Bishkekda “Evroittifoq-Markaziy Osiyo” iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi.

285
0

Bishkekda “Evroittifoq-Markaziy Osiyo” iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi.

 Xabar: 5-noyabr kuni Bishkekda “Evroittifoq-Markaziy Osiyo” birinchi iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda vazirlar mahkamasining birinchi o‘rinbosari Aziz Aaliev matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Matbuot anjumanida Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terhi Hakala va Qirg‘izistonning Belgiyadagi elchisi Muxtar Jumaliev ishtirok etdi.

 Forumga Qozog‘iston, O‘zbekiston bosh vazirlari, Tojikiston va Turkmaniston bosh vazir o‘rinbosarlari kelishadi. Evropa Ittifoqi nomidan tashkilot vitse-prezidenti, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari va biznes vakillari ishtirok etadi.

 Izoh: Evropa Ittifoqi 2019 yili Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyani ishlab chiqish va qabul qilish borasida qaror qabul qilgan edi. Mazkur strategiya doirasida EI mintaqa davlatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, investitsion, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit, suv manbalari va xavfsizlik jabhalari hamda ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirish rejalashtirilgan edi.

 Ayni mana shu strategiya doirasida Evropa Ittifoqi mintaqa davlatlariga asosan, qishloq xo‘jaligi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va ta’lim sohasiga mablag‘lar ajratishni boshladi. 2019-yili EI va Qirg‘iziston hukumati o‘rtasida ta’lim sohasini qo‘llab-quvvalash uchun 35,7 million evrolik shartnoma imzolandi va ittifoq rasmiylari birin ketin mitnaqa bo‘ylab safarlarini boshlab yuborishdi.

 Masalan, 10-oktyabr kuni Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terhi Hakala Qirg‘izistonga keldi. Hakala ikki kunlik safari doirasida prezident Sadir Japarov, Vazirlar mahkamasining birinchi o‘rinbosari Aziz Aaliev, tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbaev, Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Taalatbek Masadikov va ombudsman Tokon Mamitov bilan uchrashdi. Hakalaning tashrifida siyosat, demokratiya, qonun ustivorligi, inson huquqlari, so‘z erkinligi kabi qadriyatlarga alohida e’tibor qaratildi. Garchi hozircha EIning mintaqa davlatlariga siyosiy ta’siri sezilarli bo‘lmasada ammo iqtisodiy jihatdan kirib kelish va ta’sirini o‘tkazish yo‘lidagi harakatidan to‘xtagani yo‘q. Shu bilan birga mintaqa davlatlari ta’lim sohasiga yordam ajratish orqali o‘zining saqofiy ta’sirini ham kengaytirshga intilib kelmoqda.

 Ma’lumki, Rossiyaning Markaziy Osiyo respublikalari ustidagi siyosiy, saqofiy va iqtisodiy ta’siri tobora kamayib bormoqda. Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar rahbarlari olib borayotgan avtoritar boshqaruv hamda amaldorlarning korruptsiya botqog‘iga botib ketgani sababli yurt boyliklari talon-taroj qilinmoqda. Natijada mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyat izdan chiqib, davlat g‘aznasi bo‘shab qoldi. Bu davlatlar hatto oddiy bir islohot o‘tkazishlik uchun ham xorijiy davlatlarning moliyaviy qo‘lloviga muhtoj bo‘lib qolishdi. Rossiya hozirgi iqtiodiy ahvolida ularga moliyaviy ko‘mak ko‘rcatish imkoniga ega emas. Rossiyadagi bu iqtisodiy inqirozdan foydalangan G‘arb davlatlari mintaqadagi davlatlarga turli ko‘rinishdagi grant va moliyaviy yordamlar ajratib kelishmoqda. Tabiiyki, g‘arb davlatlari ajratadigan grantlar ortidan o‘z manfaatlariga mos bo‘lgan talablarni ham qo‘yishadi. Bu esa mintaqa davlatlarini Rossiyadan uzoqlashiga olib keladi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.