Ey kofir Gʻarb va gumashtalari, Tunis va uning ahlidan qoʻlingni tort!

269
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ey kofir Gʻarb va gumashtalari, Tunis va uning ahlidan qoʻlingni tort!

Tunis prezidenti Qays Said moliya vazirasi Sihom Bugʻdiridan oʻtgan yillarda olingan kredit va grantlarni “toʻliq intervizatsiyadan oʻtkazish”ni talab qilib, “bu pullar qayoqqa ketdi?!”, deb soʻradi. Buni Qartoj saroyida oʻtkazilgan Vazirlar mahkamasi yigʻini boshlanishida aytdi. Unda hukumat bosh vazirasi Najlo Budin ham ishtirok etdi.
Oʻz navbatida, Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot boʻlimi bayonot nashr qilib, quyidagilarni taʼkidladi:
“Prezident Qays Said bu qarz pullarining qayerga ketganini soʻrayapti-yu, ajnabiy kompaniyalar har kuni tashib ketayotgan yurt boyliklari haqida soʻramayapti! Frantsiya kompaniyasi tashib ketayotgan tuz haqida, Britaniya egalik qilib, bizga qimmat narxda sotayotgan Tunis gazi haqida soʻramabdi? Uning bu savoli koʻpchilikni ajablantirayotgan boʻlsa, yana koʻpchilikda umid paydo qilmoqda. Biroq bu aldamchi umiddir. Chunki Qays Said bergan savol soxta boʻlib, undan prezidentning Tunisdagi muhim narsalardan, ayniqsa, yurtni holdan toydirgan ajnabiy qarzlardir xabardor emasligi koʻrinib turibdi.
Qays Said bu savollarni ikki yillik prezidentligidan va uch oylik yakkahokimligidan soʻng beryapti. Shu paytgacha eng xatarli masalalar ochilmadi. Nima uchun?! Agar u yurtimiz mustaqil va qarorlarim mustaqil, degan gaplarini jiddiy gapirgan boʻlganida edi, Gʻarbning yurtga uzatgan qoʻllarini qirqib tashlagan yoki hech boʻlmaganda bu qoʻllarning yurtga daxl qilishini oldini olgan boʻlur edi. Biroq, bunday qilgani yoʻq. Hatto bunday qilishga yaqinlashmayapti ham, bunga ishora ham qilmayapti! Prezident yurt hukmdori boʻla turib bunday qilolmayotgan boʻlsa, bu musibatdir. Agar prezident buni bilmayotgan boʻlsa, bu undan ham yomon musibatdir”!
Shu nuqtai nazardan, Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati siyosiy boʻlimining raisi ustoz Abdurrauf Omiriy Tahrir jurnali muqaddimasida bunday dedi:
“Bugungi kunda Tunis ahli Gʻarbning aql-farosatdan uzoq, sogʻlom insoniy tabiatga zid birorta mafkuraviy illatiga muhtoj emas. Shuningdek, tunisliklar ularning kelajagi va taqdirlari bilan oʻynashuvchi kimsalarga ham muhtoj emaslar. Chunki bu kimsalar yana bir bor ularning ustida tajriba oʻtkazib, ularning Gʻarb va uning hazoratiga koʻzlari qamashib-qamashmasligini, unga mast boʻlib-boʻlmasligini sinab koʻrishmoqda. Ammo barcha dalillar Gʻarbning bu urinishlari behuda ketayotgani, zavolga yuz tutayotganini koʻrsatmoqda”.
Ustoz Abdurrauf quyidagilarni taʼkidladi:
“Tunis ahli oʻzining dushmanlari kufr tuzumi ekanini anglab yetadigan boʻlib qoldi. Zero, bu tuzumlar ularga tuzoq qoʻyib, Islomni xunuk qilib koʻrsatmoqda hamda uni inson ishlarini tartibga solib, gʻamxoʻrlik qilishdan ojiz qilib koʻrsatishga urinishyapti. Bu kofir tuzumlarining tatbiq qilinishiga ayrim kaltafahm, zaif mahalliy siyosatchilar yordam berishyapti… Oqibatda kofirlar oʻz manfaatlarini amalga oshirish uchun mana shu siyosatchilarni ishlatish orqali Islom fikrlariga hujum qilishga va Ummatni oʻz yoʻlidan burib adashtirishga jurʼat qiladigan boʻlib qoldi”.
Ustoz Abdurrauf Omiriy yana bunday dedi:
Tunis ahlidan qoʻllaringni tort. Chunki ular dushmandan import qilingan badbaxt fikrlardan behojatdirlar. Endi Tunis ahli bugungi kunda kurash butun Islom Ummati bilan kofir xalqlari va millatlari oʻrtasidagi ketayotganini anglay boshlaydi. Ular uchun Robbilari shariatiga aniq ishonchlarining oʻzi yetarli, boshqa narsa kerak emas. Chunki ular hamma yaxshilik Allohning shariatida ekanini, Islom hayotni va undagi barcha sohalarni isloh etish uchun kelganini, Alloh Azza va Jalla ikki dunyo saodatini Islom va shariatiga amal qilishga bogʻlab qoʻyganini biladilar”.

Roya gazetasining 2021 yil 10 noyabr chorshanba kungi 364-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.