Japarov Qirg‘izistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi

220
0

Japarov Qirg‘izistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi

 Xabar: Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) davlat rahbarlari sammitida mamlakatning Afg‘onistondagi vaziyatga oid pozitsiyasini ma’lum qildi.

 Tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining yig‘ilishi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

 Japarov mintaqada teokratik davlat tuzilishi shubhasiz tashkilotga a’zo mamlakatlardagi hozirgi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Shu bilan birga u qirg‘iz tomoni Afg‘oniston bilan do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va uning ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanini urg‘uladi.

 Japarov Afg‘onistonning yangi hukumati vakillari bilan mamlakatdagi vaziyat tezroq barqarorlanishi uchun turli masalalar yuzasidan mumkin bo‘lgan hamkorlik variantlari borasida muloqot olish borish zarurligini qayd etdi.

“Biz Afg‘onistondagi vaziyatni iloji boricha tezroq barqarorlashishiga va mamlakat xalqiga ma’qul keladigan yangi inklyuziv davlat tuzilmasi tuzilishiga umid qilamiz”, – dedi Japarov.

 Izoh: Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan KXShT va ShHT sammitidagi asosiy mavzu – Afg‘oniston masalasi bo‘lyapti. Garchi KXShT sammitida Rossiya prezidenti Putin ishtirok etmagan bo‘lsada, tashkilotga a’zo davlatlar Rossiya ko‘rsatmasi va rejasi bo‘yicha ish olib borishdi va shunga muvofiq bayonotlar berishdi. Jumladan, sammitda tashkilotga a’zo davlatlar bir ovozdan afg‘on qochoqlari va chet el harbiy bazalarini o‘z hududlarida joylashtirish mumkin emasligi haqida bayonot bilan chiqishdi. Bu AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishini e’lon qilishi va mintaqa davlatlari bilan harbiy baza bo‘yicha so‘zlashuvlar olib borayotgani haqida tarqalgan xabarlardan so‘ng Rossiya egallagan pozitsiya bo‘lib, mintaqa davlatlari o‘rniga Rossiya uzil-kesil AQShga rad javobini bergan edi. Shuningdek, a’zo davlatlar Afg‘onistonda tezroq barqarorlik o‘rnatilishi, buning yo‘li esa inklyuziv hukumat tuzishdan iborat ekanligini qayd etib o‘tishdi.

 Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ham mintaqada teokratik davlat tuzilishiga qarshi chiqib, bu mintaqa davlatlari uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan gapirishi, Rossiyani rozi qilish uchun berilgan bayonotlardan biridir. Teokratik davlatning ta’rifi – diniy rahbarlar davlat siyosatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan siyosiy tizim yoki muhim davlat ishlari ilohiy ko‘rsatmalar va qonunlar bilan hal qilinadigan boshqaruv tizim ekanligini anglatadi.

 Garchi Tolibon harakati Afg‘onistonda faqat Islom Imorati tashkil etish va qo‘shni davlatlar xavfsizligi tahdid uyg‘otmaslik va ichki ishlariga aralshmaslikni va’da qilgan bo‘lsada, ammo mustamlakachi davlatlar kapitalistik tuzum va mustamlakachilik siyosatlarini ildizi bilan qo‘porib tashlaydigan, ularning mahalliy malaylarining mustabid reximlariga barham berib, musulmonlarni bir baetakchi va bir bayroq ostida birlashtiradigan sof Islom davlati barop bo‘lishi oldida tizzalari qaltiramoqda va buni oldini olish uchu o‘z imkoniyatidagi barcha vositalarni ishga solishmoqda. Afsuski, Tolibon harakati shunday tarixiy imkoniyatni qo‘ldan boy bermoqda.

Dushanbeda bo‘lib o‘tgan KXShT sammiti va bugun boshlanadigan ShHT yig‘ilishi ham Rossiya va Xitoyni mintaqada o‘z ta’sirlarini saqlab qolish yo‘lidagi harakatlari jumlasidandir. Rossiya ham, Xitoy ham mintaqa ustida o‘zaro raqobatlarini kuchaytirishmoqda.

Abdurahmon Odilov 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.