Abbos, uning gumashtalari hamda Iordaniya qiroli Falastin masalasini yo‘q qilishga qaratilgan o‘z til biriktiruvlarini oxiriga etkazishmoqchi!

205
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Abbos, uning gumashtalari hamda Iordaniya qiroli Falastin masalasini yo‘q qilishga qaratilgan o‘z til biriktiruvlarini oxiriga etkazishmoqchi!

«G‘od» veb-sayti (hijriy 1443 yil 7 muharram, milodiy 2021 yil 15 avgust yakshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Yakshanba kuni Iordaniya qiroli Abdulloh ikkinchi janoblari bilan Falastin prezidenti Mahmud Abbos Husayniya qarorgohidagi uchrashuvlarida, Falastin masalasi bilan bog‘liq voqealar rivojini hamda tinchlik jarayonini ilgari surish uchun qilinadigan harakatlarni muhokama qilishdi.

Qirol janoblari uchrashuv chog‘ida falastinlik birodarlarning odil va qonuniy haq-huquqlari Iordaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, adolatlik va keng qamrovli tinchlikni amalga oshirish uchun xalqaro sa’y-harakatlarni tezlashtirish zarur, bu falastinlik birodarlarga poytaxti Sharqiy Quddus bo‘ladigan va 1967 yil to‘rtinchi iyundagi hududga asoslangan o‘z mustaqil davlatlarini barpo etishlariga imkon beradi».

Bunga izoh sifatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘zining sahifasida quyidagilarni ma’lum qildi:

«Bu uchrashuvlar qirol Abdulloh ikkinchining AQSh safaridan qaytganidan so‘ng bo‘lib o‘tmoqda. U prezident Jo Bayden bilan bir necha muhim masalalarni, shu jumladan, Falastin masalasini muhokama qildi. Falastin prezidenti Mahmud Abbos esa, yaqinda AQSh Markaziy Razvedka Bьyurosi direktori bilan uchrashdi. «Quds net» Livanning Axbor sahifasidan iqtibos keltirishicha, ushbu uchrashuvda asosan uch mavzu, ya’ni Falastin rejimini iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ichki vaziyatini tartiblashtirish va tinchlik jarayonini qayta boshlash haqida suhbatlashilgan. Bu uchrashuvlarning barchasidan ishlarni Amerikaning ikki davlat loyihasi doirasida tartiblashtirish ko‘zlangan. Buni qirol Abdulloh ham ta’kidladi, Mahmud Abdulloh ham. Abbos qirolning AQShga qilgan safarini yuksak baholadi.

Iordaniya rejimi «mudofaa hamkorligi shartnomasi», degan narsani imzolash bilan mamlakatni AQShga harbiy va xavfsizlik jihatidan qo‘sh-qo‘llab topshirgan. Endi bo‘lsa, Amerikaga Falastin masalasini boshqarish va yo‘q qilishda yordam berish uchun o‘rtada vositachilik va o‘rtakashlik qilmoqchi.

Bunday qilmish Iordaniya ahli zimmasiga qirol Abdullohga qarshi chiqib, uni taxtdan ag‘darish va o‘z armiyalarini atigi bir chaqirim naridagi Falastinni ozod etish sari harakatga keltirish vazifasini yuklaydi.

Roya gazetasining 2021 yil 25 avgust chorshanba kungi 353-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.