Japarov fuqarolarni vaktsina olishga chaqirdi

349
0

Japarov fuqarolarni vaktsina olishga chaqirdi

Sadir Japarov Qirg‘iziston xalqini Qurbon hayiti bilan tabriklab, fuqarolarni vaktsina olishga chaqirdi. Prezidenti matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan matnda “mustaqil Qirg‘iziston tarixida koronavirus infektsiyasi bilan bog‘liq ikkinchi yil tarixida ushbu bayram cheklovlar sharoitida o‘tkazilishi” qayd etilgan.

“Fursatdan foydalanib, men mamlakatning barcha fuqarolarini o‘z sog‘lig‘ini va atrofdagilarning sog‘lig‘ini himoya qilish uchun vijdonan yondashing va emlanishga chaqiraman. Kuchli jamiyat har qanday qiyinchiliklarga, sinovlarga va o‘zgarishlarga doimo tayyor turishi kerak … Yaratgan har bir xonadonga farovonlik, baxt-saodat ato etsin va barcha dardlar va kasalliklarni bizdan uzoqlashtirsin”, – deb tilab qoldi Sadir Japarov.

Izoh: Bundan o‘n kun oldin davlat bojxona xizmati raisi o‘rinbosari Kiyalbek Mukashev Xitoy tomoni xitoy-qirg‘iz chegarasini to‘liq ochish Qirg‘iziston aholisining 70 foizi koronavirusga qarshi emlanishini talab qiliyotganini ma’lum qilgan edi.

Milliy statistika qo‘mitasi tarqatgan xabarda joriy yilning yanvar holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonning doimiy aholisi 6 million 637 ming kishini tashkil etgan. Umumiy aholining uchdan biridan ko‘prog‘i (35 foizi) bolalar va o‘smirlar, 57 foizi mehnatga layoqatli va 8 foizi nafaqa yoshidagi odamlardan iborat.

Agar, 35 foizlik bolalar va o‘smirlarni chiqarib yuborilsa, aholining qolgan 65 foizini barchasi emlangan taqdirda ham Xitoy talab qilayotgan 70 foizlik davondan o‘ta olmaydi. Sadir Japarovning bayram tabrigida ham aholini vaktsina olishga da’vat qilishini hisobga olinadigan bo‘lsa, aholining 18 yoshda yuqori qatlami yoppasiga ommaviy vaktsina olishga majbur qilinadi. 11-iyulda Qirg‘izistonga Xitoydan 1 million 250 ming doza vaktsina kelgan, joriy oy oxiriga qadar yana 1 million 250 mingta vaktsina olib kelinadi. Xabar qilinishicha, bugungi kunga qadar 391 ming kishi Xitoyning “Sinopharm” va Rossiyaning “Sputnik-V” vaktsinasi bilan emlab bo‘lingan. Demak, aholini asosiy qismi aynan Xitoy vaktsinasi bilan emlanadi va bu majburiy ravishda amalga oshiriladi. Chunki, qirg‘iz hukumatining hozirgi iqtisodiy holatida Xitoydan kirib keladigan tovarlarni xarid va reeksport qilish, ajratiladigan moddiy yordam va qarzlar muhimroq.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.