Tolibon mujohidlari kofir G‘arb va uning shartlari tuzog‘iga ilinib qolishdan ehtiyot bo‘lsinlar

293
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tolibon mujohidlari kofir G‘arb va uning shartlari tuzog‘iga ilinib qolishdan ehtiyot bo‘lsinlar

«Frans-Press» veb-saytida (hijriy 1443 yil 11 muharram, milodiy 2021 yil 19 avgust payshanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Chorshanba kuni Frantsiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian – Afg‘onistonni o‘z nazoratiga olgan Tolibon harakati xalqaro hamjamiyat tomonidan rejim sifatida tan olinishi uchun dastlabki beshta shartni bajarishi lozim, dedi.

Le Drian «Agar toliblarning yangi avlodi xalqaro miqyosda tan olinishni istasalar… avvalo Afg‘onistonni tark etishni xohlayotgan afg‘onlarning mamlakatdan chiqib ketishlariga ruxsat berishlari kerak. Chunki bu afg‘onlar juda ham qo‘rqmoqdalar. Toliblar shuningdek, o‘z yurtlarining terrorizm uyasiga aylanishini oldini olishlari kerak. Ular buni juda aniq ravishda isbotlashlari lozim», dedi.

U mazkur shartlarni sanab o‘tgach, Tolibon «Afg‘on erlariga insonparvarlik yordamlarining kirishiga ruxsat berishi hamda inson huquqlarini, ayniqsa, xotin-qizlar huquqlarini hurmat qilishi kerak. Ular buni hurmat qilishlarini aytmoqda-yu, ammo buni amalda isbotlashlari kerak», dedi. Le Drian shartlardan beshinchisi «o‘tish davri hukumati tashkil qilish» ekanini ta’kidladi».

Roya:

Mustamlakachi kofir G‘arb Tolibon ustidan jangovar yo‘l bilan g‘olib kela olmasligiga va Afg‘onistonda o‘zining manfaatlarini qo‘riqlab, nufuzini yoyishiga yordam beradigan malay hukumatni mustahkamlashga qodir emasligiga aniq ishongandan so‘ng, bugun Tolibon harakatini qo‘lga o‘rgatishga va uni xalqaro hamjamiyat, degan tashkilotlarga bog‘lashga kirishdi. Qatar poytaxti Davhada muzokaralar o‘tkazilib, mustamlakachi kofir Afg‘onistondan chiqib ketdi… Davha shartnomasidagi adolatsiz bandlar Tolibon tarafidan qabul qilinganiga qaramay, bu mustamlakachi kofir bunga qoniqmadi. Shuning uchun hozirda mustamlakachi Frantsiya tilidan ma’lum shartlarni tiqishtiryapti. Bu shartlardan esa, Tolibonni qo‘lga o‘rgatish ko‘zlangan. O‘tmish yana takrorlanmoqda… Ya’ni qancha-qancha islomiy jamoalar borki, hammalari bitta kovakdan bir necha bor chaqtirishi sababli Islomdan butunlay uzoqlashgan, nomigina «islomiy», deyilgan jamoalarga aylanishgan.

Biz Alloh Subhanahu va Taolodan Tolibon harakatidagi birodarlarimizni kofirlarning nopok tuzoqlaridan uzoq qilishini hamda so‘z va amaldagi to‘g‘rilikka muvaffaq aylashini, ushbu g‘alabalarini G‘arbning mag‘lubiyatga uchrab, islomiy yurtlardagi nufuzi va hukmronligi tugashiga muqaddima qilishini so‘rab qolamiz. Alloh har bir ishga qodir zotdir.

Roya gazetasining 2021 yil 25 avgust chorshanba kungi 353-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.