Markaziy Osiyo rahbarlari Turkmanistonda uchrashadi

562
0

Markaziy Osiyo rahbarlari Turkmanistonda uchrashadi

Prezident Sadir Japarov 5-6-avgustda Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

 2018-yili Markaziy Osiyo rahbarlari Ostonada uchrashib, O‘zbekiston prezidenti Mirziyoev tashabbusi bilan mintaqadagi davlatlar o‘rtasida Kengash tuzildi. 2019-yilg bahorida Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi  bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan keyin AQSh davlat kotibining Sharqiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Elis Uells Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat kengashini olqishlagan edi. AQShning O‘zbekistondagi o‘sha paytdagi elchisi Deniel Rozenblyum esa “S+1” yaxshi. Biroq, S5 hech qanday qo‘shimchasiz undan ham yaxshiroq! O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlik sohasidagi etakchiligi tahsinga sazavor”, – degan edi.

 Ma’lumki, Markaziy Osiyo davlatlarining integratsiyalashuv harakatlari AQSh manfaatlariga mos keladi. Agar AQSh Tolibon bilan bitim tuzib Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga muvaffaq bo‘lsa o‘z maqsadlaridan biriga erishadi. U “S5+1” formatidan Markaziy Osiyo davlatlarini Afg‘oniston orqali jahon bozoriga olib chiqish va shu bilan bu mintaqani siyosiy-iqtisodiy manfaatlariga ega bo‘lishni maqsad qilgan. Shu maqsadda 15-16-iyulda konferentsiya bo‘lib o‘tdi va unda mintaqadagi aloqalarni mustahkamlaydigan “Termiz-Mazori-Sharif-Qobul-Peshavor” temir yo‘lini qurishga chaqiriqlar bo‘ldi. AQSh bu manfaatlardan tashqari mintaqada Xitoyga qarshi kayfiyatni kuchaytirish va Rossiya ta’sirini cheklash uchun jiddiy harakat qilmoqda.

 Rossiya mintaqada ta’sirini saqlab qolish uchun o‘z etakchiligi ostidagi MDH, KXShT, ShHT va EOII tashkilotlaridan foydalanib kelmoqda. Biroq, siyosiy va iqtisodiy zaifligi sababli mintaqaga AQSh va Xitoyni kirib kelishiga jiddiy qarshilik qila olmayapti. 

Xitoy esa mintaqada avvaldan shakllangan kengayish siyosatini olib bormoqda. Shu maqsadda mintaqa davlatlarini qarzlari bilan kishanlab olmoqda. So‘nggi vaqtlarda ShHTda o‘z ta’sirini kuchaytirdi va Markaziy Osiyoda nafaqat iqtisodiy, balki xavfsizlik sohasidagi manfaatlarini ham amalga oshira boshladi.

 Xulosa qilib aytgada, Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan Kengash iqtisodiy jihatdan mintaqadagi davlatlarga manfaatli bo‘lishi mumkin. Ammo, ushbu manfaatlar eng avvalo mustamlakachi va xalqaro ta’sirga ega davlatlar manfaatlariga to‘g‘ri kelishi kerak. Aks holda erishilgan shartnomalar qog‘ozda qolib ketaveradi! Shu sababli, mintaqani birlashtirish uchun eng avvalo ustimizdagi xalqaro kufr tuzumiga qarshi tura oladigan mafkuraga ega bo‘lishimiz shart va uni jamiyatga etkazish talab qilinadi. Bunday quvvatga ega mafkura faqat Islomda mavjud. Demak, Islom soyasida birlashishdan boshqa shiorlar malaylikdan boshqa narsa emas! 

Mumtoz Movaraunaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.