بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Daniya bosh vaziri parlamentni musulmon oilalarga qarshi navbatdagi hujum bilan ochdi!
Daniya bosh vaziri muslima ayollar bilan shug‘ullanuvchi qo‘mita tuzish kerak, deya bayonot berdi. U 5 oktyabr kuni Daniya parlamentining ochilish marosimida qilgan nutqida «ayrim diniy doiralarda va ba’zi migrantlar doirasida ko‘plab xotin-qizlar o‘zlari istagan erkin hayot tarzi uchun kurashmoqdalar… Biz jamiyat sifatida, umumiy qadriyatlarimizning, ya’ni, tenglik va erkinlikning hamma uchun qo‘llanishiga qattiq turishimiz kerak», deb aytdi.
O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – Daniya matbuot bo‘limi bunga izoh sifatida bayonot nashr qilib, bunday dedi:
«Hukumat yana bir bor «ijtimoiy nazorat» kabi siyosiylashgan tushunchalar niqobi ostida muslima ayollarni salbiy, Islomni muammoli qilib ko‘rsatmoqda.
Bosh vazir murojaat qilayotgan parlamentning o‘zi jinsiy tajovuz masalalari botqog‘iga botgan bo‘lib, bu narsa parlamentdagi partiyalarning deyarli barchasini o‘z domiga tortgan! Biroq, Daniya bosh vaziri ayollarga zulm qilish diniy doiralarga xos muammo, degan da’voni qilishga jur’at qilyapti!».
Bayonotda quyidagilarga e’tibor qaratildi:
«G‘arb oilalari parchalab tashlanganidek, musulmon oilani ham vayron qilish maqsadida musulmonlarga G‘arb hayot tarzini singdirish uchun birin-ketin siyosiy tashabbuslar ilgari surilmoqda. Masalan, Daniya parlamentidan turib, Islom va musulmonlarga qarshi nafrat qo‘zg‘atuvchi bayonotlar berishyapti. Bir vaqtning o‘zida, Daniya xalqini Islomni xolis o‘rganish imkoniyatidan mahrum qilishmoqda. Zero, g‘arblik xotin-qizlarni tuban dunyoqarashdan ozod etishi mumkin bo‘lgan yagona hayot tarzi islomiy hayot tarzidir.
Roya gazetasining 2021 yil 27 oktyabr chorshanba kungi 362-sonidan