Xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘rash sarobga suv deb yugurishdir

270
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘rash sarobga suv deb yugurishdir

«Maan» axborot agentligi veb-saytida (hijriy 1442 yil 28 zulhijja, milodiy 2021 yil 7 avgust shanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Falastin ma’muriyati matbuot kotibi Nabil Abu Rudayn o‘z xalqi farzandlarini himoya bilan ta’minlashga va bosqinchilikka barham berishga, poytaxti 1967 yilgi sharqiy hududlardagi sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlati barpo etilishga xalqaro hamjamiyatni qayta da’vat qildi.

AQSh davlat departamenti «Isroil»ni Shayx Jarrohdan oilalarni ko‘chirishdan voz kechishga chaqirib, vaziyatni taranglashishiga va ikki davlat echimiga qaratilgan sa’y-harakatlarga zarar etishiga sabab bo‘luvchi xatti-harakatlarni qilmaslikka da’vat qildi. O‘z navbatida, Abu Rudayn AQShning ayni pozitsiyasini yuksak baholadi. Shuningdek, AQSh ma’muriyatidan bu xususda Falastinda sezilarli amaliy qadamlar tashlashini ham talab qildi.

Falastin ma’muriyati matbuot kotibi yana bunday dedi: Falastin rahbari Mahmud Abbos kelasi oyga rejalashtirilgan BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida Falastin tashabbusini e’lon qilib, unda Falastin xalqiga qarshi sodir etayotgan huquqbuzarliklarini to‘xtatishi uchun «Isroil»ga bosim o‘tkazishga chaqiradi. Shuningdek, bosqinchi hukumat barcha xalqaro me’yor va konventsiyalarni e’tiborga olmay, falastinliklarga qarshi jinoyatlarini davom ettirayotgan bir paytda, xalqaro himoyaning ta’minlanishini talab qiladi».

Roya:

Yahudiy vujudini paydo qilgan mana shu xalqaro hamjamiyat va uning tepasidagi Amerikadir. Bunga aslo shubha yo‘q. Maqsadlari, bu vujudni xalqaro hamjamiyatning Islom Ummatiga qarshi kurashida, asosan, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikning barpo etilishi va Ummatning birlashishini oldini olishda oldingi liniyadagi bazaga aylantirishdir. Shunday bo‘lgach, mana shunday ahvoldagi xalqaro hamjamiyatdan qanday qilib insof va adolat ko‘rsatishni yoki Falastin ahlini himoya qilishni yoxud ularni bosqinchilardan qutqarishni umid qilish mumkin?! Kimda-kim xalqaro hamjamiyatdan yaxshilik kutsa va uning qonunlari va loyihalaridan hukm so‘rasa, u bosqinchilikni yanada ziyodalashtirgan va Falastindagi yahudiylar arkonini mustahkamlagan bo‘ladi… Shuningdek, xalqaro hamjamiyatdan yaxshilik kutgan va uning qonunlari va loyihalaridan hukm so‘ragan kishi yahudiylar va mustamlakachilarni muborak zaminni bosib olinishi oqibatida kelib chiqqan muammolar mashaqqatidan qutqargan hamda Falastin masalasini faqat insonparvarlik masalasiga aylantirgan hisoblanadi.

Shu bois, Islom Ummati va armiyalari uchun allaqachon harakatga kelish vaqti kelgan. Ular harakatga kelib, bu xalqaro hamjamiyatning yurtlarimiz tepasiga o‘rnatib qo‘ygan malay rejimlarini ag‘darsinlar hamda ularni qo‘llab-quvvatlayotganlarni yoki ulardan hukm so‘rayotganlarni, barcha-barchasini ildizlari bilan qo‘porib tashlasinlar, so‘ng Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etsinlar. Zero, faqat Xalifalikkina muborak zaminimizni ozod etib, muqaddas dargohlarimizni qaytarib beradi, anavi xalqaro hamjamiyatning zolim mustamlakachilik qonunlarini esa, er yuzidan supurib tashlaydi.

Roya gazetasining 2021 yil 18 avgust chorshanba kungi 352-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.