Hizb yigiti zolimlar zulmi ostida qolmoqda
“Svodka” (AKIpress) nashrining xabar qilishicha, qiynoqlarning oldini olish milliy markazi xodimlari Qadamjoy rayonidagi IIBning tergov izolyatorida bo‘lishdi. U erda Qizil-Qiya shahrida yashovchi 46 yoshli fuqaro, Hizb ut-Tahrir partiyasi a’zosi zolim hukumat jallodlari tomonidan zulmda qolgani aniqlangan. Bu birodarimiz qattiq kasal bo‘lib qolgunga qadar Qadamjoydagi tergov izolyatorida ushlab turilgan, shundan so‘ng O‘shga olib borishgan, O‘sh viloyat kasalxonasida uni rakka chalingani va jarrohlik amaliyoti o‘tkazish zarurligini tasdiqlangan. So‘ngra uni O‘sh shahar 5-sonli tergov hibsxonasiga o‘tkazmoqchi bo‘lishgan, ammo bu tergov hibsxonasi qonunga zid tarzda yigitni qabul qilmagan. Hozir yana Qadamjoydagi tergov hibsxonasida ushlab turilipti.
Ey musulmonlar, bu yigit nima uchun qamoqqa olindi deb o‘ylaysizlar? Albatta, ekstremizmda ayblanib qamoqqa olingan deyishinglar mumkin. Biroq, aytingchi, u ekstremist bo‘lib nima qildi? Yoki zolim hukumatingizga ko‘r-ko‘rona ergashib “ekstremist” deyaverasizlarmi? Aqsida odam otdirgan ekstremist Akaev mamlakatga bemalol kelib ketdi. Bundan tashqari, u Qirg‘izistondagi korruptsiyaning otasi bo‘lgan. Uning boshqa jinoyatlarini sanab adog‘iga eta olmaymiz. Akaevga solishtirganda bu da’vatchi yigitimiz nima qilgan edi? Amaldagi hukumatning “qusturishini” ham ko‘rib turibsizlar. Xalqning qonini so‘rgan amaldorlar sog‘-salomat eb-ichib ishlab yurishadi, qamoqqa olingan kundan boshlab ularda “og‘ir kasallik” aniqlanadi va davolanish uchun qimmat xususiy kasalxonaga chiqarilishadi. Ba’zilari u erda o‘ynashlari bilan ko‘ngilxushlik qilib yurishipti. Keyin ozgina “qusub” qo‘yib, erkinlikda kapitalistik hayotlarini davom ettiradilar. Ularning oldida bu da’vatchi yigitimizning aybi nima? Uning “aybi” – Allohdan boshqa iloh yo‘q, Alloh aytgandek yashanglar, Payg‘ambar alayhis-salom Allohninig Rasuli, u zot ko‘rsatgandek hayot kechiringlar deganimi? Kapitalistlar zulmidan qutulib, Islom asosida yashanglar, islomiy haq-huquqlaringni talab qilib olinglar deganimi?
Ey musulmonlar, bir vaqtlar hukumat tomonidan Hizb yigitlari zulmga uchragan vaqtda “ekstremistlar jazosini olyapti” deb, kapitalistlar zulmiga befarq bo‘lgan edinglar. Hozir kaptilalizm zulmi har biringizning uyingizga qadar kirib bordi. Hozir har biringlar zulm ko‘rmoqdasizlar. Agar jamiyatni haqiqatga chaqirayotgan o‘g‘lonlaring taqdiriga loqayd bo‘lishda davom etsangiz ustingizdagi zulmlar yanada kuchayaveradi. Shunday ekan xushinglarni yig‘ib olinglar. Kapitalizm zulmiga qarshi turinglar va uni tag-tomiri bilan qo‘porib tashlovchi Islomni o‘rganing. Hech qanday haq talab qilmay, da’vat yo‘lida jonini fido qilib, Islominglarni o‘rgatayotgan farzandlaring – mana shu Hizb yigitlaridir. Ularga bag‘ringlarga olib, zolimlar zulmidan himoya qilinglar, bu bilan o‘zinglarni ham qutqarasizlar.
Allohim, birodarimizning dardiga shifo bergin, sinovlar qarshisida sabr-toqat bergin. Allohim, birodarimizni azizlikka erishtir, darhaqiqat azizlik faqat Sening huzuringdadir!
Turkiston