaman ahliga aslo tinch-osuda hayot boʻlmaydi. Balki, ular oʻz yurtlarini mustamlakachi kofir Gʻarbni etagini tutayotgan malay hukmdorlardan tozalashlari hamda Hizb ut-Tahrirdagi birodarlari bilan birgalikda harakat qilib, Xalifalik davlatini barpo etmoqlari lozim. Ushbu davlatgina Islomni tatbiq qilib, uni butun insoniyatga hidoyat va nur sifatida yetkazadi.

Roya gazetasining 2021 yil 3 noyabr chorshanba kungi 363-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.