بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Shom qo‘zg‘oloni va qonxo‘r rejim o‘rtasidagi kuch-qudrat manbalari
Ustoz Mustafo Rizvon
Ko‘pchilikni, asosan, islomiy siyosiy va jihodiy harakatlar etakchilarini bir savol o‘ylantirib kelgan. Ya’ni «katta kuch kimning qo‘lida, qo‘zg‘olonchilardami yoki Asad rejimida?!».
Har qanday davlatda yoki odamlar jamoasida kuch-qudrat omili harbiy qudratdagina emas, balki boshqa narsalarga ham bog‘liq.
Usmoniy davlatni olaylik, so‘nggi paytida katta harbiy kuchga ega edi. Biroq, uni chor atrofdan dard va zaiflik o‘z domiga tortdi. Hatto uni «kasal odam», deyishadigan bo‘ldi.
Tarix hamon temir Rim armiyasini eslaydi. O‘shanda u harbiy jihatdan aytarlik katta kuchga ega bo‘lmagan musulmonlar bilan qarshima-qarshi keldi… Ammo Rim, qudratli armiyasi bo‘la turib, musulmonlar oldida mag‘lub bo‘ldi.
Mo‘’ta jangida musulmonlar o‘sha paytda eng dahshatli harbiy qudrat bilan yuzma-yuz keldilar… bu jangda umuman tenglik yo‘q edi. Shunga qaramay, musulmonlarning rumliklar armiyasini dahshatga solib ko‘rsatgan qahramonliklari tarixda qoldi… Mo‘’ta jangi Yarmukdagi nusratga ochqich bo‘ldi.
Demak, harbiy qudrat jang uchun ham, davlat uchun ham yagona tayanch bo‘lishga etmaydi hamda ularning qudratiga o‘lchov bo‘lolmaydi. Balki bundan ahamiyatliroq boshqa tayanchlar ham shart bo‘ladi.
Harbiy qudrati bor bo‘lishiga qaramay, Xalifalikdek bir davlatni so‘nggi davrilarda zaiflashtirgan narsa nima?! Islomning ilk davrida musulmonlarni Fors va Rim imperiyalarini mag‘lub etadigan darajada kuchli qilgan quvvat nima?!
Musulmonlarni kuchli qilgan quvvat eng birinchi navbatda ular imon keltirgan mabdadir. Keyin esa, rostgo‘y ongli siyosiy etakchilar qudratidir. Bu qudratni hozirda «xalqchillik», «xalq bazasi», deyilyapti. Agar xalq bazasi ushbu siyosiy etakchilarni va harbiy qudratni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa va barchalari birgalikda o‘zlari imon keltirgan mabdadan balqib chiquvchi bitta yagona loyiha atrofida birlashsalar, bu ularda qat’iyat va kuch-qudratni paydo qiladi. Chunki bunday holatda barchalari qoyadek qudratni, sinmas po‘latdek ahd paymonni shakllantiradilar.
Siyosiy qudrat: Siyosiy qudrat siyosiy rahbarlar, partiyalar va jamoalarda gavdalanadi. Ular siyosiy hazoriy loyihaga ega bo‘lib, butun insoniyat hayotini o‘zgartirish uchun sa’y-harakat olib boradilar… Ular na murosaga rozi bo‘ladilar va na yarimtaki echimga.
Xalq bazasi: Bu qudrat o‘zining afkori ommasi bilan hamda loyihani va loyiha egalarini va loyihaga nusrat beruvchilarni qo‘llab-quvvatlashi bilan kuchlidir. Chunki bu qudrat loyiha, uning loyiha egalari va loyihaga nusrat beruvchilar uchun barqaror tabiiy asos hisoblanadi. Aynan shu qudrat siyosiy qudratni, uning davlat rahbarlarini, loyihasini, ansorlarini o‘z imkoniyat va energiyasi bilan qo‘llab-quvvatlaydi.
Siyosiy etakchilik: Siyosiy etakchilik loyiha va davlat rahbarlarida gavdalanib, davlat energiyasining eng muhim asoslaridan biridir. Chunki Alloh arablarni Islom bilan, Islomni esa, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali va boshqalar kabi, davlat rahbarlari bilan kuchli qildi, Alloh barchalaridan rozi bo‘lsin. Sahobalar davlat rahbari va siyosatchi bo‘lganlar. Ular kuchli pozitsiyalarni egallashga va yuklarni ko‘tarishga qodir edilar. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning murtadlar va zakotdan bosh tortganlarga nisbatan pozitsiyasi yosh davlat tarixida muhim burilish yasadi. Umar roziyallohu anhuning qo‘li bilan Alloh Taolo Fors va Rumni fath qildi hamda Umar roziyallohu anhuning odilligi va uning odil siyosati bilan odamlar behojat yashashdi. Sulton Abdulhamid rohimahulloh tezlik bilan qulayotgan davlatni qulishini kechiktirdi… Agar o‘sha paytda davlatga qarshi til biriktiruvlar va qattiq zaiflik bo‘lmaganida edi, u davlatni bu holatdan qutqarib-rivojlantirishga muvaffaq bo‘lardi.
Demak, voqea-hodisalarga manfaat va zarar nuqtai nazaridan emas, aqidaviy mabda nuqtai nazaridan qarovchi davlat rahbarlari va siyosatchilar davlat qudratining omillaridan va kuchli tayanchlaridan biridir.
Ummat aqidasidan balqib chiqishi lozim bo‘lgan siyosiy loyihaga kelsak, u shunday yagona loyihaki, insonlar uning atrofida to‘g‘ri jamlanadilar. Bu loyiha tarqoq insonlarni birlashtiradi, insonlar o‘z yo‘llarini hamda uzoq-yaqin maqsadlarini shu loyiha orqali ko‘radilar. Shuning uchun o‘zaro birlashib, shu loyiha yo‘lida jang qiladilar, armiyaning jangovar doktrinasi ham shu loyiha asosida tuziladi, odamlar o‘z oqsoqollari va kattalari atrofida shu loyiha bilan jamlanadilar. Maqsadlarni belgilab, yo‘llarni chizib, vazifalarni yuklab, rollarni bo‘lishib beradigan umumiy siyosiy loyiha uchun aniq bir siyosiy reja bo‘lmas ekan, musulmonlar hokimiyatni egallagan taqdirda ham, Islom hokimiyatga aslo etolmaydi. Chunki aynan ushbu loyiha Islomni hokimiyatga qanday olib chiqish va qanday tatbiq qilishni bayon qiladi hamda jamoani o‘z maqsadiga etguniga qadar adashishdan saqlab turadi. Shuningdek, davlatni faoliyat yo‘li va kengqamrovli rejasini bayon qilish orqali adashishdan himoya qiladi hamda davlatga qanday ichki va tashqi siyosat qabul qilish kerakligini o‘rgatadi. Shuning uchun Islomning hukm yuritishga va insonlar ishlarini boshqarishga qodirligi borasida shubhaga o‘rin qoldirmaydi hamda birlashtirgandan keyin ixtilofga ham yo‘l bermaydi… Chunki yo‘l aniq qilinib, maqsadlar belgilab qo‘yilgan va fikrlar ham oydek ravshan bo‘ladi.
Xalq bazasi va afkori omma qudratiga kelsak, u masalaning tamal toshi va mag‘zi hisoblanadi. Ya’ni, siyosiy kuch ham, armiyalarni safarbar qiladigan ham, ularni mablag‘, qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlaydigan ham xalq bazasidir.
Agar Shom qo‘zg‘oloni xalq bazasiga ega bo‘lmaganida, Asad rejimi qo‘shinlaridan birortasi ham rejimdan ajrab chiqishga jur’at qilolmas edi, shuningdek, unga qarshi jang qiladigan va mintaqalarni ozod etadigan harbiy bo‘linmalarni tashkil qilmagan bo‘lardi. Agar sayyidimiz Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhu sa’y-harakat olib borgan xalq qo‘llab-quvvatlovi bo‘lmaganida, Madinada davlat arkonlari barpo bo‘lmasdi. Masalan, ilk bor bo‘lgan Badr ma’rakasida Rosululloh ﷺ jangga chiqdilar, ul zot bilan birgalikda barcha musulmonlar jang qildilar, faqat muhojirlarning o‘zi jang qilmadi. Balki butun xalq urushga chiqib, davlat rahbarlari, loyihalari, etakchilari va xalq bazasi bilan birga bir tanu bir jon bo‘lib, siyosiy uyushmaga aylandilar.
Ana, Asad rejimiga boqing! Unga qarshi butun xalq ko‘tarilib, qo‘rquv devorini ag‘darganida, bu rejim ag‘darilishiga bir bahya qoldi. Agar dunyoning sharqu g‘arbi bu yolg‘iz qo‘zg‘olonga qarshi til biriktirmaganida, rejim allaqachon ag‘darilgan bo‘lardi. Bunga Lavrovning «agar Rossiya aralashuvi bo‘lmaganida, poytaxt Damashq tepasida qora bayroqlar hilpirashi aniq edi», degan so‘zlari yaqqol dalil. Darvoqe, Dar’adagi so‘nggi hodisalar rejimning naqadar nimjon ekanini isbotladi, chunki jangchilarni butun xalq qo‘llab-quvvatladi. Ushbu shahar o‘zidagi oddiy qurol-yarog‘i bilan qonxo‘r rejimni etmish kundan ziyod tinka-madorini quritdi. Oqibatda, rejim siyosiy makr yo‘liga o‘tib, o‘z obro‘sini tiklash maqsadida qo‘zg‘olonchilar bilan muzokara qilishga majbur bo‘ldi.
Shunday ekan, kim xalq bazasiga ega bo‘lsa, qudrat manbaiga va mash’alasiga ega bo‘ladi. Agar ushbu baza siyosiy qudrat va harbiy qudrat bilan birlashsa, hargiz mag‘lub bo‘lmas qudratga aylanadi.
Hozir Bashar Asad rejimi o‘z jangchilariga goh kuch bilan, gohida manfaat asosida etakchilik qilyapti. Unda na jangovar doktrina bor va na xalq bazasi. Hatto tamal toshi ham yo‘q… Ya’ni, bu rejimda asos sifatida aqidaviy siyosiy loyiha yo‘q, faqat xorijiy qo‘llab-quvvatlovga va o‘zidagi qurollarga tayanadi, xolos.
Muborak Shom qo‘zg‘oloniga kelsak, unda juda katta xalq bazasi bor. Garchi bu xalq bazasi kuchli tuzoqlarga uchrasa-da, shuningdek, unga qarshi qattiq bosimlar bo‘lib, sekinlashtirib qo‘ygan esa-da, biroq, qo‘zg‘olon hanuz qo‘zg‘olonchilar qalblarida lovullab yonmoqda. Har qanday harakat qo‘zg‘olon cho‘g‘ini qoplab turgan kulni puflasa, albatta qaytadan alanga oladi. Qo‘zg‘olondagi mavjud jangovar qudratga kelsak, u rejimni konstitutsiyalari, arkonlari va barcha basharalari bilan qo‘shib ag‘darishga albatta qodirdir. Faqat jangchi guruh etakchilarining «qo‘llab-quvvatlovchi» davlatlar bilan aloqa qilib, o‘z qarorlarini topshirib qo‘yishgani ushbu jangovar qudratni kishanlab qo‘ydi, qonxo‘r rejimni ag‘darishiga xalaqit berdi.
O‘z davlat arboblari va loyihasiga ega bo‘lgan siyosiy uyushmaga kelsak, u Hizb ut-Tahrirdir. Hizb ut-Tahrir xalqaro taniqli partiya bo‘lib, Ummat aqidasidan balqib chiqqan siyosiy loyihaga ega. Toki Alloh Taolo Hizbning qo‘li bilan va mana shu loyiha orqali Damashqni fath qilib berishi uchun Hizb ut-Tahrir ayni loyihani qo‘zg‘olon ahli va jangchilari orasida keng tarqatishda hamon davom etmoqda.
To‘g‘ri, mashaqqat katta, ammo mukofot ham katta, insha Alloh. Bas, shunday ekan, siz qo‘llab-quvvatlovchi xalq o‘z ahlini hargiz aldamaydigan ushbu etakchi atrofiga birlashsangiz va uni qo‘llasangiz, Allohning izni ila Hizb sizni barcha yaxshiliklarga eltadi.
Ey Shomdagi xolis jangchilar!
Siz «qo‘llab-quvvatlovchi» davlatlar bilan aloqa qilish va qarorlarni ularga topshirib qo‘yishning naqadar achchiq ekanini ko‘rdingiz. Bu davlatlar qo‘zg‘olondagi maqsadingizni unuttirish uchun sizni to‘pladi. Biroq, Hizb ut-Tahrir sizni bu dunyo kuch-kudrati va oxirat ne’matiga noil qiluvchi buyuk Xalifalik loyihasi atrofida jamlanishga da’vat qilmoqda. O‘tgan kunlar tog‘ut rejimning kuchsizligini, uning muqobili o‘laroq, qo‘zg‘olonning qudratli ekanini isbotlab berdi. Zero, Halab qamalini yorib chiqish jangi rejimni sindirish uchun birinchi jang bo‘lmagani kabi, Dar’a jangi ham oxirgisi emas. Lekin har ishning o‘z vaqti bor. Qachon Alloh Taolo ushbu buyuk Islom loyihasiga ega zotlar uchun, xuddi Rosuli akram ﷺning ansorlari va qo‘llab-quvvatlovchi xalq bazasi kabi, ansorlarni va xalq bazasini muhayyo qilib bersa, albatta qonxo‘r rejimni ag‘daramiz va uning xarobalari uzra Islom hokimiyatini barpo etamiz. Bu Allohga aslo mushkul emas.
Roya gazetasining 2021 yil 20 oktyabr chorshanba kungi 361-sonidan