Suriyadagi guruhlar Shom ahli qurbonliklari va azob-uqubatlari hisobiga faol davlatlar siyosatini amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda

375
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Suriyadagi guruhlar Shom ahli qurbonliklari va azob-uqubatlari hisobiga faol davlatlar siyosatini amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qilmoqda

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi raisi ustoz Ahmad Abdulvahhob bunday deydi:

«Suriya ustida harakat qilayotgan faol davlatlarning har biri proksi-vakolat urushini olib bormoqdalar. Masalan, Amerika IShIDga qarshi jangda Suriya demokratik kuchlaridan foydalandi. Rossiya jangchi guruhlarga qarshi urushda beshinchi korpusdan foydalandi. Turkiya rejimi ko‘plab ozod qo‘shinlar guruhlarini yo‘q qilishda Tahrir Shomni ishga soldi, shuningdek, Suriya demokratik kuchlariga qarshi jangda ozod qo‘shinlardan foydalandi. Eron rejimi jangchi guruhlarga qarshi jangda o‘zining jangarilari va Livandagi hizbidan foydalandi. Ya’ni, Suriyadagi jangchi guruhlar tizimi Shom ahli qurbonliklari va azob-uqubatlari hisobiga ishlab berdi. Bu ishda yagona yutuqni Shom tog‘uti qo‘lga kiritdi. Chunki qayta nazoratiga olishi uchun ko‘plab hududlar uning qo‘liga topshirildi. Yagona yutqazuvchi esa, Shom ahli bo‘ldi. Shom ahli o‘zlariga zarracha foyda keltirmagan guruhlararo urushda farzandlarini yo‘qotishdi. Shuningdek, faol davlatlardan nopok pullar olgan guruh etakchilari hamda Shom tog‘uti foydasiga o‘z uy-joylari va oziq-ovqatlaridan ajraldilar.

Roya gazetasining 2021 yil 29 sentyabr chorshanba kungi 358-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.