Chechenistonda masjid va do‘konlarga emlash sertifikatisiz borish taqiqlandi
Xabar: Checheniston hukumati koronavirusga qarshi emlanmagan odamlarning masjid va do‘konlarga borishni, shuningdek, jamoat transportidan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Vahit Usmaev repsublika hukumati va hududlar rahbarlari ishtirokida o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilgan.
Izoh: Mustamlakachi kofirlar koronavirus pandemiyasidan Islom va musulmonlarga qarshi kurash, musulmonlar huquqlarini cheklash, jamoiy ibodatlarni taqiqlash orqali musulmonlarni imoniy muhitdan uzoqlashtirishda qurol sifatida foydalanishmoqda. Masalan, musulmonlar ikki yildan beri Haj ibodatini ado etisha olmayapti. Har yili dunyoning turli erlaridan kelgan millionlab musulmonlar Hajni ado etish uchun bir joyga yig‘ilishar va bu musulmonlar o‘rtasidagi millati, irqi va mazhabidan qat’iy nazar bir Ummat ekanliklarini ifodalovchi kuchli imoniy va jamoiy muhitni hosil qilar edi. Kofirlar musulmonlarning mana shu vaqtinachalik bo‘lsa ham birlashishlari va bir joyga yig‘ilishlaridan ham o‘zlariga tahdid ko‘rib, pandemiya bahonasi bilan musulmonlarni ulug‘ ibodatdan to‘sishmoqda. Bundan tashqari, pandemiyaga qarshi vaktsina olishni majburiy qilib, bir xovuch kapitalistlar manfaatlari uchun ishlatishmoqda. Pandemiya boshlanganidan beri dunyoda 9 yangi milliarder paydo bo‘lgani va ularning barchasi farmatseftika kampaniyalar egalari va aktsiyadorlari bo‘lganligi ham kapitalistlar insonlar sog‘ligi ustidan boylik orttirishayotganini oddiy misolidir. Ommaviy majburiy emlash masalasi g‘arb davlatlarida keskin norozilik va qarshiliklarga uchrayotgan bir vaqtda bizlarning hukumatlarimiz jonbozlik ko‘rsatib, fuqarolarini ommaviy vaktsina olishga targ‘ib qilishmoqda va hatto O‘zbekiston kabi vaktsina olishni majburiy qilib qonun qabul qilishdi.
Qirg‘izistonda ham garchi hozircha vaktsina olish ixtiyoriy bo‘lishiga qaramay tibbiyot xodimlari uyma-uy yurib vaktsina olishga targ‘ib qilishga va odamlarni qo‘rqitish yo‘liga o‘tdi.Vvaktsina olishdan bosh tortgan fuqaro agar yoshi katta bo‘lsa pensiya berilmasligi bilan tahdid qilinayotgan bo‘lsa, davlat ishida ishlaydiganlar oyilik maoshidan mahrum qilinishi yoki ishdan xaydalishi bilan qo‘rqitilmoqda. Davlatdan pensiya ham, maosh ham olmaydiganlarga esa ertaga o‘quv yili boshlanganidan keyin farzandlari orqali majbur qilinishi, aks holda farzandlari maktabga bora olmasligi, bolalar bog‘chasiga boradigan farzandlari borlarning farzandlari bog‘cha qo‘yilmasligidan ogohlantirilmoqda. Bu ketishida bizda ham vaktsina olmaganlar masjidlarga kiritilmasligi, bozorda savdo qiladigan odamlarning savdo qilishlariga to‘sqinlik qilishgacha etib boradi. Qisqasi, hukumat turli xil yo‘llar bilan odamlarga vaktsina olmaslik imkoniyatini qoldirmayapti. Oddiy xalq esa tarkibi noma’lum bo‘lgan turli xil vaktsinalarga ishonmayapti.
Aslida ham xalqning ishonmasligida jon bor. Chunki, hatto tibbiyot sohasi mutaxassislari ham pandemiyaga qarshi ishlab chiqarilgan vaktsinalar samaradorligi va xavfsizligiga shubha bilan qaramoqdalar. Qirg‘izistonga esa asosan boshqa vaktsinalarga qaraganda ko‘proq savollar va shubha paydo qilgan Xitoy vaktsinalari olib kelinmoqda. Bundan tashqari, agar vaktsinani ishonchili deb faraz qilgan chog‘imizda ham vaktsina hamma uchun birdek shifo bo‘lmasligi mumkin. Ma’lumki, o‘tmishda o‘tgan tabiblar bemorni davolashga kirishishdan oldin uning mijozini aniqlashgan. Tibbiyotning otasi hisoblangan Ibn Sino inson mijozini sakkizga bo‘lgan, bular: Oddiy mizojlar: issiq, sovuq, quruq, xo‘l. Murakkab mizojlar: issiq-quruq, sovuq-quruq, issiq-xo‘l, sovuq-xo‘l. Tabib inson mijozini aniqlaganidan so‘nggina uni davolashga kirishgan. Hozir koronavirusga qarshi barchani yoppasiga majburiy emlanayotgan vaktsinalar esa faqat bir guruh odamlar ustida sinovdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning aksari g‘arblik sovuq mijoz odamlardan iborat. Bizning mintaqadagi aksar issiq mijoz odamlarga ularda ijobiy natija bergan vaktsina, aksincha, salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ehtimol vaktsina olgandan keyin vafot etgan yurtdoshlarimizga ham aynan vaktsina mijoziga to‘g‘ri kelmagan bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun, biz musulmonlar hukumatlarimizni mustamlakachi davlatlar bosimi va va’dalariga uchib o‘z xalqini vaktsina olishga majbur qilish, musulmonlar huquq va erkinliklarini cheklashlariga yo‘l qo‘ymasligimiz, olib kelinayotgan vaktsinalar to‘g‘risida aniq ma’lumot berishini, uning tarkibini tekshirib bizning mintaqa va odamlarga mos kelish-kelmasligini aniqlab berishini talab qilishimiz zarur. Pandemiya sharoitida ham unga nisbatan shar’iy echimga muvofiq amal qilishga chaqirishimiz kerak.
Abdurahmon Odilov