Rejim odamlardan o‘g‘irlagan mollar qaerga ketyapti?!

307
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Rejim odamlardan o‘g‘irlagan mollar qaerga ketyapti?!

(Ramalloh – «Shohid» veb-sayti hijriy 1443 yil 6 robiulavval, milodiy 2021 yil 13 oktyabr chorshanba) Oshkoralik va Javobgarlik Kongressi «Aman» tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, Falastin rejimi 2021 yilning birinchi yarmida «xavfsizlik sektorini kuchaytirish uchun» taxminan 1.67 milliard shekelь («Isroil»ning yangi valyutasi) sarflagan, bu birinchi yarim yil uchun mas’uliyat markazlari xarajatlarining 22 foizini tashkil etadi.

Hisobotda aytilishicha, joriy yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kapital xarajatlar ortgan, bu xarajatlar xavfsizlik zobitlari uchun olingan 184ta mashinaga hamda razvedka xizmati zobitlari uchun olingan 85ta mashinaga sarflangan bo‘lishi mumkin. Ammo bu mashinalarni sotib olishga asosli sabablar ko‘rsatilmagan.

Xavfsizlik sektoriga bo‘lgan bunday isrofgarchilikdan farqli o‘laroq, hisobotda ta’kidlanishicha, kambag‘al oilalarga yordam pullari yiliga bir marta berilgan, xolos. Vaholanki, ro‘yxatda yiliga to‘rt marta yordam puli berilishi qayd qilingan… Shuning uchun kambag‘al oilalar ushbu yordam pullaridan mahrum bo‘lishlari mumkin.

«Aman»ga ko‘ra, nisbatan yuqori bo‘lgan bojxona va soliq daromadlari yalpi ichki mahsulotning qariyb 25 foizini tashkil etmoqda. Bu esa, davlat xarajatlarini yopishga ko‘proq hissa qo‘shayotgan tomon Falastin jamiyati ekanini anglatadi. O‘z navbatida, bu daromad va iste’mol hajmiga nisbatan og‘ir moliyaviy va soliq yuki jamiyat elkasiga tushyapti, deganidir.

«Aman» nashr qilgan hisobotda aytilishicha, falastinlik shaxs davlat byudjeti uchun eng muhim manba hisoblanib, u hukumat siyosati ustidan jamiyat nazoratini kuchaytirmog‘i hamda shaffoflikni orttirmog‘i lozim».

Roya:

Ushbu hisobotdan ko‘rinib turibdiki, Falastindagi jinoyatkor ma’muriyat sababli yurt ahli boshiga tushayotgan musibat-mashaqqat juda og‘ir. Chunki ularning kissalari soliq va bojlar bilan qoqib olinyapti, yordam pullari esa o‘g‘irlanib, falastinlik jinoyatkor korruptsiyachi rahbarlar va xavfsizlik xizmati xodimlari cho‘ntagiga tushyapti. Zotan, Falastin xavfsizlik xizmatining asosiy va deyarli yagona vazifasi yahudiy vujudi bilan rejim gumashtalarining mudofaa va xavfsizligini ta’minlash bo‘lsa, o‘z navbatida, bu gumashtalar ham kechayu-kunduz mana shu jirkanch vujudni himoya qilib yotishibdi.

Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga etarli xarajat qilinmaganligi hamda rejim da’vo qilganidek, «moliyaviy resurslarning etishmasligi» sababli ayni sohalarning butunlay izdan chiqqanini barcha odamlar his etib turgan bir paytda, mana shu hisobot o‘rtaga chiqdi va o‘rtaga chiqish bilan pardani ko‘tarib, ulkan qora tuynukni ko‘rsatib qo‘ydi. Bu qora tuynuk mol-mulklarni bitirib, Falastin ahlini savodsizlik, kasallik yomon ahvol va og‘ir turmush tarzi bilan kurashib yashashga majburlamoqda.

Bu hisobot insonparvarlik jihatidan ajratilgan mablag‘larning juda ham oz ekanini ko‘rsatyapti. Har uch oyda kambag‘al va muhtoj oilalarga etkazilishi aytilgan bu mablag‘ shu qadar ozki, ularning asosiy ehtiyojlarini qondirishga etmaydi. Biroq, bu rejim ularga mana shu arzimas ushoqlarni ham etkazib bermadi, atigi to‘rt safardan bir safarini berdi. Ya’ni jadval bo‘yicha bir yilda to‘rt marta berish o‘rniga, bir marta berib qo‘ydi, xolos.

Ha, bu rejimning Falastin ahliga nisbatan qilayotgan jinoyatlarini hech bir so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi… Chunki rejim bir tomondan, ularning molini o‘g‘irlab, bu mablag‘ga yahudiylar xavfsizligini himoya qiluvchi xavfsizlik xizmatiga mashinalar olib berayotgan bo‘lsa, yana bir tomondan, ulardan kambag‘allariga mo‘ljallangan insonparvarlik yordamlarini ham o‘g‘irlab, rasmiylar va mansabdorlar cho‘ntagini qappaytiruvchi loyihalarga sovuryapti.

Haqiqatdan ham, Falastin rejimi yurt ahliga baloi azim bo‘lgan nopok daraxtdir. Shuning uchun Falastin ahli bu rejimni danak kabi tupurib tashlamoqlari hamda ularga bu dunyoda kuch-qudrat, oxiratda yutuq keltiruvchi Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishga Hizb ut-Tahrir bilan barobar harakat qilmoqlari lozimdir.

Roya gazetasining 2021 yil 20 oktyabr chorshanba kungi 361-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.