G‘arbga malay rejimlar yahudiylar vujudiga qonuniy tus berish va tayanchlarini mustahkamlash uchun ular bilan munosabatlarni normallashtirishda davom etishmoqda

247
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

G‘arbga malay rejimlar yahudiylar vujudiga qonuniy tus berish va tayanchlarini mustahkamlash uchun ular bilan munosabatlarni normallashtirishda davom etishmoqda

Ibroniy tilda chiqadigan «Ynet» axborot veb-saytiga ko‘ra, Hayfa universiteti avgust oyida hamshiralik kasbini egallash uchun Amirliklardan kelgan 30 yoshli Sumayya Mahriyni qabul qilishga tayyorligini, bu ayol Amirliklardan «Isroil» universitetiga o‘qishga kirgan birinchi talaba bo‘lajagini ma’lum qildi.

Chorshanba kungi xabarlarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sababli sayohat taqiqlanishi, so‘ng ochilishi ortidan Sinay oroli qirg‘oqlarida cho‘milib dam olish uchun so‘nggi ikki oy ichida «Isroil»dan 70 mingdan ziyod yahudiy sayyohlar kelgan.

Yahudiylarning Misrdagi elchixonasi saytida xabar qilinishicha, so‘nggi ikki oy ichida ushbu plyajlarga rekord darajada, 70 mingdan ziyod kishi to‘plangan. «Isroil»dan kelgan sayyohlar bu plyajlarning g‘oyat go‘zalligi va mehmondo‘stligidan bahramand bo‘lganliklarini ma’lum qilishdi».

Bu holatga izoh sifatida, Hizb ut-Tahrirning muborak zamindagi matbuot bo‘limi o‘z saytida matbuot izohi nashr qilib, quyidagilarni ta’kidladi:

«G‘arbga malay rejimlar mustamlakachilar tomonidan paydo qilingan paytda zimmalariga yuklangan vazifalarini hamon ado etishda davom etishyapti. Ularning bu vazifasi mustamlakachilarning yurtlarimizdagi manfaatlarini qo‘riqlash va yahudiy vujudini himoya qilishdan iboratdir. Malay rejimlarning yahudiy vujudiga ko‘rsatayotgan xizmatlari kundan-kunga rivojlanmoqda… Maqsadlari bu vujudni muborak zaminda mavjud bo‘lib turishini qonuniylashtirish, mintaqaga qo‘shish va tayanchlarini mustahkamlashdir. Buni ular bilan munosabatlarni normallashtirish yoki ikki davlat echimiga chaqirish orqali qilishyapti. Zero, ikki davlat echimi bu bosqinchilarga muborak tuprog‘imizning katta qismini beradi hamda Falastinda mavjud bo‘lib turishlarini qonuniy huquq bilan ta’minlaydi.

Shubhasiz, G‘arbga yuvindixo‘r bu rejimlar mudom tepamizda hukmron ekan, har bir xiyonatni qoldirmay qilishadi, har qanday haromni muboh deb hisoblashadi. Chunki ular mustamlakachilarga xizmat qilish va yahudiy vujudini himoya qilishdan o‘zga vazifani bilishmaydi. Xoinlik ketidan xoinlik qilishda, yahudiylar tayanchlarini mustahkamlashda qo‘llarida borki imkoniyatni sarflab harakat qilaverishadi. Yahudiylarning jinoyatlari bilan to‘la bu kunlarning o‘tgani sari bu malaylarning Ummatga dushmanligi va mustamlakachilar bilan yahudiylarning qo‘yniga kirishlari ham ziyoda bo‘lmoqda. Bu malay rejimlardan Ummatga nisbatan biror bir xizmatni yoki yahudiylarga nisbatan biror bir tahdidni aslo kutilmaydi. Chunki qilayotgan bayonotlarining barchasi soxtadir, ommaviy axborot vositalari orqali aytayotgan jarangdor-chiroyli so‘zlari ma’nan va mazmunan yolg‘on bo‘lib, faqat Islom dushmanlariga xizmat qiladi.

Bas, qudrat ahli va armiya qo‘mondonlari uchun Ummat dushmanlariga xizmat qilib, yahudiy vujudini qo‘riqlayotgan bunday rejimlardan qutulmoqning hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etishning vaqti keldi. Zero, Xalifalik ushbu zaminni ozod qilish hamda Ummat azizligining ramzi sifatida Islom bayrog‘ini yuksak ko‘tarish orqali Ummatning obro‘sini, muqaddas dargohlar pokligini, muborak zaminning qadr-qimmatini qayta tiklaydi.

Roya gazetasining 2021 yil 11 avgust chorshanba kungi 351-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.