بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ommaviy axborot vositalarining o‘z kasbiy etikasidan voz kechib, dushmanlikdan yorilib ketayotganiga «Albawaba» veb-saytining Hizb ut-Tahrirga qilgan tuhmati misol bo‘la oladi
Qarorgohi Ammon-Iordaniyada joylashgan «Albawaba» veb-sayti 2021 yil 21 sentyabrda «Hizb ut-Tahrir Turkiya-Ukrainaning qo‘llab-quvvatlovi bilan Qrimga ko‘chmoqda» sarlavhali bo‘hton va yolg‘onga to‘la maqola nashr qildi.
Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot bo‘limi mazkur maqolaga nisbatan o‘z bayonotida «Yolg‘on maqolani bugungi zamon va makonda internet orqali chiqarish g‘irt nodonlik, chunki hozir bitta tugmachani bosish bilanoq uning yolg‘onligi, tuhmatligi ma’lum bo‘ladi-qoladi!», dedi. Hizb matbuot bayonotida yana quyidagilarni ta’kidladi:
«Bu mintaqadagi rejimlar hozir musulmonlarni ham, Allohga va shariatiga chaqirayotgan da’vat ahlini ham uzoq muddatli qamoqqa hukm qilib, turli qiynoqlarga solmoqda. Bas, Turkiya rejimi kabi bir ilmoniy rejim qanday qilib Hizb ut-Tahrirni qo‘llab-quvvatlasin, axir, u ochiq-oshkor malaylikda davom etayotgan va o‘z yurtida Hizbga qarshi kurashni, tazyiq o‘tkazishni to‘xtatmayotgan bo‘lsa?! Shuning uchun bu maqola o‘zini-o‘zi yolg‘onligini fosh etadigan hamda dushmanlikdan yorilib ketayotgan ommaviy axborot vositasining maqolasidir.
Biz aminmizki, ular bunday qilmishlari bilan Hizb ut-Tahrircha zarracha ziyon etkazisholmaydi. Ilgari o‘zlarini yolg‘onchilikda, makr va nopoklikda hammadan o‘tib tushishlarini isbotlab bo‘lishgan. Hizb esa, butun dunyoni o‘z da’vati bilan to‘ldiradigan, uning mafkurasini barcha musulmonlar ko‘tarib yuradigan bo‘ldi. Ogoh bo‘lingkim, bu Xalifalikning qayta barpo etib, Islom tuzumini qayta olib kelish mafkurasidir.
Biz so‘zimiz nihoyasida, yolg‘onchilik ko‘chasiga kirgan hamda moliyalashtirayotgan tomonlardan qarzdor bo‘lib qolgan har bir kimsaga bunday deymiz: Shuni bilingki, sizlar haqiqatni aslo o‘zgartirolmaysiz, uni hargiz yo‘q ham qilolmaysiz. Tog‘ut rejimlarni ta’mirlashga urinyapsizlar-u, ammo u zavol topishga yaqin qoldi. Ularning solgan kishanlari sinmay qolmaydi va medialari ham albatta zavolga yuz tutadi. Chunki istang-istamang, haqiqat quyoshi albatta o‘z nurini taratajak».
Roya gazetasining 2021 yil 29 sentyabr chorshanba kungi 358-sonidan