Amerika yahudiy vujudi bilan strategik munosabatlarini mustahkamlash va uning xavfsizligini mudofaa qilish majburiyatini olgan

453
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amerika yahudiy vujudi bilan strategik munosabatlarini mustahkamlash va uning xavfsizligini mudofaa qilish majburiyatini olgan

«I24NEWS» veb-saytida (hijriy 1443 yil 17 muharram, milodiy 2021 yil 25 avgust chorshanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bunday dedi: «Amerika Isroil bilan strategik munosabatlarini mustahkamlash va uning xavfsizligini mudofaa qilish majburiyatini olgan. Bu narsa xavfsizlik masalasida yordam berishda o‘z aksini topadi. Amerika ma’muriyati (Isroil) fuqarolarini himoya qilish yo‘lida «Temir gumbaz» (raketalarga qarshi mudofaa tizimi) faoliyati davom etishini ta’minlashga hamda Isroilning Eron va unga yordam berayotganlardan himoyalanish qobiliyatini saqlab qolishga sodiqdir».

Roya:

Darhaqiqat, Amerika yahudiy vujudiga o‘tgan yili 3.8 milliard dollar yordam berdi. Bu 2016 yildan beri sobiq prezident Barak Obama davrida boshlangan yahudiylarga o‘n yil davomida taxminan 38 milliard dollar berish borasidagi AQSh majburiyatlarining bir qismi sifatida amalga oshirildi. Ushbu yordamlarning barchasi harbiy maqsadlarga qaratilgan bo‘lib, bundan muborak Falastin zaminida yahudiy vujudini mustahkamlash hamda uning Falastin ahlining erlarini yanada ko‘proq bosib olishini va ularni ko‘chirib yuborishini va G‘azo sektoriga hujum qilishini ta’minlash, shuningdek, mintaqani Amerikaning mavjudligiga qarshi qo‘zg‘alish va Falastinni ozod etishga harakat qilishdan qo‘rqitib qo‘yish ko‘zlangan.

Biroq, Amerika Afg‘oniston urushiga trillion dollar sarflab, o‘zining vakili sifatida afg‘on qo‘shinini etishtirdi-yu, ammo bu qo‘shin yigirma yildan keyin vayron bo‘ldi. AQShning ittifoqchi bilan birga 150 mingdan ziyod qo‘shinlari Afg‘onistondan mag‘lubiyat etagini sudrab chiqib ketdi. Falastindagi ish ham bundan farq qilmaydi. Chunki Alloh izni ila, yaqinda musulmonlar Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlati soyasida Islom bayrog‘i ostida AQShga qarshi hamda u qo‘llab-quvvatlayotgan, hatto u bilan til biriktirayotgan yahudiy vujudiga qarshi jang boshlaydilar. Ana shunda ularning barchasi orqalariga qaramay qochib qoladilar.

Roya gazetasining 2021 yil 1 sentyabr chorshanba kungi 354-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.