Ularga Allohning la’nati bo‘lsin, qanday adashmoqdalar-a!

340
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika bilan Evropa harbiy va fuqarolikdagi hukmdorlarning ko‘z o‘ngida, hatto ularning yordami bilan Sudan va uning xalqining qoniga qo‘llarini botirishmoqda

Ularga Allohning la’nati bo‘lsin, qanday adashmoqdalar-a!

Sudan xalqi 2021 yil 25 oktyabrda harbiy to‘ntarish haqidagi xabar bilan uyg‘ondi. Armiya ba’zi bir vazirlarni, fuqarolik hukumatining bir qancha a’zolarini hamda bosh vazir Hamdukni hibsga oldi. Burhon televidenie orqali murojaat qilib, favqulodda holat joriy qilinganini, suveren kengash va muvaqqat hukumat tarqatib yuborilganini, viloyat gubernatorlari va vazir o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilganini e’lon qildi. So‘ng xavfsizlik xizmati rahbarlaridan vazirliklar ishlarini boshqarib turishni talab qildi… U shuningdek, konstitutsiyaviy deklaratsiya kelishuvi to‘xtatilmaganini, balki – o‘z nutqida ta’kidlaganidek – uning muhim punktlari bekor qilinganini, inqilobni emas, inqilob yo‘nalishini to‘g‘rilamoqchiligini qo‘shimcha qildi!

Ey musulmonlar!

Islomiy yurtlar mustamlakachi kofirlarning Islom va musulmonlarni vayron qilish ustida raqobatlashadigan maydoniga aylanib qoldi. Bu borada ularni musulmonlar farzandlari orasidan yollagan malaylari – go‘yo hech narsani anglamaydigan kimsalardek – qo‘llab-quvvatlamoqda. Darvoqe, ular rostdan ham hech narsani anglamaydigan aqlsiz kimsalardir. Mana, bir tomonda Amerika hamda uning armiya qo‘mondonligidagi Burhon va uning yordamchilaridan iborat malaylari, ikkinchi tomonda Evropa, xususan Britaniya hamda uning vazirlikdagi Hamdukdan iborat yuvindixo‘rlari Sudan va uning xalqi ustidan hukmronlik o‘rnatish uchun o‘zaro kurash olib borishmoqda. Shubhasiz, bundan mamlakat resurslarini o‘zlashtirish hamda uning strategik mavqei va boyligini qo‘lga kiritish ko‘zlangan. Darhaqiqat, xalq bu kimsalarning qilmishlaridan bexabar emas. Aksincha, Burhon yoki Hamdukni ko‘rib-kuzatib turibdi. Zero, ular Allohdan ham, Uning Rosulidan ham, bandalaridan ham uyalmay, dunyo va oxirat sharmandaligi sari chopmoqdalar. Bu esa, eng katta rasvolikdir.

Tomonlar bir-birlariga chuqur qazimoqda! Vaholanki, ular 2019 yil 21 avgustda 39 oy davom etadigan konstitutsiyaviy deklaratsiya bitimini imzolagan edilar. Unda Burhon va uning yordamchilari 21 oy, Hamduk va uning atrofidagilar esa 18 oy hukmronlik qilishi belgilangan edi. Ko‘rinib turibdiki, bitimda fuqarolik hukumatidagilar boshqaruvni 2021 yilning may oyida qo‘lga olishlari ko‘rsatilgan. Biroq, 2020 yil 3 oktyabrda imzolangan Juba kelishuvida bunga o‘zgartirish kiritilib, 39 oylik muddat konstitutsiyaviy deklaratsiya bitimidan boshlab taxminan 53 oy qilib uzaytirildi. Shunday qilib, fuqarolik hukumatidagilar boshqaruvni 2021 yil noyabr oyida oladigan bo‘ldi. Harbiylarning bunga aslo rozi bo‘lmasligi, albatta kelishuvni buzib, fuqarolik hukumatidagi mulozimlarning joriy yil noyabr oyida boshqaruvni qo‘lga olishlariga imkon bermasligi aniq edi. Bo‘layotgan ishlarni obdan kuzatib borayotgan har qanday ongli kishi uchun bu narsa sir emas. Darhaqiqat, biz 2019 yil 23 sentyabrdagi konstitutsiyaviy deklaratsiya kelishuvi bilan bog‘liq savol-javob nashrasida bunday degan edik:

«Sudandagi ma’muriyat konstitutsiyaviy deklaratsiya kelishuviga muvofiq tuzilib, o‘zaro kurash olib borayotgan xorijiy kuchlarga sodiq hamda turli vakolatlarga ega bo‘lgan ikki guruhdan tashkil topdi. Bu holat keyinroq ularning aholi muammolarini hal etish va xavfsiz hayot bilan ta’minlash ishlarida aniq ko‘rinadi va ikkalasining ham asosiy tashvishi o‘zlarini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan tomonlarga xizmat qilish bo‘ladi. Keyin esa, biri ikkinchisini ichki va tashqi vositalar yordamida chetlashtirish uchun payt poylab turadi… Ma’lumki, Sudanda bunday kengashlar faqatgina o‘tish davri va krizislar munosabati bilan tashkil qilib kelingan. Zero, avvalda joriy qilingan o‘tish davrlari armiya tomonidan davlat muassasalari qayta tashkil qilinib, kengash faoliyati to‘xtatib qo‘yilishi va biror bir harbiy ofitser bosh vazir qilib tayinlanishi bilan yakun topgan»… Savol-javob nashrasida yana bunday qo‘shimcha qilgan edik: «Sudanda shu narsa kutiladiki, AQSh bilan Britaniya aslo tinch-totuv yashay olmaydi. Chunki ularning manfaatlari boshqa-boshqa bo‘lib, har ikkisi ham o‘ziga tobe mahalliy qo‘g‘irchoqlarga ega. Shuning uchun tomonlar bir-birlarining harakatlarini barbod qilishga urinadi! Joriy voqea-hodisalarni kuzatib, ular bilan bog‘liq barcha ishlarni batafsil ko‘rib chiqilgandan keyin, shuningdek, mahalliy va xorijiy, xususan, Amerika va Evropa rasmiylarining bayonotlari elakdan o‘tkizilib, saralangandan so‘ng, shuni ayta olamizki, demak har ikki tomon ham o‘z raqibini bostirish, mag‘lub qilish va hokimiyatdan chetlatish uchun imkoniyatidagi barcha vositalarni ishga soladi…». Haqiqatda ham shunday bo‘ldi. Armiya ba’zi ishlarni sun’iy paydo qilib, Burhonning favqulodda holat e’lon qilishiga zamin yaratib berdi. Shuningdek, o‘zlarining mustamlakachi kofir xo‘jayinlariga xizmat qilish uchun Sudan xalqining qashshoqlik, iztirob va musibatlarini yanada orttirdi!

Ey musulmonlar!

Islom dushmanlarining mamlakat va uning xalqini zaiflashtirish uchun raqobatlashayotgani ajablanarli emas. Lekin ajablanarli va achinarlisi – bu ishlarning Islom va musulmonlarga mansub malaylar qo‘li bilan amalga oshirilayotgani va musulmonlarning bu ishlarni ko‘rib-eshitib turib, sukut saqlayotganidir! Keyin esa, turmush og‘irligi va emoq-ichmoqdagi tanglikdan nolimoqdalar, go‘yo  Alloh Subhanahu va Taoloning ushbu kalomini bilishmaydigandek:

وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنْكاً وَنَحْشُرُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَعْمَى  قَالَ رَبِّ لِمَ حَشَرْتَنِي أَعْمَى وَقَدْ كُنْتُ بَصِيراً  قَالَ كَذَلِكَ أَتَتْكَ آيَاتُنَا فَنَسِيتَهَا وَكَذَلِكَ الْيَوْمَ تُنْسَى

«Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz. U: «Parvardigorim, nega meni ko‘r qilib tiriltirding, axir ko‘rar edim-ku», degan edi, (Alloh) aytdi: «Shunday. Senga Bizning oyat-mo‘’jizalarimiz kelganida ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday «unutilursan»» [Toha 124-126]

Ey kuch-qudrat ahli!

Orangizda birorta aqli raso kishi yo‘qmi? Uzr keltirayotganlar uchun ham hech bir uzr qolmadi. Axir, ko‘rmayapsizlarmi, Amerika va Britaniya yurtingizda bemalol izg‘ib yuribdi. Malaylari esa, sizning orangizda, to‘g‘rirog‘i, xorlik va razolatga sizlarni etaklamoqda. Shunga qaramay, ularga qarshi chiqmaslik uchun bahonalar izlayapsiz.

Anavi mustamlakachi kofirlar

لاَ يَرْقُبُونَ فِي مُؤْمِنٍ إِلاًّ وَلاَ ذِمَّةً وَأُولَئِكَ هُمُ الْمُعْتَدُونَ

«Biron mo‘min xususida na ahdga va na burchga boqadilar, ular tajovuzkor kimsalardir» [Tavba 10]

هُمُ الْعَدُوُّ فَاحْذَرْهُمْ قَاتَلَهُمُ اللَّهُ أَنَّى يُؤْفَكُونَ

«Ular dushmandirlar. Bas, ulardan ehtiyot bo‘ling! Ularni Alloh la’natlagay! Qanday adashmoqdalar-a!» [Munofiqun 4]

Bularni do‘st tutayotgan islomiy yurtlar hukmdorlariga esa, aslo tayanib bo‘lmaydi. Chunki ular fosiq va zolimlardir.

وَلاَ تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لاَ تُنْصَرُونَ

«Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (tayanmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti etar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni zolimlarga tayansangiz) sizlarga yordam berilmas» [Hud 113]

Shunday ekan, nega harakatga kelmayapsizlar?! Qanday qilib, kuch-qudrat va ulug‘vorlik sizlarni nusrat berishga hamda Alloh va Rosulining dushmani bo‘lgan tog‘utlarni ag‘darib tashlashga undamaydi?! Qanday qilib, Islom ulug‘vorligi ila faxrlanib, Allohning diniga, bandalariga va da’vatni ko‘tarib chiqayotganlarga nusrat berish uchun ikkinchi Aqaba bay’atidagi ansorlarni eslamaysiz?!

Hizb ut-Tahrir sizlarni mustamlakachi kofirlar manfaati yo‘lida mamlakat va xalq ustidan hukm yuritayotgan tog‘ut rejimlarni ag‘darish hamda Allohning hokimiyatini barpo etish uchun nusrat-yordam berishga chaqiradi.

Ey kuch-qudrat ahli! Kelinglar, tog‘utlar hokimiyatini ag‘darib, uning harobalari uzra Allohning hokimiyatini barpo etish uchun Alloh va Rosuliga yordam berishga shoshilinglar. Shu orqali ikki dunyo azizligiga erishasizlar. Mana shu haqiqiy buyuk baxtdir.

Ey kuch-qudrat egalari! Sa’d ibn Muozni bir eslang. Zero, u kishi vafot etganda Allohga bo‘lgan imoni va U zotning diniga bergan yordami hurmatidan Rahmonning arshi larzaga kelgan edi. Buxoriy Jobir roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Payg‘ambarimiz ﷺ

«اهْتَزَّ العَرْشُ لِمَوتِ سَعْدِ بْنِ مُعَاذٍ»

«Sa’d ibn Muozning vafoti sababli Allohning arshi larzaga keldi», deb aytgan edilar.

Hizb ut-Tahrir sizlarni o‘ziga nusrat-yordam berishga, Allohning dushmanlaridan qo‘rqmaslikka chaqiradi. Aziz va kuchli Allohning quyidagi so‘zlarini eslanglar:

إِنْ تَنْصُرُوا اللَّهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ

«Agar Allohga yordam bersanglar, U ham sizlarga nusrat-yordam beradi va qadamlaringizni sobit qiladi» [Muhammad 7]

يَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَيُدْخِلْكُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي مِنْ تَحْتِهَا الْأَنْهَارُ وَمَسَاكِنَ طَيِّبَةً فِي جَنَّاتِ عَدْنٍ ذَلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ  وَأُخْرَى تُحِبُّونَهَا نَصْرٌ مِنَ اللَّهِ وَفَتْحٌ قَرِيبٌ وَبَشِّرِ الْمُؤْمِنِينَ

«(Agar shunday qilsangiz, Alloh) sizning gunohlaringizni mag‘firat qilur hamda sizni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga va abadiy jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritur. Bu esa ulug‘ baxtdir. Va (Alloh sizlarga) yana boshqa sizlar suyadigan (bir ne’matni ham berurki, u) Alloh tomonidan bo‘lgan nusrat va yaqin fathidir. (Ey Muhammad), mo‘minlarga (mana shu) xushxabarni etkazing!» [Saf 12-13]

Ey musulmonlar, ey kuch-qudrat ahli!

Hizb ut-Tahrir sizlardan yordam so‘rayapti, keling, unga yordam bering. U siz bilan faxrlanadi, keling, shu faxrga loyiq bo‘ling.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُوا أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

Hizb ut-Tahrir

18 robiulavval 1443h

25 oktyabr 2021m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.