Evrokomissiya OAVni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Xabar: Evrokomissiya jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari (OAV) xodimlarining xavfsizligini saqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va erkinligini ta’minlashga qaratilgan qator tavsiyalarni taqdim etdi. Bu tavsiyalar jurnalistlar o‘z ishlarini bajarishda duch keladigan jismoniy xavf-xatar va tahdidlar bilan bog‘liqdir. Komissiyaga ko‘ra, uning bu tavsiyalari xususan, mustaqil jurnalistlarni va OAVning ayol xodimlarini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek komissiya jurnalistlarning shikoyatlarini qabul qilish, ularga psixologik va amaliy yordam ko‘rsatish, shu jumladan o‘lim bilan tahdid qilingan taqdirda, ularni xavfsiz joylarga joylashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy darajadagi mustaqil bo‘limlar tashkil etishni tavsiya qildi.
Izoh: Ommaviy axborot vositalari (OAV) jamiyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, uning xatari ham kattadir. Chunki u insonlarning fikri, tushunchasi, tuyg‘ularini shakllantirish va o‘zgartirishda katta rol o‘ynaydi. Hatto OAVning ta’siri olamdagi har qanday harbiy quroldan ham kuchliroq deyish mubolag‘a bo‘lmay qoldi. Harbiy amaliyot vaqtincha ta’sir qilishi mumkin, ammo u tugashi bilan ishlar yana tezda o‘z oqimiga qaytadi. OAVning ta’siri esa insonlarning hayot tarziga aniq ta’sir o‘tkazib, uni bir yo‘nalishga soladi. Shuning uchun harbiy hujumlar to‘xtagan taqdirda ham axborot hujumlari davom etaveradi.
Bugungi kunda butun dunyo OAV G‘arbning qo‘lida bo‘lganligi sababli uning barcha yo‘nalishlari G‘arb tomonidan belgilanmoqda. Xabarlarni e’tibor bilan kuzatgan insonga OAVning asosiy strategiyasi odamlar e’tiborini muhim muammolardan chalg‘itib, arzimagan mavzular bilan doim ovora qilib turish, jiddiy muammolarni esa arzimas qilib ko‘rsatish, musulmonlar ichida vatanparvarlik va millatchilik urug‘larini ekish, Islomiy yurtlar o‘rtasidagi soxta chegaralarni muqaddaslashtirish, ko‘pxotinlik kabi islomiy tushunchalarni buzib ko‘rsatib, fahshga asoslangan g‘arbliklar madaniyatini iffatli qilib ko‘rsatish ekanligi sir bo‘lmay qoldi.
G‘arb qanday fikrni o‘zgartirishni istasa, matbuot yordamida o‘zgartirishi, istagan fikrni yoyishi yoki o‘ziga xatar deb hisoblagan fikrni buzib ko‘rsatishi mumkin. Bu esa OAV butun vujudi bilan Islomga qarshi hujum pozitsiyasida faoliyat yuritayotganidan darak beradi. Masalan, Afg‘onistonda Xalifalik qayta tiklanishni o‘zi uchun xatar deb bilgan G‘arb darhol matbuot hujumini kuchaytirdi. OAVning tasvirlashicha, go‘yo shu kungacha Afg‘onistonda tinchlik hukm surgan-u, bugunga kelib Tolibon Shariat bilan boshqarishni e’lon qilishi bilan notinchliklar boshlanib ketganday. Tolibon hokimiyatni egallashi bilan OAV “Umidsizlik, Zamonaviy afg‘on yoshlari Tolibon bilan kelajak qurish mumkinligiga ishonmayapti”, “Hamma Afg‘onistondan ketish qayg‘usida”, “Afg‘onistondagi Islomiy davlat naqadar xavfli?” “Afg‘onistonlik ayollar Tolibon va’dalariga shubha bilan qarayapti”, “Taqdir hukmiga tashlanganlar – Tolibon iskanjasida qolgan afg‘on aëli”, “Ochlik va umidsizlik girdobidagi Afg‘oniston”, “Burqadagi afg‘on ayollari”, “Toliboncha Shariat qanday bo‘ladi” va hokazo nomlar ostida xabarlar tarqata boshladi. Yigirma yillik qirg‘inlar esa darhol unutildi. Bundan ko‘zlangan maqsad Islomiy boshqaruv shaklini xunuk va yaroqsiz qilib ko‘rsatish yaqqol ko‘rinib turibdi.
Evrokomissiyaning OAV va jurnalistlar uchun jon kuydirishi bejiz emas. yuqorida aytib o‘tilganidek, ular Islomga qarshi kurashida asosiy rolni bajarishmoqda. Islom Ummatini kelajakka nisbatan umidsizlikka tushirish, Musulmonlar ongida kufr qarshisida zayiflik hissini uyg‘otish, Islom Ummati o‘rtasida birlashish imkonsiz, degan tasavvurni paydo qilish, agar Islomiy boshqaruv hokimiyatni egallasa, boshqaruvga yaroqsizligi tufayli har tarafni parokanda qilishi haqidagi tushunchani singdirish, bugungi kundagi Musulmonlarning voqeligi qochib qutulib bo‘lmaydigan holat ekanligini uqtirish kabi ishlar OAVning asosiy vazifasiga aylangan.
Bular bugungi kundagi OAV deyarli har kuni tarqatayotgan xabarlar haqida keltirilgan ayrim misollardir. Demak shunday ekan, Musulmonlar uchun Ummatning barcha masalalarini haqqoniy yoritadigan, Qur’on va Sunnatda kelgan uslublardan aslo chetga chiqmaydigan, Ummatning o‘ziga xos OAV lozimdir. Bunday OAV esa faqat Ummatning o‘z jinsidan bo‘lgan bir siyosiy vujud, ya’ni Xalifalik davlati bo‘lsagina vujudga keladi. Faqat Xalifalik davlati axborot siyosatini Qur’oni Karim, Sunnat asosida tartibli yo‘lga qo‘yadi. Ana shundagina OAV Musulmonlarning yuksalishiga haqiqiy ma’noda o‘z asosiy hissani qo‘shishi mumkin.
Qiyomuddin Sharif