AQSh Tojikistonga 1,5 million doza Moderna vaktsinasi etkazib berdi

356
0

AQSh Tojikistonga 1,5 million doza Moderna vaktsinasi etkazib berdi

 26 iyulga o‘tar kechasi Dushanbe xalqaro aeroportiga AQShdan Turkish Airlines aviakompaniyasining maxsus reysi bilan 1,5 million doza Moderna vaktsinasi etkazildi. Bu haqda Tojikiston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lum qildi. 

 O‘tgan hafta AQSh davlat departamenti matbuot kotibi o‘rinbosari Jalina Porter brifing vaqtida AQSh 23ta davlatga, jumladan, Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida 22 mln doza vaktsina yo‘llaganini ma’lum qilgan.

 Tojikiston bo‘ylab 25 iyundan 18 yoshdan katta aholini koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha kampaniya boshlangan. Ayni vaqtda respublikada bu maqsadda AstraZeneca vaktsinasining hindcha muqobili hamda Xitoyning CoronaVac vaktsinasi qo‘llanmoqda.

Izoh: People’s Vaccine (Xalq vaktsinasi) tashkiloti e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, dunyoda koronavirusga qarshi vaktsinalar tufayli 9 nafar yangi milliarder paydo bo‘ldi. Ushbu milliarderlar orasida BioNTech, Moderna va CanSino Biologics kompaniyalari rahbarlari bor bo‘lib, ularning umumiy boyligi 19 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Paydo bo‘lgan yangi millionerlar safida:

1.Stefan Bansel – Moderna bosh direktori (boyligi 4,3 mlrd dollar),

2. Ugur Saxin — BioNTech bosh direktori va hamta’sischisi (4 mlrd dollar),

3.Timoti Springer – immunolog, Moderna asoschisi va sarmoyachisi (2,2 mlrd dollar),

4.Nubar Ayefan – Moderna rahbari (1,9 mlrd dollar),

5.Xuan Lopes-Belmonte – Moderna vaktsinasini ishlab chiqaruvchi va qadoqlovchi ROVIm kompaniyasi rahbari (1,8 mlrd dollar),

6.Robert Langer – olim, Moderna asoschisi va sarmoyachisi (1,6 mlrd dollar),

7.Chju Tao – CanSino Biologics hamta’sischisi va bosh ilmiy rahbari (1,3 mlrd dollar),

8.Etu Dunsyu — CanSino Biologics hamta’sischisi va katta vitse-prezidenti (1,2 mlrd),

9.Mao Xuinxoa — CanSino Biologics hamta’sischisi va katta vitse-prezidenti (1 mlrd dollar).

Yana 8 nafar amaldagi milliarder koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqaruvchi farmatsevtik kompaniyalarga kiritgan sarmoyalari evaziga o‘z boyliklarini umumiy hisobda 32,2 mlrd dollarga ko‘paytira olgan.

 Barcha amallarini sof moddiy manfaat ustiga qurgan kapitalistik tuzum va shu tuzum tayanchlari bo‘lgan yirik kapitalistlar koronavirus pandemiyasi vahimasidan ham moddiy manfaat ko‘zlab harakat qilishmoqda. JSST (jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) tomonidan koronavirus epidemiyasi pandemiya deb e’lon qilingan kundan boshlab yirik olamiy farmatsevtika kompaniyalari virusga qarshi vaktsina ishlab chiqish ustida kimo‘zarga poygaga kirishib ketishdi. Necha yillardan beri rak, sil va hatto oddiy grippga qarshi doimiy antitanachalar paydo qiladigan dori yoki vaktsina topishga qodir bo‘lmayotgan kompaniyalar qisqa vaqt ichida koronavirusga qarshi vaktsina ixtiro qilishga va hatto sinovdan o‘tkazishga ham ulgurishdi. O‘z navbatida mahsulotlarini boshqa vaktsinalarga nisbatan samaradorligini isbotlash, boshqa vaktsinalarga nisbatan shubha uyg‘otish uchun axborot hujumlarini ham esdan chiqarishmadi. Shu bilan birga ishlab chiqargan vaktsinalarini boshqa davlatlarga – asosan mustamlaka ostidagi qashshoq davlatlarga – etkazib berish uchun hukumatlari orqali mahalliy hukumatlarga bosim o‘tkazishni ham boshlab yuborishdi.

 Masalan, Xitoy hukumati Qirg‘iziston bilan chegaralarni to‘liq ochish uchun 70 foiz aholini emlashni shart qilib qo‘ydi. 11 iyul kuni koronavirusga qarshi Xitoy vaktsinasi — Sinofarmning 1 million 250 ming dozasi Qirg‘izistonga etkazib berildi, yana shuncha miqdordagi vaktsina iyul oyining oxiriga qadar etkazib beriladigan bo‘ldi. Natijada, shartni bajarish uchun qirg‘iz hukumati uyma-uy yurib fuqarolarni vaktsina olishga majburlay boshladi, hattoki vaktsina olmagan pensionerlarga pensiya berilmasligi borasida gap-so‘zlar urchiy boshladi… Demak, Qirg‘izistonning 70 foiz aholisi aynan Xitoyda ishlab chiqarilgan vaktsina bilan emalanishi kerak bo‘ladi. Qirg‘iziston aholini asosan xitoy vaktsinasi bilan emlayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Xitoy-O‘zbekiston vaktsinasi va “AstraZeneca” vaktsinasi bilan emlayotgan bo‘lsa, pandemiya ayni avjiga chiqqan vaqtda ham “bizda virus yo‘q” deb iddao qilgan tojik hukumati ham xalqaro kuchlar bosimi ostida pandemiyani tan oldi va hatto 18 yoshdan kattalarni vaktsina olishini majburiy qilib qo‘ydi va bunda asosiy vaktsina Amerikaning “Moderna” vaktsinasi bo‘ladi.

 Mustamlakachi davlatlar boshqa sohalarda bo‘lgani kabi farmatsevtika sohasida ham o‘zaro raqobat olib borib, koronavirus pandemiyasidan ham ko‘zlayotganlari faqat moddiy manfaatdorlikdan boshqa narsa emas. Ular uchun inson sog‘ligi, umrining zarracha ahamiyati yo‘q. achinarlisi bizning malay hokimlarimiz ularning bu ishlarida beminnat dastyorlik qilib berishayotganida.

 Abdurahmon Odilov  

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.